9-MAY QANDAY KUN

0
177

9-MAY QANDAY KUN

Dunyo tarixidagi eng katta urush shubhasiz bu – 2-jahon urushidir. Bugungi kunda bu urushda g‘olib bo‘lgan taraf 9-mayni g‘alaba kuni sifatida keng ko‘lamda bayram qiladi. Ular qatorida aksar aholisi musulmonlardan iborat bo‘lgan Qirg‘izistonda ham bu kunni bayram sifatida belgilangan.

 9-may haqiqatlarini aniqlash maqsadida tarix sahifalariga bir qator murojaat qilib o‘taylik:

 1919-yili 1-jahon urushi Versal bitimi bilan nihoyasiga etdi. Mazkur bitimga muvofiq Germaniya bosib olgan erlaridan chiqib ketdi. Avstriya-Vengriya ikkiga bo‘lindi. Shuningdek, dunyo xavfsizligini ta’minlash iddaosi bilan Millatlar ligasini tuzish loyihasi ko‘rib chiqildi. Sevr bitimida Usmoniy xalifalik erlari va Germaniya mustamlakalarini Angliya bilan Frantsiya bo‘lishib oldi.

 Angliya va Frantsiya bu mustamlakalarini ushlab qolish uchun Millatlar ligasini tashkil etishdi. Tinchlikni saqlash, qurolsizlanish masalalari bu tashkilotning shiorlaridan bo‘lib qoldi. Biroq, Angliya Germaniyani Frantsiyaga muvozanat sifatida ushlab turish uchun qurollanishga undadi. Angliya va Rossiyaning ma’lum darajada imkoniyat yaratib berishi ortidan Germaniya yana qayta zo‘r quvvatga ega bo‘ldi. Shu tufayli u 1939-yili yana qayta jahon urushi olovini yoqdi. Birichidan, Germaniya millatchilik g‘oyasini maxkam ushlab, bashqa millatlar ustidan hukmron bo‘lishni xohlagan bo‘lsa, ikkinchidan, 1-jahon urushidan so‘ng qo‘ldan boy bergan o‘ljalarini qaytaribgina qolmay, balki butun dunyo boyligiga ega bo‘lishni ko‘zlab qoldi.

  2-jahon urushida kurash asosan “Katta uchlik” (Germaniya, Yaponiya, Italiya) va Ittifoqdoshlar (SSSR, Angliya, Frantsiya) o‘rtasida yuz berdi, ular atrofida 60dan oshiq davlatlar qatnashdi. Bu urushda umumiy hisobda 25 million harbiy va 38 million tinch aholi qurbon bo‘ldi. Bularning aksari, ya’ni 20 millionga yaqini SSSR fuqarolaridan iborat bo‘lgan.

 Urush ittifoqdoshlar g‘alabasi bilan tugadi.

 O‘ljalarini bo‘lishtirish va kelajakdagi o‘z xavfsizliklarini kafolatlab olish uchun g‘oliblar 1945-yil fevral oyida Yalta bitimini tuzishdi.

 Mazkur bitim asosida Germaniya AQSh, SSSR, Angliya va Frantsiya ta’siri ostidagi ishg‘ol qilingan 4 hududga bo‘lindi. Keyinchalik AQSh ta’siri ostidagi g‘arbiy va SSSR ta’siri ostidagi sharqiy hududidan iborat ikki qismga aylandi.

 SSSR Yaponiyaga qarshi urushda ishtirok etadigan bo‘ldi, ammo bu qaror Amerikaning Yaponiyaga atom bomba tashlab urushga nuqta qo‘yganligi sababli amalga oshmadi. Shunday qilib, Yaponiya AQSh ta’siri ostidagi davlatga aylandi. Koreya SSSR va AQSh nufuzi ostidagi ikki hududga bo‘lindi. G‘olib taraflar BMT xalqaro tashkilotini tuzishga qaror qildi. Tashkilotni Amerika, SSSR, Angliya, Frantsiya va Xitoy davlatlari tuzdi.

 Qisqasi, ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyo davlatlarini ushbu besh davlat o‘zaro bo‘lib oldi. Dunyo manfaatlariga ega bo‘lishni istovchi oltinchi davlat paydo bo‘lib qolmasligi uchun bu besh davlat BMT tashkilotini – davlatlarni majburiy qul qilib beradigan “tuzoq” sifatida – o‘zaro kelishib, tashkil etishdi. BMTning ta’rifida aytilgan, “er yuzida tinchlikni mustaxkamlash va xavfsizlikni ta’minlash” kabi yaltiroq so‘zlar uning asl mohiyatidan bexabar oddiy odamlarni tuzoqqa tushirish uchun aytilgan.

1947-yili Parij konferetsiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur konferentsiya yakunida Italiya mustamlakalaridan ayrilib, ularda AQSh, SSSR, Angliya nufuzi o‘rnashdi. Vengriya, Ruminiya va Finlandiya davlatlari tovon puli to‘laydigan bo‘lishdi.

 Bulardan xulosa qiladigan bo‘lsak, ikkinchi jahon urushi yirik davlatlarning hukmronlik va boylik talashish urushi bo‘lgan. Demak, bosqinchi yirik davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kurash natijasini nima uchun biz “G‘alaba kuni” deb qabul qilishimiz kerak? Bu kurashda qay biri g‘olib chiqqanini mustamlaka ostidagi davlatlar uchun nima farqi bor? Masalan, hozir O‘rta Osiyodagi Amerika-Rossiya o‘rtasidagi nufuz talashishda qaysi birining g‘olib bo‘lishi biz uchun qanday ma’noga ega? Yirik davlatlar bizga o‘zlari xohlandek “makon” chizib berishsa, uni ona vatan deb nomlashimiz go‘llik emasmi? Kechagina SSSR vatanimiz edi. Bugun undan bizga nima meros qoldi? Nima uchun biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi emasmiz? Sobiq Ittifoq davrida yadro sinovlari o‘tkazib kelingan Qozog‘iston nima uchun yadroviy davlat emas?

 Hozirda bu mustamlakachilarning mustamlaka talashishlari yana qayta kuchayb bormoqda. Ertaga AQSh-Rossiya kurashida Amerika turkiy millat vakillari uchun Turkiston davlatini tuzib bersa, bu bizning vatan bo‘lib qoladimi? Alloh saqlasin, agar Xitoy bosib olsa “vatanim – Xitoy deb kuylaymizmi? Aslida, tarix boshlangandan buyon qiyomat kuniga qadar davlatlar o‘rtasidagi kurash ikki sababligina vujudga kelgan. Birichisi – hukmronlikka bo‘lgan muhabbat, ikkinchisi – moddiy foydalar ortidan quvish.

 Birinchisi; mafkura hukmronligi va uni yoyishga bo‘lgan muhabbat; o‘z xalqi hukmronligi, manmansirashiga bo‘lgan muhabbat bo‘lib ikkiga bo‘linadi. Masalan; Islom davlatida 1300 yilga yaqin, kommunizm davlatida esa 30 yilga yaqin mafkura hukmronligiga muhabbat bo‘lgan.

 Ikkinchi jahon urushi sababchisi bo‘lgan Germaniya bilan Italiya fashizmida esa millat hukmroligi muhabbat va moddiy foydalar bo‘lgan.

 Shulardan xulosa chiqarib, musulmonlar tarixdan ibrat olishlari kerak. Agar ular Islom uchun moli va joni bilan kurashmasa, mustamlakachi kofir davlatlari o‘rtasidagi jahon urushlari yoki ular uyushtirgan mahalliy nizolar qurbonlari bo‘lib qolaverishadi. Shu sababli biz bilib turib, kufr davlatlarining kurashlari qurbonlariga aylanmasligimiz kerak. Buning uchun har bir narsadan xabardor Zot oldida javob beramiz.

Izohlar yo'q