بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«Harakatlar malaylarni qulatdi» jumasi
Qoʼzgʼolon qarorini qaytarib olishga qaratilgan ommaviy tadbirlar davom etadi
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosining 2023 yil 17 iyuldagi xabariga koʼra, juma kuni Halab va Idlibda yangi qoʼzgʼolon harakati doirasida ommaviy tadbirlar davom etdi. Bu tadbirlar ikki oydan koʼproq vaqt oldin Tahriri Shom hayʼati razvedkasi tomonidan tinch aholi, harbiylar va Hizb ut-Tahrir aʼzolarini nishonga olgan hamda uylarga bostirib kirish, xonadon daxlsizligini poymol qilish kabi qator tajovuzlarni oʼz ichiga olgan yirik hibsga olish kampaniyasi ortidan boʼlib oʼtmoqda. Faollar tomonidan «Harakatlar malaylarni qulatdi», deb nomlangan ushbu namoyishlar juma namozidan soʼng Sahora, Bob, Eʼzoz, Suvron va Kafarada hamda gʼarbiy Аtma qochqinlar lagerida boʼlib oʼtdi. Payshanba kuni Halab va Idlibning 16ta shahar va rayonlarda kechki namoyishlar boʼlib oʼtdi. Namoyishchilar Tahriri Shom hayʼati qoʼlidagi mahbuslarning ozod etilishini, frontlar ochilishini va inqilob qarori qaytarib olinishini talab qildilar hamda talablar bajarilmaguncha harakatlarning tinch namoyishlar shaklida davom etishini taʼkidladilar.
Roya gazetasining 2023 yil 26 iyul chorshanba kungi 453-sonidan