Matbuot bayonoti
«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q»
Alloh Subhanahu va Taoloning qazosiga imon keltirgan holda, Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi butun Islom Ummatiga, xususan Iordaniya ahli va Hizb a’zolariga o‘zining vafodor, sobir va savob umidvori bo‘lgan a’zolaridan biri ulug‘ ustoz Umar Folih Tall (Abu Abdulloh)ning vafot etganini xabar qiladi.
Ustoz kecha (hijriy 1444 yil 25 Ramazon, milodiy 2023 yil 16 aprel) yakshanba kuni oqshomda 70 yoshida Alloh Taoloning rahmatiga qovushdi.
Darhaqiqat, ustoz ushbu ulug‘ yoshini Alloh Subhanahu va Taologa itoat qilgan holda, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga faoliyat qilish bilan o‘tkazdi. Hizbga navqiron yigitlik vaqtida a’zo bo‘lgan ustozimiz haq va ezgulikni zimmasida tashib, bu yo‘lda quvg‘in va qamoq mashaqqatlariga sabr qildi. Adolatsiz hibsga olish va nohaq hukmlar natijasida o‘n olti marta zolimlar zindonlariga yo‘liqdi va bularning barchasi uchun faqat Alloh Subhanahudan ajr umid qilib, Uning nusratiga ishondi. Qamoqda alohida kameralarda qattiq qiynoqlarga solinganda hech qachon qaddi bukilmay, ahd-paymonidan qaytmay ochiq-oshkor olib borgan haq da’vatida hamisha sobit qoldi.
Ustoz Abu Abdullohning masjidlar chavandozi bo‘lganiga, qaysi masjidga borsa, malomatchining malomatidan qo‘rqmay, o‘zining jarangdor ovozi bilan haq so‘zni aytib turganiga va namozxonlarni roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta barpo etishga da’vat qilganiga Irbid shahridagi barcha masjidlar guvoh. Biroq, hech kimni Allohga gunohdan pok deb, ko‘rsatmaymiz.
Alloh Subhanahudan so‘raymiz, marhumimizni, Ummat marhumini O‘z rahmati bilan burkab, dargohiga go‘zal suratda qabul qilsin, jannatdagi Firdavsi A’loda anbiyolar, siddiqinlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylasin, ularga hamroh bo‘lish naqadar baxtdir. Ustozga bizdan, Islom va musulmonlardan go‘zal ajr ato etsin hamda ahl-oilasi va barchamizga sabri jamil va chiroyli ta’ziya bersin.
So‘zimiz nihoyasida Haq Subhanahu barchamizga buyurgan so‘zdan boshqa so‘zni aytmaymiz:
الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
«Biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (huzuridan keldik) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz», deydigan kishilardir» [Baqara 156]
Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot bo‘limi