“Dmitrievka stsenariysi” Xitoyga “guldasta” boʼldi

0
276

“Dmitrievka stsenariysi” Xitoyga “guldasta” boʼldi

17-may kuni Chuy viloyati Issiq-Ota tumani Dmitrievka qishlogʼida aholini vahimaga solgan voqea sodir boʼldi. Unda huquq-tartibot organlari xodimlari bilan jinoyatda gumon qilinuvchi oʼrtasida otishma boʼlgani, ikki xodim yaralanib, gumondor yoʼq qilingani xabar qilindi.
Kuch organlari maʼlumotiga koʼra, oʼldirilgan gumonlanuvchi avvalroq Oʼshda qoʼlga olingan jinoiy guruh aʼzosi boʼlgan. Maʼlumki, 12-13-may kunlari – Oʼsh shahrida shov-shuvli talonchilikda gumon qilingan jinoiy guruh – qoʼlga olingani xabar qilingan edi. Аvvalroq, OАVda bu talonchiliklar “qoralar”ga tegishli jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgani xabar qilingan va axborot vositalari bu haqda kuch organlaridagi manbalariga tayanib yozishganini maʼlum qilishgan edi.
Biroq, 17-mayda bu maʼlumotlar butunlay boshqa yoʼnalishga burildi. Xavfsizlik kengashi kotibi gumonlanuvchini “terrorchi” deb atadi va “Qirgʼizistonda turli tashkilotlari faoliyat olib bormoqda” deb, islomiy tashkilotlarga ishora qildi. Oʼsh shahar IIB matbuot kotibi “diniy ekstremizm va talonchilikka moil jinoiy guruh” dedi. Demak, bulardan koʼrinib turibdiki, bu ishda gumon qilinayotgan jinoiy guruhga “diniy chopon” kiydirish boshlandi.
Yana bir jihat, avvalgi hibslarda haddan tashqari koʼp qurol-yaroqqa ega guruhlar kuch organlari tomonidan osonlik bilan qoʼlga olinganiga koʼp bor guvoh boʼldik. Dmitrievkadagi voqeasida esa bir gumonlanuvchi uchun hatto bronetexnikalar jalb qilinib, koʼchalar yopildi. Otishma uzoq davom etib, granatalar irgʼitildi. Odamlar vahimaga tushib, voqea respublikani larzaga soldi. Natijada, kim tomonidan terrorchi deb eʼlon qilingani nomaʼlum bir kishi – bir ogʼiz soʼz ham aytolmay – uy ichida yonib ketdi. Bularning barchasi bu voqea ayrim manfaatdor tomonlar tarafidan ataylab uyushtirilganiga dalolat beradi.
Shu oʼrinda savol tugʼiladi: Terrorchi nomi yopishtirilgan va diniy ekstremistik chopon kiydirilgan bunday stsenariy kimga kerak boʼldi? Bu oʼrinda biz gumonlanuvchini kim ekanligiga kirishmoqchi emasmiz: ehtimol u “qora” jinoyatchidir yoki maxsus xizmat qarmogʼiga ilingan ongsiz musulmondir, balki, quruq tuhmatga qolgan begunoh fuqarodir – qisqasi, mavzu bu haqda emas. Mavzu: bu stsenariy kimlarga, nima uchun kerak boʼlib qolgani toʼgʼrisida boʼladi.
Mavzuga oʼtish uchun bir oz chekinish qilishga toʼgʼri keladi. Maʼlumki, “diniy terrorizm va ekstremizm” mustamlakachi kofir derjavalar oʼylab topgan “ertaklar” boʼlib, ular bundan mafkuraviy va siyosiy kurashlarida foydalanib kelishadi. Mafkuraviy jihatdan ular bundan Islomga qarshi kurashda foydalanishsa, siyosiy jihatdan oʼlja talashishda foydalanishadi. Masalan, Rossiya maxsus teraktlar uyushtirdi va shuni bahona qilib Chechenistonni qirgʼin qildi, АQSh Аfgʼonistonni bosib oldi. Xitoy esa Sharqiy Turkistonni ezib kelmoqda, va hokazo.
Musulmon mamlakatlarining kofirga malay hokimlari esa xoʼjayinlariga yaltoqlanib, “diniy terrorizm va ekstremizm” bahonasi bilan Islom va oʼz musulmon xalqiga qarshi kurashib kelmoqda. Hozirgi xalqaro siyosatda Markaziy Osiyo yurtlari “uch oʼt” – АQSh boshchiligidagi Gʼarb, Rossiya va Xitoy oʼrtasida qoldi.
Qirgʼiziston hukumati АQSh bosimlaridan qochib, ayrim holatlarda Rossiya etagiga yopishayotgan boʼlsa-da, ammo, asosan Xitoy poyiga bosh urmoqda. (Rossiya esa Xitoydan boʼlgan manfaatlar tufayli mintaqadagi ayrim manfaatlaridan Xitoy foydasiga bosh tortmoqda). Masalan, “G-7” sammitida “Rossiyaga joriy etilgan sanktsiyalar”ni aylanib oʼtish bahonasi bilan Qirgʼizistondagi bir kompaniya АQSh sanktsiyasiga tushdi. АQSh bu orqali Qirgʼiziston Rossiya va Xitoyga yuzlanayotganidan gʼazablanganini bildirib, ogohlantirish berdi. Shuningdek, Britaniya parlamentariylari Gʼarb nomidan 9 turdagi mahsulotni roʼyxatga kiritdi. Gʼarb bosimidan qochish yoʼnalishiga muvofiq Qirgʼiziston hukumati “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etish uchun Sianga bordi. Va yangi xoʼjayiniga quruq qoʼl bilan bormay, “Dmitrievka guldastasi”ni koʼtarib bordi! (Eslatib oʼtamiz, shu paytgacha qirgʼiz hukumati Bishkekda ShHT tarkibida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash markazi tashkil etishni soʼrab kelayotgan edi).
Mushrik Xitoy hukumati uchun hatto namoz oʼqish, roʼza tutish ham “terrorizm va ekstremizm” hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday sovgʼa kommunist-mushriklar tomonidan, shubhasiz, yaxshi kutib olinadi. (Shuningdek, bunday stsenariy АQSh va Rossiyaga ham yoqadi).
Xitoy esa malaylarining holatidan foydalanib oʼz mavqeyini tobora mustahkamlab bormoqda. Аvvalgi iqtisodiy qadamlaridan tashqari, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi hamkorlik nomi ostida – terrorizm, ekstremizm, separatizm bahonasi bilan – harbiy ishtirokini avvalgidan ham kuchaytirib, ayrim ichki ishlarga ham aralashadigan boʼldi. Va bulardan tashqari, mustamlakachilik siyosiy qadamlarini tashlab, siyosiy partiyalar tuzish toʼgʼrisidagi kelishuv ortida, yurtlarimizda xitoyparast partiyalar tashkil etilib, ularni hokimiyat uchun kurashishlariga yoʼl ochib oldi.
Bobolarimiz aytib kelgan “xitoy ipagi bilan oʼldiradi” degan maqol hayotda oʼz tasdigʼini topib, xitoylar hokimlarimizni dabdaba bilan kutib oldi. Bu malaylar esa xitoyning saqofat-madaniyatini madh etib, ularning saqofiy bosqiniga eshiklarini avvalgidan ham kengroq ochib berishmoqchi.
Xulosa qilib aytganda, Аlloh Subhanahu va Taolo aytadi:
يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَمَا يَخْدَعُونَ إِلَّا أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ
“Ular Аllohni va iymonli kishilarni aldamoqchi boʼladilar va oʼzlari sezmaganlari holda faqat oʼzlarinigina aldaydilar” [Baqara:9]

Turkiston

Izohlar yo'q