Rossiya Qirg‘izistondagi “Temir yo‘l” va “GES” qurilishida ishtirok etmoqchi

0
189

Rossiya Qirg‘izistondagi “Temir yo‘l” va “GES” qurilishida ishtirok etmoqchi

 Rossiya Qirg‘izistondagi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li va Qambar-Ota gidroelektr stansiyasi qurish loyihasida ishtirok etishdan manfaatdor. Bu haqida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Asein Isayev “Birinchi radio”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 “Ularning qo‘shilishiga qarshi emasmiz, chunki ular bizning ittifoqchilarimiz. Biroq, qandaydir muammo tug‘ilsa uni o‘zimiz barpo etishimiz ham mumkin, – dedi Isayev.

 Qaryib 20 yildan beri muhokama qilinayotgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik o‘tgan yilning 14-sentyabr kuni imzolandi. Loyiha qiymati tahminan 5 milliard dollarga baholangan. Yaqin kunlarda Markaziy Osiyo rahbarlarining Xitoyga bo‘lajak rasmiy tashrifi doirasida loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Shu bois Rossiya mintaqadagi ta’siridan butunlay mahrum bo‘lib qolmaslik maqsadida unda ishtirok etishga harakat qilmoqda. Mazkur loyihani 20 yildan beri amalga oshmay kelishida ham Rossiyaning qirg‘iz hukumati ustidan bosimi sabab bo‘lib kelgan. Hozir u Ukraina botqog‘iga botib, Markaziy Osiyo ustidagi ta’sirini Xitoy bilan bo‘lishishga majbur holatda. Xitoy shu loyiha bilangina cheklanib qolmay, mintaqa davlatlari bilan savdo xablarini qurish orqali iqtisodiy ekspansiyasini tobora kuchaytirishga intilmoqda. Rossiya esa hozirgi holatida mintaqa davlatlariga iqtisodiy ko‘mak ko‘rsata olmaydi. Aynan Rossiyaning iqtisodiy imkoniyati cheklanganligi sababli u bilan Yuqori Norin GES kaskadlari va “Qambar-Ota-1” GESini qurish bo‘yicha shartnoma bekor qilingan edi.

 Sadir Japarovning 2021-yil 11-12-mart kunlari Toshkentga amalga oshirgan tashrifi doirasida “Qambar-Ota-1” GESini hamkorlikda qurish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Keyinchalik Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ham GESni hamkorlikda qurishga qiziqish bildirib, uch davlat o‘rtasida “Qambar-Ota-1” GEsini hamkorlikda qurish bo‘yicha shartnoma tuzildi. Joriy yil 6-yanvar kuni Qirg‘iziston Energetika vazirligida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston energetka vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda loyihaning yo‘l xaritasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.

 Shu paytgacha Qirg‘iziston hukumati “Qambar-Ota-1” GESi qurishda bir qadam ham olg‘a  siljiy olmaganligi yoki investor topa olmaganining asosiy sababi bu loyihaning strategik ahamiyatga ega ekanligida. Boshqacha aytganda, bu loyihani o‘z qo‘liga olgan davlat bir tomondan ulkan daromadga ega chiqsa, ikkinchi tomondan rasmiy hukumatga bosim o‘tkazish imkonini qo‘lga kiritadi. Shu sababli Rossiya bu loyihalardan osonlikcha voz kecha olmaydi. Aniqrog‘i, Xitoy bilan savdolashishi orqaligina voz kechishi mumkin.

 Demak, musulmonlar bunday yirik loyihalar o‘z manfaatlarimiz yo‘lida xizmat qilishi uchun avvalo kaptalistik tuzumdan bosh tortib, mustamlakachilarni mintaqadan quvib chiqishlar shart. Ularni mintaqadan quvib chiqib, xalq manfaatlarini himoya qiladigan kuch faqat Islomda mavjud. Shuning uchun hokimiyat tepasida turganlarni xalqning bu istagiga bo‘ysundirish zarur. Shunday ekan, xalq va unga yetakchilik qilayotganlar shu yo‘lda harakat qilishimiz kerak! Zero, faqat Islomda xalqning mulki xalqqa beriladi, ularning manfaatlari to‘lik kafolatga olinib, xorijiy tashkilot va davlatlar ta’siri ostida qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi!

 Mana shu Islom asosidagi boshqaruvgina mustamlakachilar zulmidan himoya qilib, jamiyatda faravon hayotni kafolatlaydi. Ummat uchun manfaatli bo‘lgan loyihalarni chet eliklar qo‘liga tutqazib qo‘ymay, o‘zi amalga oshirib, xalq xotirjamligi uchun xizmat qiladi. Mustamlakachilardan qutulishning bundan boshqa yo‘li yo‘q.

 Mumtoz Maveranaxriy

Izohlar yo'q