Falastin muammosini faqat Islom hal qiladi

103
0

Falastin muammosini faqat Islom hal qiladi

Iordaniyaning Aqaba shahrida Iordaniya Qirolligining chaqirig‘i bilan Falastin delegatsiyasi va (Isroil) rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. (Isroil)lik rasmiyning aytishicha, mazkur uchrashuv AQSHning talabi bilan o‘tkazilgan.

Xabarlarga ko‘ra, AQSH, Misr va Iordaniyadan vakillar qatnashgan ushbu uchrashuv Falastin va (Isroil) o‘rtasida o‘zaro bitim tuzish bilan yakunlangan. Uchrashuvdan so‘ng Iordaniya hukumati tomonidan berilgan bayonotda, kelishilgan masalalarning tafsilotlari haqida ma’lumot berildi. Bayonotda aytilishicha, yahud vujudi ham, Falastin ma’muriyati ham, o‘tmishda imzolangan kelishuvlarga amal qilish va “adolatli va doimiy tinchlik” uchun harakat qilishga va’da bergan.

Ma’lumki, (Isroil) kuchlari Janinda uyushtirgan qirg‘indan so‘ng Falastin prezidenti Mahmud Abbos barcha muzokaralarni to‘xtatganini e’lon qilgan edi. Biroq AQSHdan ko‘rsatma kelishi bilan Abbosning qarorlari bekor qilindi.

Izoh: yahudlar qachon bergan va’dasida turganki, endi Mahmud Abbosga bergan “mustahkam tinchlik” va’dasiga amal qilsa! Ular na ahdga va na burchga boqadilar. Mana shu uchrashuvda ham yahud rasmiylari uchrashuvda “mustahkam tinchlik uchun harakat qilish”ga va’da berishi ortidanoq, Falastinda (Isroil)ning bosqinchi kuchlari Nablus janubidagi Huvara shahriga bostirib kirib, bir kishini o‘ldirdi, 100 kishini jarohatladi, o‘nlab uylar, ish joylari va mashinalarni yoqib yubordi. Bosqinchi sionistlarning bu jinoyatlari ularning “tinchlik” deganda, nimani nazarda tutishini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Qolaversa, Mahmud Abbosning dardi ham Falastin ahlining tinchligi emas. U AQSHning “ikki davlatlik” yechimiga bog‘likligi hamda mintaqada va Falastinda «terrorizmga qarshi kurash» niqobi ostida Islomga qarshi kurashni davom ettirishi bilan o‘zining AQSHga sodiqlignini ko‘rsatib kelmoqda.

Shuni unutmaslik kerakki, Falastin muammosi falastinliklar muammosi yoki milliy muammo emas, balki Islomiy muammodir, ya’ni butun Islom Ummatining muammosidir. Shuning uchun Islomga butunlay aloqasi bo‘lmagan Falastin rasmiylari va (Isroil) o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bilan yoki BMT kabi kufr tashkilotlaridan yordam so‘rash bilan, Arab davlatlari ligasining qarorlar qabul qilishi bilan yoxud AQSH olg‘a surib kelayotgan “ikki davlatlik” yechimi bilan bu muammo hal bo‘lmaydi. U faqat Islomning o‘zi bilangina hal bo‘ladi. Chunki Falastindagi kurashning asl-asosi Islomiy aqidaga bog‘liqdir.

Shunday ekan, bu muammo faqat va faqat Aqida asosida hal qilinadi. Hozirgi kunda Islom shariatini tatbiq qiladigan va Islom Aqidasini butun dunyoga yoyadigan davlat yo‘qligi uchun bunday muammolar ko‘paygan sari ko‘payib bormoqda. Demak, ushbu va shunga o‘xshash muammolarni tubdan hal qiladigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilish butun musulmonlarning vazifasidir. Toki, butun yer yuzida adolat qaror topsin!

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.