Arab davlatlari ligasining delegatsiyasi Damashqqa keldi

0
174

Arab davlatlari ligasining delegatsiyasi Damashqqa keldi

Arab davlatlari ligasi o‘z delegatsiyasini Bashar Asad rejimini qonuniylashtirish uchun Damashqqa yubordi. Bu haqida “Suriya Prezidentligi”ning rasmiy Telegram kanalida tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi. Bayonotda aytilishicha, mazkur delegatsiya tarkibidagi to‘qqizta arab davlatidan kelgan deputatlar Asad rejimi boshchiligidagi Suriyani Arab davlatlari ligasiga qayta qo‘shish masalasini muhokama qilish uchun Damashqqa tashrif buyurgan.

Ma’lumki, BMTning AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 2254 sonli qarori asosida Asadga qonuniy tus berilgan bo‘lib, u shu qarorga binoan rasmiy yetakchi sifatida tan olinadi. BMTning ushbu qaroriga muvofiq harakat qilayotganini ifoda etgan Turkiya hukumati ham, Asad bilan munosabatlarini qonuniy deya ta’kidlay boshladi.

Izoh: 22 davlatni o‘z ichiga olgan Arab davlatlari ligasi Angliya tarafidan vujudga keltirilgani barchaga ma’lum. Bu liga Xalifalik davlati qulatilgandan keyin musulmonlarning qayta birlashib ketishini oldini olish hamda Muqaddas tuproqqa o‘rnashtirib qo‘yilgan yahudiy vujudini mustahkamlash va uni arab davlatlari o‘rtasida kuchli qilib ko‘rsatish uchun ta’sis etilgan muassasadir. U bugungi kunda o‘zining har-bir harakat va faoliyatini AQSH qanday chizib bergan bo‘lsa, xuddi shunday mukammal tarzda ijro etmoqda. Unga a’zo davlatlarni jamlab turgan narsa liga emas, balki malaylikdir.

Eslatib o‘tish lozimki, 2011 yil o‘z haq-huquqini talab qilib chiqqan tinch aholini qirg‘in qilgan Asad rejimi Arab davlatlari ligasidan chetlashtirilgan edi. Hatto Qohirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mazkur Liga Suriyada qo‘llangan kimyoviy hujum mas’uliyatini to‘liq Asad rejimiga yuklab, uni xalqaro mahkamaga topshirishni talab qilgan edi.

Bugunga kelib nima o‘zgardi-ki, Arab davlatlari uni qayta ligaga qo‘shish uchun harakatga kelib qoldi? Vaholangki, Asad rejimi hamon o‘z xalqini qirg‘in qilishda davom etmoqda. Hatto Suriya xalqi zilziladan jabr ko‘rib turgan paytda ham Asad rejimi aynan o‘sha jabrdiydalarni hujumga tutdi. Bu haqida Suriya inson haqlari observatoriyasi ma’lum qildi.

Mana shundan ma’lum bo‘lib turibdiki, Arab davlatlari ligasining birdan-bir vazifasi mustamlakachi davlat tomonidan rejalashtirilgan loyihani qoyilmaqom qilib bajarishdir. Bu liganing ustaviga ko‘ra, har qanday Islomiy o‘lkalarning mustaqilligi tan olinishi shart. Ular orasida birlik bo‘lishi amaliy jihatdan taqiqlanadi. Ustavga ko‘ra har bir davlat har qanday uzoqda joylashgan davlat bilan – garchi u davlat liganing biror a’zosiga dushman bo‘lsa ham – kuchli aloqalar o‘rnatish huquqiga ega. Bu esa, Islomiy o‘lkalarni yana-da parchalab tashlash, musulmonlarning birligiga zarba berish va ularni mustamlakachi kofirlarga qaramligini kuchaytirishdan boshqa narsa emas.

Shunga ko‘ra, Arab davlatlari ligasi va shunga o‘xshash musulmonlarni parchalash va Islomiy o‘lkalarda musulmonlarning nufuzini kuchaytirishga xizmat qiladigan muassasalar Islomiy shariat nuqtai nazaridan qaralganda botildir. Ularni hayotdan supurib tashlaydigan va ellikdan ortiq davlatchalarga bo‘lib tashlangan Islom o‘lkalarini bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilish har bir musulmonning vazifasidir.

Zohid Zargar

Izohlar yo'q