YUNISЕF tashkiloti yurtimizda o‘z zahrini sochmoqda… Kim uni tiyib qo‘yadi?!

201
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

YUNISЕF tashkiloti yurtimizda o‘z zahrini sochmoqda…

Kim uni tiyib qo‘yadi?!

Ustoz Abdulxoliq Ebdun Aliy

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi

matbuot bo‘limi a’zosi

Sudan davlati o‘tgan-ketganga tizginini beraveradigan bebosh biyaga o‘xshab qoldi. Birovlar uning shaxsiy va eng muhim ishlariga ham burnini suqmoqda.

https://alahdonline.net/ veb-saytida «YUNISЕF o‘rta maktabning boshlang‘ich bosqichiga millionlab dollar to‘kmoqda» sarlavhali xabar nashr qilindi. Xabarda bunday deyilgan: «BMT rasmiysining ma’lum qilishicha, YUNISЕF boshlang‘ich bosqichdan 5 million o‘quvchiga grant berishni boshlagan. Bu Sudanning 11dan ortiq viloyatlarini o‘z ichiga olib, 4 million 500 ming dollarni tashkil qildi va har bir o‘quvchiga 1 dollardan to‘g‘ri keldi».

https://www.assayha.net/ning xabariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalariga gapirish huquqiga ega bo‘lmagani uchun o‘z ismini ochiqlamaslikni afzal bilgan ushbu BMT rasmiysining izohlashicha, Xartum, Qazorif, Jazira, Shimoliy Kordofan, Oq Nil viloyatlari maktablari grant olish uchun blankalarni to‘ldirgan, boshqalari esa allaqachon olib bo‘lgan.

Ayni manbaga ko‘ra, «YUNISЕF tashkiloti grant berayotgan 11 viloyat Xartum, Oq Nil, Moviy Nil, Qazorif, Kassala, Jazira, Shimoliy Kordofan, Janubiy Kordofan, G‘arbiy Kordofan, Shimoliy Darfur va Sinnor viloyatlarini tashkil qiladi. Grant berishning birinchi turi Xartum, Oq Nil, Qazorif, Kassala va Shimoliy Kordofandan boshlanib, hamon davom etmoqda. Maxsus guruhlar mazkur viloyatlarda o‘quvchilarni sanab chiqish uchun maktablar direktorlariga so‘rovnomalar tarqatish bilan shug‘ullanmoqda. Yuqorida qayd etilgan mablag‘ maktab ma’muriyatlari tarafidan o‘quv jarayoni uchun jihozlar xarid qilishga ishlatilishi mumkin».

Agar Sudan davlatida ishlarni g‘amxo‘rlik bilan boshqarish degan narsa mavjud bo‘lganda edi, bunday shubha ostidagi tashkilot o‘quvchilarga yordam berishga aralashmagan bo‘lardi. Chunki bu ahvoldagi davlat bir kun ham hukm yuritishga loyiq emas. Agar bizning Islomga asoslangan mabdaiy davlatimiz bo‘lganda edi, bunday jinoyatkor aralashuvlarni yo‘q qilgan bo‘lur edi.

https://www.almashhad-alyemeni.com/ veb-sayti 2021 yil 19 noyabrda bunday xabar nashr qilgan:

«BMTning YUNISЕF bolalar jamg‘armasi arab davlatlari bolalari orasida gomoseksualizm va buzuqlikni tarqatgani uchun xalqning kuchli g‘azabiga uchradi. Tashkilot bir bolakayning suratini va LGBT bayrog‘ini chop etib, «bu bola LGBTdan», deb yozgan hamda arab bolalarini ayni bolakayni gomoseksualizm tarafdori sifatida qo‘llab-quvvatlashlariga chaqirgan. Bolakayning surati yoniga tashkilot tomonidan bunday deb yozilgan: «Bu 16 yoshli Xuayri Xuluxan, LGBTning Irlandiyadagi faoli, bolalar huquqi tarafdori… Bu yilgi umumjahon bolalarni himoya qilish kunida Xuayriga yuzlan va bolalarni himoya qilish tarafdorlari bo‘lgan boshqa tengdoshlaring bilan tinish».

2017 yil 7 aprelda Al-Jazira net bunday xabar nashr qilgan:

«Yaman ta’lim vaziri Abdulloh Lamlasning ma’lum qilishicha, YUNISЕF qonuniy hukumat bilan vazirlikning Adan va Mukalla shaharlaridagi bosmaxonalarda maktab kitoblarini chop etishni moliyalashtirishdan bosh tortdi. Biroq, San’oda o‘quv dasturlarini chop etish uchun Husiylarni 1000 tonna qog‘oz va kitob bilan ta’minladi. Bu kitoblar ta’lim programmalarini mazhabparastlik asosida o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Vazirlikka ko‘ra, Husiylar ta’lim programmalarini o‘zgartirishga urinishdi, lekin bir yoki ikki yilda buni uddasidan chiqishlari qiyin bo‘ldi. Ana shunda eng oson yo‘lini, ya’ni Qur’on oyatlari va hadisi shariflarni ma’lum sahifalardan olib tashlash yo‘lini topishdi. Misol uchun, shams va nur suralarini hamda Oisha onamizga tuhmat qilish voqeasini kitoblardan olib tashlashdi. Sahobalarning nomlarini, asosan, Abu Bakr, Umar va Usmonning nomlarini ham adabiyotlardan yo‘q qilishdi».

2020 yil 12 aprelda Arabiya net saytida bunday xabar chiqqan:

«Eron oliy rahbari Ali Homeneiyning inqilobiy gvardiyasi Quddus kuchlari vakili YUNISЕFni Erondagi oilaviy jamiyatni parchalash maqsadida shubhali rejalarni amalga oshirayotganlikda aybladi.

«YUNISЕFning Erondagi vazifalaridan biri eronliklarning hayot tarzini g‘arbcha turmush tarziga o‘zgartirishdir», deydi Ali Sheroziy «Tasnim» Eron axborot agentligida nashr qilingan o‘z maqolasida. Uning ta’kidlashicha, «BMT o‘z budjetini AQSH xalqaro taraqqiyot agentligidan oladi va shu orqali Eronda o‘z dasturlarini amalga oshirishga urinmoqda». Shundan kelib chiqib, Sheroziy YUNISЕFni «G‘arbni targ‘ib qilishda hamda bolalar huquqlari degan chiroyli nom ostida bolalar ongiga G‘arb qadriyatlarini singdirayotganlik»da aybladi. U «YUNISЕF AQSHning xizmatkori bo‘lib, G‘arb saqofatini mustahkamlashdan o‘zga maqsadi yo‘q», dedi. G‘arbning mana shunday niyatlariga qarshi turishga chaqirar ekan, Sheroziy jumladan bunday dedi: «biz G‘arb qadriyatlarini himoya qiluvchi Xalqaro tashkilotlarning Eron Islom Respublikasida o‘zining yovuz maqsadlarini bizning qo‘limiz bilan xavfsiz ravishda amalga oshirishga qaratilgan har qanday aralashuviga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak»».

Alloh haqqi ayting, nega siz Sudan ahli G‘arb tashkilotlarining 98 % aholisi musulmon bo‘lgan yurtingizga kirib kelib, o‘quvchilaringiz qobiliyati bilan ishlashlariga hamda miyalariga LGBT huquqlarini singdirishlariga va sahobalarning siymolarini buzib ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yyapsiz?!

Sudan davlatining bunday buzg‘unchi tashkilot tomonidan mana shunday ochiq aralashuvga sukut qilayotganligi, hatto o‘quvchilarga pul tarqatishiga qo‘yib berganligi juda-juda xatarli ishdir. Ayniqsa, bu tashkilot qora tarixga ega bo‘lib, o‘quvchi bolalar va qizlar orasiga G‘arbning bachchavozlik va buzuqlikdan iborat saqofatini yoyishga harakat qilayotgan bir paytda, hukumat o‘z zalolatidan boshi chiqmayapti va jigargo‘shalarimizga nimalar bo‘lishi mumkinligiga parvo ham qilmayapti. Vaholanki, hukumat mazkur qilmishlarni rad etishi kerak edi. Chunki oxir oqibat ular buzuqlik va tanazzulning keng yoyilishiga olib keladi. Shuningdek, bu kabi tashkilotlarni Sudandan quvib solish ham kerak edi. Xullas, YUNISЕF va boshqa tashkilotlarni yo‘q qilish uchun yagona tub yechim ortida turib jang qilinadigan va u bilan himoyalaniladigan Xalifalikni barpo etish bilan bo‘ladi. Ushbu Xalifalikkina yurtu fuqaroni ana shunday shubhali tashkilotlar aralashuvidan himoya qiladi.

Roya gazetasining 2023 yil 8 fevral chorshanba kungi 429-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.