Jismoniy shaxslarning salomatligini saqlash profilaktikasi

84
0

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

 Jismoniy shaxslarning salomatligini saqlash profilaktikasi

 Maktab xamshirasi

  Barcha maktablarda o‘quvchilarning sog‘ligini muntazam nazorat qiladigan hamshiralar bo‘lishi lozim. Ushbu hamshiralar o‘quvchilarning sog‘lig‘ini kuzatib boradilar, dastlabki muolajalarni o‘tkazadilar va ularning zarur emlashlarini ko‘zdan kechirib turadilar. Agar ularning sog‘ligida muammo topilsa, ularni birlamchi tibbiy yordamga yuborishlari mumkin. Maktab hamshiralari shuningdek, o‘quvchi va talabalarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida topilgan sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni ularning o‘qituvchilariga va ota-onalariga xabar beradilar. Maktab hamshiralari davriy seminarlar orqali o‘quvchilarga, ularning oilalariga va maktabning ta’lim xodimlariga sog‘liq uchun yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar, ogohlantirish va maslahatlar berib boradilar.

Aholiga shaxsiy salomatlik va ovqatlanish xaqida ma’lumot berish

  Dastlabki Islom davlatida davolanish va salomatlikka undash Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning qator yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalarida o‘z aksini topgan. Shu mavzuda kelgan ber necha hadislar sog‘-salomatlikni Allohnig ne’mati ekanini va uning uchun duo qilinishi lozimligini ta’kidlaydilar. Oisha onamizdan rivoyat qilinadi, aytadilarki; Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytardilar:

اللهم عافني في جسدي، وعافني في بصري، واجعله الوارث مني، لا إله إلا الله الحليم الكريم، سبحان الله رب العرش العظيم، الحمد لله رب العالمين

“ Ey Alloh! Mening jasadimni salomat qil,   ko‘zimni salomat qil. Me’rosxo‘rlarimga ham shuni qil. Sendan boshqa iloh yo‘q. O‘zing Halim va Karimsan. Buyuk Arshning parvardigori bo‘lmish Alloh pokdir. Butun olamlar parvardigori Allohga hamdu-sanolar bo‘lsin.” Abu Iyso bu hadisni hasan, g‘arib degan.

Buxoriyda Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat bor. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

نِعْمَتَانِ مَغْبُونٌ فيهما كثيرٌ من الناس: الصحةُ، والفراغُ

“Odamlarning ko‘pchiligi aldanib qolgan ikki ne’mat bor. Bular; sog‘lik va bo‘sh vaqt ne’matidir.”

Shu o‘rinda yetarli uyqu nasibasini berib jasadning haqqini ado etishni insonlarga eslatadigan hadisi nabaviylar bor. Ushbu hadislar dam olishga, badan tarbiya bilan shug‘illanishga, to‘g‘ri va me’yorida ovqatlanishga hamda shaxsiy gigenaga rioya qilishga va poklikka chorlaydilar. Shuningdek, ushbu hadislar qalblarning Allohning zikri bilan xotirjam bo‘lishi naqadar muhimligini va bular jasadning haqqi ekanligini insonlarga eslatadilar. Oisha onamizdan rivoyat qilinadi:

أنَّ النَّبيَّ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم بَعَث إلى عُثمانَ بنِ مَظعونٍ، فجاءه، فقال: يا عُثمانُ، أرغِبْتَ عن سُنَّتي؟! قال: لا واللهِ يا رَسولَ اللهِ، ولكِنْ سُنَّتَك أطلُبُ. قال: فإنِّي أنام وأصَلِّي، وأصومُ وأُفطِرُ، وأَنكِحُ النِّساءَ، فاتَّقِ اللهَ يا عثمانُ؛ فإنَّ لأهلِك عليك حقًّا، وإنَّ لضَيفِك عليك حَقًّا، وإنَّ لنَفْسِك عليك حَقًّا؛ فصُمْ وأفطِرْ، وصَلِّ ونَمْ

“Nabiy sallollohu alayhi va sallam Usmon ibn Maz’unga chopar yubordilar va  kelganida unga;

“ – Ey Usmon sen mening sunnatimdan yuz o‘girdingmi, — dedilar.

 Usmon;

 – Allohga qasamki aslo yuz o‘girmadim, yo Rasulalloh, men sizning sunnatingizdaman – dedi.

Rasululloh sallohu alayhi va sallamdedilar:

—Men albatta uxlayman, namoz ham o‘qiyman, ro‘za ham tutaman, gohida tutmayman ham, ayollarga uylanaman. Allohdan qo‘rq, ey Usmon! Zero sening ustingda ahli-ayoling haqqi bor. Sening ustingda mexmoning haqqi bor. Sening ustingda o‘z nafsing haqqi bor. Bas, shunday ekan, sen tinimsiz emas, oralatib ro‘za tut. Namoz ham o‘qi, uxlab ham ol”. Abu Dovud o‘z “Sunan”ida rivoyat qilgan.

 Oziqlanish va sog‘lom ovqatlanish borasida ham qator nasslar sog‘lom ovqatlanishning ahamiyatiga e’tibor qaratadi. Masalan, Alloh ta’olo marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا وَلَا تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ ۚ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ

  “Ey insonlar yer yuzidagi halol pok narsalardan yenglar. Shaytonning yo‘llariga ergashmanglar. Albatta u sizlar uchun ochiq dushmandir.” [2:168].

 Alloh ta’olo yana aytadi:

  ثُمَّ كُلِی مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَ ٰ⁠تِ فَٱسۡلُكِی سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلࣰاۚ یَخۡرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابࣱ مُّخۡتَلِفٌ أَلۡوَ ٰ⁠نُهُۥ فِیهِ شِفَاۤءࣱ لِّلنَّاسِۚ إِنَّ فِی ذَ ٰ⁠لِكَ لَـَٔایَةࣰ لِّقَوۡمࣲ یَتَفَكَّرُونَ

So‘ngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo‘ygan yo‘llardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat-belgi bordir. [16:69].

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ham oziqlanish va sog‘lom ovqatlanish muhimligini ta’kidlaganlar. Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi, aytadilarki, Rasululloh sallollohualayhi va sallam dedilar:

ما أنزل للهَ داء إلا أنزل له دواءً، فعليكم بألبانِ البقرِ ؛ فإنَّها ترم من كلّ الشجر

“Alloh biror kasallik tushirgan bo‘lsa, albatta uning davosini ham tushirdi. Shuning uchun sizlar sigir sutlaridan foydalaninglar. Chunki sigir har-hil o‘t-o‘lanlardan, daraxtlardan yeydi”. Ibn Hibbon o‘z “sahih”ida rivoyat qilgan. To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishga qo‘shimcha Nabiy sallollohu alayhi va sallam xaddan ortiq ko‘p yeyishdan ham ogohlantirganlar. Marhamat qilganlarki;

ما مَلَأ آدَمِيٌّ وِعَاءً شَرًّا من بطن، بِحَسْبِ ابن آدم أُكُلَاتٍ يُقِمْنَ صُلْبَه،ُ فإن كان لا مَحَالةَ، فَثُلُثٌ لطعامه، وثلث لشرابه، وثلث لِنَفَسِهِ

“Odamzot qornidan ham ko‘ra yomonroq idishni to‘ldirmagan. Odam bolasiga qaddini rostlab oladigan taom kifoyadir. Agar iloji bo‘lsa, qornining uchdan birini taomiga, uchdan birini sharobiga va uchdan birini nafas olishiga qoldirsin.” Termiziy rivoyat qilgan va uni hasan, sahih hadis degan.

Ushbu nasslar Islomning davlat qurilgan dastlabki kunlardanoq to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanishga qaratgan ahamiyatini namoyon qiladi. Darvoqe, xulafoi roshidinlar davrida faqirlarni, yoshi ulug‘ keksalarni va yangi tug‘ilgan chaqaloqli onalarni oziq-ovqat bilan ta’minlash orqali sog‘liqni salomat saqlash siyosati yurgizilgan. Xalifalik mana shu siyosat bilan ajralib turgan va shunday qilib u oziq-ovqat ta’minotini kafolatlagan.

  Ammo bugun esa, kapitalizm hukmronligiga bo‘ysungan olam oziqlanish borasida semizlik va isrofgarchilik bilan ko‘zga tashlanmoqda. Global Oziqlanish hisoboti (Word Nutrition Report) ning 2020-yilgi bayonotiga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 149 million bola o‘sishning yomonligidan aziyat chekmoqda. 49.5 millioni ortiqcha vazndan qiynaladi. 40.1 million bola semizlikdan aziyat cheksa, 677.6 million kattalar semizlikdan qiynaladi. Bugungi kunda dunyo miqyosida har 9 kishidan 1 nafari ochlikdan aziyat chekmoqda. Har 3 kishidan 1 nafari ortiqcha vazn yoki semizlikdan qiynalmoqda. “Noto‘g‘ri ovqatlanishning ikki tomonlama yuki” ortib bormoqda. Ya’ni, taxminan olamdagi har bir davlatda ortiqcha vazn va semirib ketish bilan bir qatorda oziq-ovqat taqchilligi va to‘yib ovqatlanmaslik muammosi ham mavjuddir.

Mana shu holatdardan kelib chiqib, Xalifalik davlati islomiy turmish tarzini qayta tiklashi hamda Qur’on va Sunnatga asoslangan sog‘lom taomlar iste’molini qaytarishi lozim. Buxoriy Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qiladi: bir kishi juda ko‘p taom yer edi. Bas, u islomga kirgach, juda oz yeya boshladi. Bu hol Rausululloh sallollohu alayhi va sallamga yetkazilganda u Zot marhamat qildilar:

 إن المؤمن يأكل في معى واحد، و الكافر يأكل في سبعة أمعاء

“Albatta mo‘min bitta ichakka (bitta oshqozonga) yeydi. Kofir esa yetti ichakka yeydi”. Mo‘min shariat odobi bilan yeydi. Kofir esa, shahvat va  ochko‘zlik bilan yeydi.

Xalifalik davlati aholiga kundalik hayotlarida o‘rtacha yeyish, isrofgarchilik qilmaslik, har hil sog‘lomlashtiruvchi taomlar iste’mol qilish bilan ovqatlanish qonunlariga rioa qilishning muhimligini o‘rgatadi. Bunga qo‘shimcha, u sog‘liqni saqlash maqsadlariga mos keladigan eng yangi zamonaviy uslublar bilan oziq-ovqat xavfsizligini va uning sifatini ta’minlaydigan veterinariya va qishloq xo‘jaligi siyosatini yurgizadi. (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.