Netanьyaxu: Falastin degan davlat yoʼq, biz yollanma askar sifatida xizmat qiladigan maʼmuriyat xohlaymiz

0
112

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Netanьyaxu: Falastin degan davlat yoʼq, biz yollanma askar sifatida xizmat qiladigan maʼmuriyat xohlaymiz

Yahudiy vujudi bosh vaziri Netanьyaxu Falastin davlatini barpo etish gʼoyasini ildizi bilan quritish va falastinliklarning oʼzlariga mustaqil davlat qurish intilishlariga chek qoʼyish lozimligi haqida gapirdi. Rasmiy yahudiy radiosi Netanьyaxuning knessetdagi tashqi ishlar va xavfsizlik qoʼmitasining yopiq majlisidagi soʼzlaridan quyidagicha iqtibos keltiradi: «Isroil Falastin maʼmuriyatining omon qolishini istaydi va uning qulashidan manfaatdor emas. Аksincha, uni moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlashga tayyor. Isroil bu maʼmuriyatning mavjudligidan va faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor».
Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʼlimi quyidagicha izoh nashr qildi:
«Netanьyaxu oʼzining aniq bayonotlari bilan butun dunyoga – ikki davlat loyihasi oʼtmishda qolib ketdi, Falastin davlati asoslanishi kerak boʼlgan voqelik yoʼq qilinganidek, bu gʼoyaning oʼzi ham yaqinda yoʼq qilinadi, demoqchi boʼldi. U ayni bayonoti bilan ikki davlat loyihasi toʼgʼrisida nutq soʼzlayotganlarning soʼzini kesgan boʼldi. Malay hukmdorlar va pastkash siyosiy doiralardan iborat ikki davlat loyihasi tarafdorlarining masalani tahlil qilishlari yoki hiyla-nayrang ishlatishlariga hech qanday oʼrin qoldirmadi. Shu tariqa, ushbu loyiha haqidagi barcha gaplar siyosiy va reallik nuqtai nazaridan oʼlik holga keldi. Yahudiy vujudi avvalda ushbu zaminga tajovuz qilgan boʼlsa, endi ikki davlat loyihasiga siyosiy jihatdan tajovuz qilyapti va bu siyosiy tajovuzini butun dunyo tan olib, rozi boʼlishini istayapti. Shunda yirik davlatlar va ularning malaylari muborak zamindan va ikki davlat loyihasidan uzoq boʼlgan yechimni izlay boshlaydilar. Chunki Netanьyaxuning fikricha, Falastin ularning mulkiga aylanib boʼlgan».
Matbuot izohida yana bunday deyildi:
«Yahudiy vujudi qoʼlga kiritgan yutuqlar urushni muzlatib qoʼygan va odamlarni goʼyo tinchlik va ikki davlat loyihasi haqida gapirish bilan band qilib qoʼygan maʼmuriyat va qoʼgʼirchoq rejimlarning xiyonati samarasidir. Darhaqiqat, bu tinchlik va loyiha yahudiy vujudi uchun sovgʼa boʼlib, muborak zaminning uchdan bir qismiga ega chiqishini taʼminladi. Shuningdek, eng oz siyosiy va harbiy xarajatlar bilan yanada kengayishi hamda Falastinning qolgan yerlarini ham yamlab yutib yuborishi uchun oltin imkoniyat berdi. Shunday qilib, Falastin maʼmuriyati Gʼarbga va yahudiylarga xizmat qilib, muborak zaminga halokat va vayronagarchilikdan boshqa narsa keltirmadi. Yahudiy vujudi Netanьyaxuning mazkur bayonoti orqali maʼmuriyatdan xuddi maxsus xavfsizlik shirkatlari kabi xavfsizlik va davlat xizmatlarini koʼrsatadigan yollanma tashkilotga aylanishini istayapti.
Falastin maʼmuriyati xavfsizlikni muvofiqlashtirishdan tortib, Falastin ahliga qarshi ularning rizqlari, dinlari va nomuslari borasida urush qilishdan iborat yahudiy vujudi uchun koʼrsatayotgan oʼzining xizmat va xiyonatlarini qachon toʼxtatadi?! Ummat bu maʼmuriyatning boshqa malay hukmdorlar bilan hamkorlikda Falastindan voz kechishdek ulkan jinoyat sodir etganini baralla aytadimi?! Yoki maʼmuriyat shu yoʼlida davom etib, yollanma askarga aylanadimi va unga xizmat koʼrsatishda davom etadimi?!
Ozodlik Tashkiloti, maʼmuriyat va qoʼgʼirchoq rejimlarning Falastin masalasini qay ahvolga olib kelishganini yurt ahli oʼz koʼzlari bilan koʼrmoqda. Zero, bu kimsalar qolgan boylik va pullarni yigʼish bilan band boʼlgan bir paytda, yahudiy vujudi annektsiya siyosatini faollashtirmoqda. U hatto bundan ham koʼproq rejalarni tuzib, Netanьyaxu aytganidek, qoʼrqitib, tahdid qilmoqda. Netanьyaxu bunday degan edi: «Gʼarbiy Sohildagi operatsiyalarimizda dronlardan foydalanish kelajakda nima boʼlishidan dalolat beradi»».
Matbuot izohi soʼnggida quyidagilar taʼkidlandi:
«Vaziyat xatarli boʼlib, bu narsa oʼz navbatida, Ummatdan Falastin ahliga qarshi qilinayotgan fitnaning qay darajada ulkan ekanini anglab, tinchlik, degan narsani uloqtirib tashlashni talab qiladi. Zotan, bu tinchlik yahudiy vujudi uchun muborak zamindagi qolgan yerlarni ham oʼzlashtirishiga imkoniyat yaratishdan boshqa narsa olib kelmadi. Buni toʼxtatishning yagona toʼgʼri varianti urush eʼlon qilish boʼlib, u tatbiq qilinishi kechikkan sharʼiy hukm boʼlishidan tashqari, hozirda de-faktoga aylandi. Ummat shularni tushunib yetib, harakatga kelmogʼi va muborak zaminni ozod etib, yahudiy vujudini ildizi bilan qoʼporib tashlamogʼi darkor. Yirik davlatlarga, ularning loyihalariga, tashkilotlariga, ayniqsa BMTga tayanish kabi bundan boshqa tanlovlar esa, ulkan xiyonat va siyosiy jihatdan oʼz joniga qasd qilish hisoblanadi».

Roya gazetasining 2023 yil 5 iyul chorshanba kungi 450-sonidan

Izohlar yo'q