بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yaqinda yuz bergan zilzila Islom Ummatidagi yaxshilikni ko‘rsatib, G‘arb va uning malaylarining yaroqsizligini fosh etmoqda
Ustoz Abdudali (Abu Munzir)
Hizb ut-Tahrirning Suriya
viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi
Shom ahli 2023 yil 6 fevral dushanba kuni sahar tongda Rixter shkalasi bo‘yicha 7.8 balli zilzila bilan uyg‘ondi. Turkiya janubi va Suriya shimolida yuz bergan va bir daqiqadan ziyod vaqt davom etgan bu zilzila ko‘plab hududlarda dahshatli vayronalarni, katta sonda halok bo‘lgan insonlarni qoldirdi… Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni ozod etilgan shimol hududlarida – ushbu maqola yozilayotgan paytga qadar – 3637 kishiga, jarohatlanganlar 7216 kishiga yetgan. Manbalarning hamda Fuqarolik Mudofaasining ma’lum qilishicha bu raqam ko‘payishi mumkin. Zilziladan yetti kun o‘tgandan keyin Fuqarolik Mudofaasi vayronalar ostidan omon qolganlarni qidirish ishlari yakunlanganini e’lon qildi. Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga shu paytgacha xorijiy yordam yetib kelgani yo‘q, xoh texnik yordam bo‘lsin, xoh boshqa.
Ha, ushbu zilzila hodisasi, qo‘zg‘olon yillari mobaynidagi boshqa bo‘lib o‘tgan hodisalar kabi, xalqaro hamjamiyatning ham, zararkunanda hukmdorlarning ham qo‘zg‘olon va uning ahlini naqadar yomon ko‘rishlarini fosh etdi. Dillaridagi adovatlari esa, yanada kattaroqdir. Masalan, shunday hodisa paytida shu paytga qadar boshimizga balo-musibatlar olib kelgan chegara o‘tish punktlarini yopish qarori chiqarildi… Ularning yopilishi zilzilalardan zarar ko‘rganlarga musulmonlar tomonidan berilgan yordamlarning yetib kelishiga to‘siq bo‘ldi. Bu zilzila, shuningdek, zararkunanda rejimlarning ushbu alamli hodisadan foydalanib, qonxo‘r rejim bilan munosabatlarni normallashtirishga shoshilayotganliklarini ham ochib tashladi. Bu haqiqatlar qo‘zg‘olon ahliga yaxshi ma’lum. Zero, ijtimoiy aloqa saytlari bu haqiqatlarni ifodalash uchun minbar vazifasini o‘tamoqda.
Sal kam ikki daqiqa juda ko‘p narsani namoyon qildi… Odamlar Allohning qudrati har narsaga qodirligini eslashdi. Shom ahlining yolg‘iz Allohdan yordam so‘rab, ulkan musibatlariga sabr qilganlaridan imon ularning qalblarida mustahkam ekanligi ko‘rindi.
Sal kam ikki daqiqa juda ko‘p haqiqatni ochilishi uchun kifoya qildi. Ummatning yaxshiliklarga boy ekanligi ana shu haqiqatlardan muhimi bo‘ldi. Vaholanki, G‘arb va uning dumlari uning bu yaxshiliklarini o‘chirishga uzoq yillab harakat qilgandi. Biroq, ular istamasalar-da, Alloh ushbu yaxshiliklarni namoyon etishni istadi va xalqning bir-biri bilan jipsligi, bir tanu-bir jonligi zilziladan keyingi bir necha kunning o‘zida aniq-ravshan ko‘zga tashlandi.
O‘tgan shu bir necha kun ichida qalblarda ulkan surur va umid uyg‘otuvchi ko‘p ishlar bo‘lib o‘tdi. Ummatning tirik-jonli ekanligi, hammalari bitta tananing a’zolari bo‘lib, bu a’zolardan biri kasallansa, qolganlari isitma va bedorlik bilan unga yordam berishga shoshilishi ko‘rindi.
Ikki daqiqaning o‘zi turk rejimining asl basharasi dushman bilan til biriktiruvchi basharaligini ko‘rsatishga yetarli bo‘ldi. Chunki u chegaralarini berkitib olib, yordamlarning Suriyaga o‘tishini kesib qo‘ydi. Hatto – chegaralarimizni yo‘lda yuz bergan hodisa sababli yopdik, deya yolg‘on gapirdi. Axir, Turkiyada vayronalar ostida halok bo‘lgan yuzlab birodarlarimizning jasadlarini shu chegaralardan olib kirildi-ku! Zero, bu yo‘llarni bir ish uchun ochishadi, boshqa bir ish uchun yopishadi, bundan tashqari, yordamlarning Suriyaga o‘tishiga ruxsat bermaslik to‘g‘risida qaror chiqarib, buni qo‘zg‘olonni qo‘llab-quvvatlovchi xalqdan o‘ch olish uchun qilishdi. Chunki turk rejimining qonxo‘r rejim bilan yarashish yo‘liga qarshi chiqqan ham mana shu xalq bo‘ldi. Xalqning ushbu navbatdagi pozitsiyasi uchun Alloh Subhanahuga hamd aytamiz. Toki, ajnabiylardan yordam umid qilayotganlar uchun ham, turk rejimi va uning til biriktirish jinoyatlarini xaspo‘shlab, olqishlayotganlar uchun ham uzr qolmasin.
Ikki daqiqa Suriyadagi hukumat-fraksiyalarning ahvolini fosh bo‘lishiga kifoya qildi. O‘tgan yillar ichida odamlarni qiynash, mol-mulklarini talash, terilarini shilish, soliq va to‘lovlar solishdan boshqa tashvishlari bo‘lmagan shu hukumat-fraksiyalar zilzila hodisasida ham qo‘l-qovushtirib turishdan boshqa narsa qilishmadi va asl basharalari tamoman fosh bo‘ldi. Nega ham fosh bo‘lmasin, axir, ular eng oddiy ishlarni ham qilishdan ojiz jonsiz predmetlar bo‘lib, fojia joylarini ziyorat qilishdan va suratlarga tushishdan boshqa narsaga yarashmaydi!
Jangchi guruh yetakchilariga kelsak, ular vaziyatdan shaxsiy manfaatlari uchun foydalanishdi. Ayniqsa, shu paytgacha davlatlar qo‘zg‘olonga qarshi to‘qigan yomon niyatdagi o‘yinlarda guruh yetakchilari bosh o‘yinchi bo‘lib ishtirok etishayotgani va qarorlarni bajaruvchi piyodalardan boshqa kimsa emasliklari xalqqa fosh bo‘la boshladi. Bu xoin yetakchilar Harim va Jandaris kabi ko‘plab shaharlarda o‘zlariga qayta qonuniylik qiyofasini berishga urinishdi.
Zilzilaning ikki daqiqasi davlatlar va tashkilotlarning asl basharasini fosh etishga kifoya qildi. Masalan, BMT yordamlarni to‘xtatib, kiritmadi. Seshanba kuni, ya’ni fojiadan bir kun o‘tib bu tashkilotning rasmiy xodimasi «Tashkilotning Suriya shimoliga taqdim etuvchi tezkor yordamlari vaqtinchalik to‘xtatilgan»ini, ya’ni bu vaqt ichida odamlarning o‘lib bo‘lganiga ishonch hosil qilgunlariga qadar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Odamlarning qattiq bosimidan so‘ng va bir necha kun o‘tgandan keyingina yordamlar kirdi. Kirgan yordamlar ham zilziladan oldin yuborilgan va ichida tozalash vositalaridan boshqa narsa bo‘lmagan karvon bo‘ldi, xolos!
Bu ikki daqiqa ushbu tashkilotlarning naqadar tubanligini ko‘rsatishga yetarli bo‘ldi. Darhaqiqat, odamlarga yordam berish uchun emas, balki ularning azob-uqbatlaridan foydalanish uchun katta professionallik bilan ishlayotgan tashkilotlar ekani ko‘rindi. Ularning ko‘pchiligi ommaviy axborot vositalaridan hatto odamlarning alam va musibatlari hisobiga foydalanishdi. Joylarga tez yetib borib, tasvirga tushirib qolishga shoshilishdi, hatto halokatdan shaxsiy yutuqlari uchun foydalanib, bunga odamlarning qiyinchiligiga yordam berish, degan narsani niqob qilib olishdi.
Bizning Shom qo‘zg‘oloni ahliga aytar so‘zimiz shuki, bu sinov ne’mati uchun Allohga hamd bo‘lsin, Alloh Subhanahu hozirlik ko‘rayotganingiz buyuk ish uchun o‘z bandalari ichida sizni tanladi va shuning uchun ham fitnayu imtihonlarning ustma-ust kelayotganini ko‘ryapsiz… Bas, sabr-sabr! Chunki bu Allohning bandalariga yuborgan qonunidir. Rosululloh ﷺdan «eng qattiq sinaluvchi insonlar kimlar?», deb so‘rashganida bunday deb javob qilganlar:
«أَشَدُّ النَّاسِ بَلَاءً الْأَنْبِيَاءُ، ثُمَّ الْأَمْثَلُ فَالْأَمْثَلُ، يُبْتَلَى الرَّجُلُ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَإِنْ كَانَ دِينُهُ صُلْباً اشْتَدَّ بَلَاؤُهُ، وَإِنْ كَانَ فِي دِينِهِ رِقَّةٌ ابْتُلِيَ عَلَى حَسَبِ دِينِهِ، فَمَا يَبْرَحُ الْبَلَاءُ بِالْعَبْدِ حَتَّى يَتْرُكَهُ يَمْشِي عَلَى الْأَرْضِ مَا عَلَيْهِ خَطِيئَةٌ»
«Eng qattiq sinovga yuz tutadiganlar – payg‘ambarlardir. Keyin eng yaxshi kishilar va yanada yaxshilaridir. Kishi diniga qarab sinaladi. Agar dinida mustahkam bo‘lsa, unga sinov qattiq keladi. Agar diniga zaif amal qilsa, shu zaifligiga qarab sinaladi. Sinov bandani to yer yuzida hech bir xatosiz yuradigan bo‘lguniga qadar tark etmaydi». (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati). Shunday ekan, Allohning bu ishiga ham sabr qiling va kelayotgan ko‘p xayr ishlarni kutib turing.
Bas, Allohning qudrati va nusratiga chuqur ishonchda bo‘laylik. Chunki vaqt yolg‘iz Allohning arqonini ushlash hamda faqatgina Undan yordam so‘rab, Uning amriga itoat qilish vaqtidir. Ana shundagina maqsadlarimizga yetamiz va maqsadlarimizning asosiysi anavi qonxo‘r rejimni dastur-qonunlari, shaxslari va ustunlari bilan qo‘shib tagidan yiqitish va xarobalari uzra Islom hokimiyatini barpo etishdir.
Roya gazetasining 2023 yil 15 fevral chorshanba kungi 430-sonidan