Amerikaning Iroqni bosib olishi oqibatlari

87
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerikaning Iroqni bosib olishi oqibatlari

Ustoz Foris Mansur

Hizb ut-Tahrirning Iroq viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Amerika Iroqni mustamlakachilarning mavjudligiga tahdid solayotgani hamda bir paytlar dunyoni boshqargan fikriy boylikka, muhim strategik joylashuvga, moddiy va insoniy resurslarga ega ekanligi uchun bosib oldi. Shuningdek, Islom Ummatining qayta o‘z ulug‘ligi va kuch-qudratiga erishish uchun qilayotgan harakatiga Iroq xalqining ham o‘z hissasini qo‘shishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda uning boyliklarini talon-toroj qilish uchun butun yurtni boshboshdoqlik va vayronagarchilik girdobiga tashladi. Bu jinoyat ko‘p darajalarda shunday dahshatli oqibatlarga olib keldiki, quyida ulardan ba’zilarini aytib o‘tishga harakat qilamiz:

1)   Jamiyat darajasida:

Amerika Iroqni toifalar va millatlar bir-birlari bilan hisob-kitob qiladigan kurash maydoniga aylantirdi. Ushbu kurashning davomiyligini ta’minlash maqsadida, bitta fikr ustida kelishib olmasliklari uchun ularning har biriga o‘zlariga xos murojaat qiladigan manbasini tayyorlab berdi. Oqibatda Iroq ahli jonlari va mollarining xavfsizligi umuman kafolatlanmagan o‘rmon qonuni ostida yashaydigan bo‘ldilar. Iroq ahli uchun, shuningdek, dinni hayotdan ajratish aqidasini qabul qilgan, shaxs va e’tiqod erkinligiga urg‘u berib, islomiy qadriyatlar hurmat qilinmagan va bu bilan ateizm va ko‘plab ofatlarga eshik ochgan hamda ixtilof va nizolar manbasi bo‘lmish mash’um konstitutsiyani tuzib berishdi.

2)   Siyosiy darajada:

Bag‘dod qulaganidan buyon shu kungacha amaldagi hukmdor Amerika bo‘lib kelyapti. U Iroq siyosatining umumiy yo‘nalishini belgilab berish bilangina kifoyalanib qolmadi, balki eng kichik tafsilotlargacha aralashdi. Mamlakatdagi uchta asosiy rahbariyat lavozimlarini tuzilmalar o‘rtasida taqsimlab, toifachilik va etnik asosdagi kvotalarga aylantirib qo‘ydi. Ya’ni bosh vazirlikni shialarga, parlament raisligini sunniylarga va davlat prezidentligini kurdlarga berdi. Natijada siyosatni umuman tushunmaydigan va mansab egallashu omma mulkini talon-toroj qilishdan boshqa g‘ami bo‘lmagan partiyalar to‘dasi hokimiyatni egalladi. Ayni shu tartibdagi kvota lavozim va o‘rinlarning sotilishiga olib keldi. Shuning uchun bu partiyalarning regional qo‘shni davlatlar bilan, ayniqsa AQSHning mintaqadagi manfaatlari himoyachisi bo‘lgan Eron bilan aloqada bo‘lishi tabiiy edi… Bu esa – mazkur davlatlarning manfaatlari har xil bo‘lgani uchun – ayni partiyalar o‘rtasidagi kurashni kuchaytirdi.

3)   Iqtisodiy darajada: Amerika sistematik ravishda va yovuzlik bilan ikki liniya bo‘ylab harakat qildi:

Birinchisi, infratuzilmani – xizmat ko‘rsatish, sanoat va qishloq xo‘jalik kabi barcha shakllari bilan – vayron etish, so‘ng uning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, barcha zavod-fabrikalarni to‘xtatish hamda egalari quvib chiqilganidan keyin qurolli to‘dalar egallab olgan ko‘plab qishloq xo‘jalik yerlarini vayron etish. Ikkinchisi, o‘g‘riliklar. Amerika asosiy g‘am-tashvishi mamlakat boyliklarini talash va obyektlarini yo‘q qilish bo‘lgan korrupsiyachilar to‘dasini boshqaruvga olib keldi. Bu haqda BMTning Iroqdagi maxsus vakilasi Plassxart gapirib o‘tgan. Garchi moliyaviy korrupsiya ko‘lamiga doir raqamlar qarama-qarshi bo‘lsa-da, biroq ularning barchasi 2003 yildan buyon mamlakat budjetiga yetkazilgan o‘g‘riliklar trillion dollardan oshib ketganini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun Iroqning dunyodagi eng korrupsiyalashgan davlatlar orasida birinchi o‘rinni egallaganligi ajablanarli emas. AQSHning bu ikki liniya bo‘yicha qilgan harakatlari halokatdan ham yomon natijalarni keltirib chiqardi. Masalan, mahalliy ishlab chiqarishning yetishmasligi va to‘lov balansidagi defitsit sababli mamlakat krizislar botqog‘iga botdi. Shu bois, Iroq aholisining 40 %dan ko‘prog‘i qashshoqlik chegarasidan ham past darajada yashamoqda. Bunga Iroqning elektr energiyasi, oziq-ovqat va iste’mol mollarini qo‘shni davlatlardan import qilishga tayanib qolgani ham qo‘shimcha bo‘ldi. Xalqaro Valyuta Fondidan qarz olish va davlat qarzining 123 milliard dollardan ham oshib ketganligi dard ustiga chipqon bo‘ldi. Bularning barchasi davlatning iqtisodiy siyosatda ham, qaysi sohalarga sarf-xarajat qilishda ham, yoqilg‘i mahsulotlari kabi ayrim tovarlar narxini belgilashda ham, Iroq dinorining AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash qiymatini belgilashda ham (biz buni dinor qiymatini pastlab ketganida guvoh bo‘lyapmiz), barcha-barchasida xorijiy nazoratga mahkum bo‘lib qolganini anglatadi.

Yuqoridagilarning barchasidan so‘ng yechim bormi? Ha, Allohning izni ila, yechim albatta bor. Ammo shuni bilishimiz kerakki, hozirgi ahvolimiz Alloh Taolo aslo rozi bo‘lmaydigan munkar ahvoldir. Uni jiddiylik, rostgo‘ylik va onglilik bilan, imkon qadar tezroq va bor kuchimiz bilan o‘zgartirishga harakat qilishimiz lozim. Yechimning haqiqati shundaki, biz avvalo buzilish qayerda ekanini anglamog‘imiz darkor. Chunki kim davoni istasa e’tiborni kasallikka qaratishi lozim. Biz boshdan kechirayotgan eng yomon kasallik chirik kapitalistik tuzumdir. Ushbu badbo‘y kapitalistik tuzumning eng yomon ko‘rinishini Amerika bilan uning yo‘liga ergashgan siyosiy bloklar timsolida ko‘rish mumkin va bu blok-partiyalar Amerikaning rejalarini bizni shu ahvolga olib kelgan siyosiy jarayonda ishtirok etish bilan ijro etishyapti. Shu sababdan oldimizda faqatgina Islom tuzumi va ahkomlarini ongli ravishda tushunish orqali kapitalistik tuzumga va uning ilmoniyligiyu demokratiyasiga qarshi qo‘zg‘olon qilishdan hamda o‘zining va xo‘jayinlarining manfaati uchun butun mamlakatni yoqib yuborishga ham tayyor bo‘lgan mavjud siyosiy sinfdan najot izlamaslikdan boshqa tanlov yo‘q.

Yuqorida bayon qilganimiz barcha narsalardan butunlay qutulishimiz uchun kapitalistik tuzumni ildizi bilan qo‘porib tashlash hamda hayotning barcha sohasida Alloh Taoloning shariatini hukmron etish lozim. Bu esa Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Alloh Azza va Jallaning shariatiga muvofiq manfaatlarimizga g‘amxo‘rlik qiluvchi hukmdor ostida amalga oshadi. Shuningdek, kuch-qudrat egalari ham ushbu buyuk farzni ado etish uchun xolis faoliyat qilayotganlarga, ya’ni Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishlari lozim. Zero, Hizb o‘z ahlini hargiz aldamaydigan, mana shu ish va buyuk sharaf uchun o‘zini bag‘ishlagan, zolimlar zulmi ham, makkorlar tuzoqlari ham aslo ahd-paymonidan qaytarolmaydigan yetakchidir. U Rosuli akram ﷺni o‘ziga namuna qilib olgan holda ayni masalani o‘zining taqdiriy masalasiga aylantirgan Hizbdir. Shunday ekan, kofirlar loyihasini chetga uloqtirib, dunyo va oxiratda najot topishingiz uchun xolis faoliyat qilayotganlar karvoniga yetib oling.

Alloh Taolo aytadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا للهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2023 yil 10 may chorshanba kungi 441-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.