Ey Islom da’vatini olamga olib chiqayotganlar, shunga aniq ishoninglarki, Ummat sizlarga ergashadi!

0
179

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Islom da’vatini olamga olib chiqayotganlar, shunga aniq ishoninglarki, Ummat sizlarga ergashadi!

Qadrli og‘a-inilar va da’vatni olamga olib chiqayotganlar, shunga aniq ishoninglarki, Ummat sizlarga ergashadi. Lekin o‘rtada to‘siqlar bor va ular sizga go‘yo Ummatdan uzoqligingizni his ettirmoqda. Misol uchun, mustamlakachi kofirning mavjud rejim va rasmiy doiralarga hukmronlik qilayotgani xamda jinoyatkor hukumatlarga nufuzini o‘tkazayotgani sababli odamlar hokimiyat mana shu tog‘ut kuchniki, deb o‘ylashyapti… Xolbuki, bu kuch ham chirib qoldi, ham o‘z qonuniyligini yo‘qotib aybi ochildi va o‘zi tuzgan parlamentlarda deputatlar sotuvdagi kiyim kiydirib qo‘yilgan manikenga aylanib qolishdi. Hatto parlamentda bir deputat o‘rnidan turib, xuddi Iordaniyada bo‘lganidek, biz mustamlakachi dushman tomonidan yasalgan va uni himoya qiladigan tobe davlatmiz, u bizni o‘z boyliklarimizdan foydalanishimizga yo‘l qo‘ymayapti va bizdan shunday qimirlamay zaif ahvolda turishimizni istayapti, deya ochiq aytib yubordi. Bugun bunday gaplarni chirik davlatlarga qarashli muassasalar va mavjud rejim farzandlari aytadigan bo‘lib qoldi. Chunki hamma haqiqat bilan to‘qnash kelmoqda. Shuning uchun «Ummat yetakchiligi bizning qo‘limizda», degan gapimiz to‘g‘ri va haq gap. Chunki biz Ummat bilan bitta tilda, bitta tuyg‘uda, bitta maqsadda, bitta yo‘lda, bitta fikrda va bitta dinda birlashamiz. Ummat bilan o‘rtamizda hech qanday masofa yo‘q. Qolaversa, Ummat dinni ko‘tarib chiqayotganlarga ishonmoqda va bu ishonch kundan-kunga mustahkamlanmoqda. Shunday ekan, qadrli og‘a-inilar, Ummat yetakchiligi, o‘zgarish uchun harakat qilayotgan mo‘minlar guruhi qo‘lida ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin. Ushbu guruh o‘zgarish uchun harakat qildi va hech yaltoqlanmay, maqtanmay, xushomad qilmay, ahd-paymonidan qaytmay o‘zgartirishning manhajini ochiq-oydin ko‘rsatib berdi.

Ey da’vat masu’liyatini yelkasida ko‘tarib chiqayotganlar, siz Ummatga sabru sabotingiz, qat’iyatingiz va ahd-paymoningiz bilan yetakchilik qilyapsiz. Aynan mana shu narsa sizni Ummatga amalda yetakchilik qilishga loyiq qilmoqda. Masala – qarshimizga qo‘yilgan to‘siqlarni ag‘darish masalasidir. Bu to‘siqlarga, Allohning tavfiqi va izni ila, albatta o‘z ta’sirimizni o‘tkazmog‘imiz va ularni parchalamog‘imiz shart.

 وَنُرِيدُ أَنْ نَمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ 

«Biz yer yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xor-bechoralikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz» [Qasas 5]

Bu albatta amalga oshajak ishdir, insha Alloh.

Roya gazetasining 2023 yil 1 mart chorshanba kungi 432-sonidan

Izohlar yo'q