“Marmelad” konstitutsiya

0
172

“Marmelad” konstitutsiya

Chexovning “marmelad” hikoyasi yodingizdami? Bir kuni Chexovning oldiga o‘zlarini siyosat bilan qiziquvchi odamday ko‘rsatgan uch ayol kelib, yozuvchini suhbatga tortishadi:

– Anton Pavlovich, sizningcha urush nima bilan tugaydi?

– Tinchlik bilan…

– Ha, albatta, ammo kim g‘alaba qozonadi. Yunonlarmi yoki turklarmi?

Savollar shu tarzda davom etadi va Chexov ularga umumiy ravishda javob beradi.

– Siz kimlarni ko‘proq yaxshi ko‘rasiz, yunonlarnimi yoki turklarnimi, – dedi ayollardan biri. Anton Pavlovich aytadi:

– Men marmeladni yaxshi ko‘raman, sizchi…

– Oo, men ham juda yaxshi ko‘raman, – deydi ayol.

– U qanday ham ajoyib, – dedi ikkinchisi.

Shundan so‘ng suhbat marmelad ustida davom etadi, siyosat bir chetda qoladi.

Endi mavzuga qaytamiz. Qirg‘izistonda azob chekayotgan xalq yaxshi hayot umidida har doim isyon ko‘tarib, o‘z jonlarini berishmoqda. Siyosatchilar esa bunga javoban har doim konstutsiyaviy islohotlar masalasini ko‘tarishadi. Keyin munozara boshqaruv tizimiga o‘tadi. So‘ngra xalqning fikri referendumga qaratiladi va oxir-oqibat xalq “marmelad” tishlab qolaveradi.

Mana navbatdagi “oktyabr to‘ntarishi” ham shu yo‘nalishda bormoqda. Hozir xalq ichidagi munozara faqat yangi konstutitsiya to‘g‘risida bo‘lib qoldi. Yangi hukumat prezident boshqaruvini oldinga sursa, muxolifat parlament boshqaruvini saqlab qolishga intilmoqda.

Siyosatchilar doimo “Konstitutsiya daxlsizdir”, “Konstitutsiya muqaddasdir”, “Konstitutsiya bu – imperativ qonun” so‘zlarini ishlatib kelishadi. Aslida hozirgi konstitutsiyalar “daxlsiz” emas, balki “qo‘l sochiq” kabidir. Akayev birinchi konstitutsiya to‘g‘risida “bu bir asrga yozildi” deb aytgandi. Biroq, uning o‘zi to‘rt marta “daxl” qildi. Bakiyev davrida 2 oy ichida 2 marta o‘zgartirildi, umumiy hisobda esa uch marta o‘zgartirildi. Keyinchalik “Vaqtli hukumat” a’zolari yangi konstitutsiya tuzishdi va 2020-yilga qadar tuzatishlar kiritishga moratoriy joriy etildi, ammo Atambayev 2016-yilda unga o‘zgartirishlar kiritdi. Ushbu konstitutsiyalar ularni ishlab chiquvchilar tomonidan “qo‘l sochiqqa” aylantirilishi uning hech qanday “muqaddas” emasligini ham anglatib turibdi.

Endi, amaldagi konstitutsiyalar “imperativ qonun” emasligiga alohida e’tibor qaratishga arziydi. Chunki bu olamiy siyosatga taalluqli. Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan derjavalar dunyo davlatlarini o‘z changalida ushlab turish uchun BMT tashkilotini tashkil etishdi. Shundan boshlab dunyodagi davlatlar konstitutsiyalari BMT Nizomiga muvofiq ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Bu yirik mustamlakachi kuchlar o‘z hukmronliklarini yanada mustahkamlash va kengaytirish maqsadida BMT Ustaviga muvofiq 1960-yillardan boshlab Vena konvensiyasi qonunlarini qabul qilib kelinmoqda. Bu qonunlar rasmiy ravishda dunyo mamlakatlari uchun majburiy me’yorlar hisoblanadi. Imperiativ so‘zining lug‘aviy ma’nosi – ikkilanmasdan itoat qilishni anglatadi. Shu sababli, atamada, Vena konvensiyasining qonunlari imperativ normalar deb nomlanadi. Demak, bizdagi konstitutsiyalar hech qanday imperativ qonunlar emas. Ularning ustida Vena konvensiyasi turadi.

Xalqaro siyosatga kelsak, mustamlakachi kuchlar bizning konstitutsiyamizdagi boshqaruv tizimi qanday bo‘lishidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishadi. Masalan, hozir Qirg‘izistonda prezidentlik boshqaruvi bo‘lishi Rossiya manfaatlariga mos keladi. Chunki, u o‘z mustamlakachiligini bir shaxs orqali amalga oshirishdan manfaatdor. Agar prezident katta vakolatlarga ega va rossiyaparast bo‘lsa u bilan shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish osonroq bo‘ladi. Mabodo Rossiya mustamlakachiligiga qarshi harakatlar jiddiy tus olsa, u holda mamlakatni iqtisodiy bosimdan tortib, turli beqarorliklar keltirib chiqarish bilan tahdid qiladi. Agar vaziyat yanada yomonlashsa, rasmiy prezidentning yordam so‘rashi bahonasida harbiy jihatdan kirib, o‘rnashib oladi.

G‘arb esa Qirg‘izistonda parlament boshqaruvi bo‘lishidan manfaatdor. Agar parlament boshqaruvi bo‘lsa, ular hukmron koalitsiyani tarqatib yuborish va keyin yangi hukumat tuzish bilan rossiyaparast hukumatga muammolar tug‘dirishadi. Inson huquqlari, so‘z eriknligi, sudlarning mustaqilligi va boshqa sohalar bo‘yicha qonunlar qabul qildirishadi. Chunki, ushbu qonunlar orqali g‘arbparast siyosatchilarning rossiyaparastlarni tanqid qilishiga yo‘l ochiladi, o‘zlari esa jazo choralaridan qutilib qolishadi. Shu tarzda G‘arb o‘z kadrlarining xalq orasida obro‘sini oshiradi. Hukumatga aralashtiradi va qulay vaqt kelganida ular orqali rossiyaparast hukumatga qarshi qurolli qo‘zg‘alon ko‘tarishga ham olib borishadi. (Biroq, o‘zlari “muammo tinch yo‘l bilan xal etilishi tarafdorimiz” deb, “timsohning ko‘z yoshini” to‘kishadi). Yangi konstitutsiya loyihasiga nisbatan G‘arb tashkilotlari, jumladan, Vena komissiyasi, Xelsinki qo‘mitasining xavotir izhor qilishining asosi mana shu xalqaro siyosatga borib qadaladi.

Mahalliy siyosatchilarning konstitutsiyaviy islohotning asosi bo‘lgan boshqaruv tizimi bo‘yicha keltirgan asoslari shunchaki quruq gaplar xolos. Masalan, “parlamentlik boshqaruvidan voz kechsak, 20 yil orqaga qaytamiz” deyishmoqda. U holda prezidentlik boshqaruvidagi Amerika bizdan orqadami? Qarshi tomon bo‘lsa, “prezident boshqaruvisiz korrupsiyaga qarshi kurasha olmaymiz” deb aytmoqda. Biz super prezidentlik tizimida super korrupsiya sxemalari ishlaganini juda yaxshi bilamiz. Hozir ham shunday bo‘lmasligiga qanday kafolat bor?

Gap shundaki, har ikki tizim haqida gapirayotganlarning barchasi xalqni yaxshi hayotga olib borishni va’da qilishmoqda. Boshqa so‘z bilan aytganda, reformalar orqali iqtisodiyotni ko‘taramiz va bu orqali davlat rivojlanadi deyishmoqda. Ammo, aslida rivojlanishning asosiy omili iqtisodiyot emas. (Bu mavzuga hozir to‘xtalmaymiz). Hozirgi olamiy va xalqaro tuzumda ular aytayotgan iqtisodiy taraqqiyotni amalga oshirish mumkin emas. Chunki, demokratiya niqobi ostidagi olamiy imperialistik-kapitalistik tuzum hech qachon 3-dunyo davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu tuzum bizning boyliklarimizni talon-taroj qilish, xalqimizni qul qilib ezish asosiga qurilgan. Bu buzuq demokratik tuzumda bizga faqat ularning imonsizligi, dinsizligi, xudbinligi, ochko‘zligi, foxishabozligi va shularga o‘xshash narsalarigina kinib keladi. Bu tuzumga bo‘ysunish orqali – mustamlakachilarning buzuq hayotini ta’minlashdan tashqari – o‘zimiz ham buzuq hayot kechiradigan qullarga aylanib qolaveramiz.

Bulardan tashqari, paralment boshqaruvi tarafdorlari “hokimiyat bir qo‘lda to‘planadi” deyishmoqda. Aslida, hokimiyat tabiatining o‘zi shuni talab qiladi. Shu sababli, prezidentlik boshqaruvida prezident, parlamentlik boshqaruvida bosh vazir hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlaydi. Aks holda, hokimiyatga intilishdan nima foyda. Agar shunday bo‘lmasa hokimiyatini yo‘qotadi. Biroq, mustamlaka davlatlar hokimlari bunday xususiyatga ega emaslar. Sababi, ularda haqiqiy hokimiyat mavjud emas. Qaysi mustamlakachining ta’sir kuchli bo‘lsa, o‘shaning malayi hokimiyat tepasida bo‘ladi.

Mana shularni bilib tursada, avvali “yurt otasi”, o‘rtasi “yurt og‘asi” maqomiga ega bo‘ladigan ba’zi siyosatchilarimiz “Biz uchun asosiy tahdid – shariatni hayotga tatbiq etamiz deganlardir. Bunday holda biz birlashib, dunyoviy tuzumni saqlab qolishimiz kerak”, deyishmoqda. Demak ularga imonsizlik, dinsizlik, xubinlik, besaqolbozlik… kabilarni olib kelgan dunyoviy tuzum yoqar ekan. Ular o‘z xojalarining boyliklarimizni talon-taroj qilishiga, xo‘jayinlari tashlagan suyak evaziga bizlarni ularga qul qilib berishga rozi ekanlar. O‘zaro suyak talashish boshlanganda esa, xalqni bir-biriga qarshi solib qo‘yib, o‘zlari konstitutsiyaviy islohotlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Xo‘p, mayli deylik, ular-ku shunday ekan, sizlarchi ey odamlar! “Marmelad”ga to‘ymadingizmi?!

Aslida, sizlar yaxshi hayot umidi bilan yashamoqdasizlar. Biroq, buning yo‘lini topa olmayapsizlar. Uni topish uchun o‘zinglarni musulmon ekanligingizni eslanglar. Sizlar hokimiyatdagilarni muhosaba qilayotganingizda buni demokrat bo‘lganingiz uchun qilmadingiz. Sizlar musulmon bobolaringizdan meros bo‘lib qolgan “yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish” mentaliteti sababli hokimlarni muhosaba qilyapsizlar. O‘zligingizga qayting. Islomingizni o‘rganing. Unda konstitutsiyalarning eng afzali – Qur’on va Sunnatga asoslangan konstitutsiyani topasizlar. So‘ngra uni hayotga tatbiq qilishga shoshilinglar. Bu orqali ikki dunyo baxtiga erishasizlar. (Arxivdan).

Abdulhakiym Qoraxoniy

Izohlar yo'q