Mintaqaviy iqtisodiy uyushmalar va aksar islomiy yurtlarda ularning mavjud emasligi

111
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mintaqaviy iqtisodiy uyushmalar va aksar islomiy yurtlarda ularning mavjud emasligi

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy

Dunyoda materializm hamda tovar va xizmatlarga nisbatan cheksiz ehtiyoj hukm surayotgan bir vaziyatda mamlakatlar keng ochiq bozorlar va turli tovar va xizmatlarning qulay oqimini izlamoqda. Bojxona va soliq to‘lovlari olib tashlangan bozorlarni qidirib, xorijiy valyutalarni jalb qilishga va barqaror valyutalarni to‘kishga intilmoqda. Dunyodagi vaziyat shunday holatda ekan, bitta mintaqada joylashgan davlatlar mazkur maqsadlarga erishish uchun bitta iqtisodiy uyushmada hamkorlik qilishga intilishmoqda. Zero, iqtisodiy integratsiya darajasiga erishish uchun savdoni osonlashtiruvchi bir qancha yo‘llari mavjud. Bu bilan ma’lum bir darajadagi iqtisodiy quvvatga erishiladi. Lekin bitta davlatning o‘zi ushbu uyushmalarga a’zo bo‘lmasdan turib, bunga erisha olmaydi.

Dunyoda bugungi kunda mazkur talablarga erishishga harakat qilayotgan o‘ndan ortiq savdo va iqtisodiy uyushmalar mavjud. Ulardan ba’zilari ushbu uyushmalarga aloqador davlatlarning iqtisodiy darajasini ko‘tarish orqali real muvaffaqiyatga erishdilar. Ulardan ba’zilari esa, ma’lum sabablarga ko‘ra maqsadiga erisha olmadilar va bu maqsadlarni aytib o‘tamiz.

Bugungi kunda dunyoda mavjud mintaqaviy iqtisodiy uyushmalarni o‘ntaga cheklash mumkin. Ulardan muvaffaqiyatga erishganlari beshta:

1 – Yevropa Ittifoqi: Bugun bu Ittifoq tarkibida 27 davlat mavjud bo‘lib, ulardan 19tasi Shengen hududiga a’zo va bitta valyuta-yevro bilan muomala qiladi. Shengen hududiga tashqaridan kirgan musofirlar barchasi bitta viza bilan yuradi, shaxs va tovarlar hech qanday to‘siqsiz to‘liq erkin va butunlay qulaylashtirilgan holda hudud ichida harakat qiladi.

Yevropa Ittifoqi o‘tgan asrning elliginchi yillari Fransiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va Luksemburgdan iborat yetti davlat bilan o‘z tamal toshini qo‘ydi. O‘shanda dastlab ko‘mir va temir bozorlari birlashdi. Keyin esa bu bozor barcha tovarlar uchun umumiy Yevropa bozoriga aylandi. Keyin bozorga Ispaniya, Portugaliya, Irlandiya va Britaniya kabi G‘arbiy Yevropadagi qolgan davlatlar kirdi. So‘ng Vengriya, Polsha, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya va Slovakiya kabi Sharqiy Yevropa davlatlarining kirishi bilan bozor yanada kengaydi va hamon kengayishda davom etmoqda.

Maastrixt konvensiyasi imzolangandan keyin 1992 yil bozor Yevropa Ittifoqiga aylandi va uning sharofati bilan Yevropa aholisi 500 milliondan ortiq bo‘lgan dunyodagi eng katta bozorga ega bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi turli millatlar va o‘z ichidagi turli tillar muammosini yengishga muvaffaq bo‘ldi, natijada, u bugungi kunda Ittifoq doirasida yevropaliklar so‘zlashadigan yigirma to‘rtta rasmiy til tan olindi.

Ittifoq a’zo davlatlarning savdo va iqtisodiy jihatlarini rivojlantirish bilangina kifoyalanmadi, balki federal siyosiy jihatlariga katta imkoniyat berdi. Buning uchun o‘z davlatlarini tashqi siyosati birligini nazorat qiluvchi bosh komissiya tuzdi. Shuningdek, o‘z a’zolari tomonidan saylangan bitta parlament tuzib, federal sudlarni yaratdi va shu sudlar orqali a’zo davlatlarning barchasi amal qilish majburiy bo‘lgan qonunlar ishlab chiqdi.

Biroq, ushbu siyosiy va huquqiy jihatlar Ittifoqning Fransiya, Germaniya va Britaniya kabi yirik davlatlari o‘rtasida ba’zi to‘siq va janjallarni keltirib chiqardi va bu davlatlar Ittifoqdan siyosiy mustaqil bo‘lishni istashdi, o‘z navbatida, bu Britaniyaning Ittifoqdan chiqishiga hamda Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya davlatlari o‘rtasida ba’zi muammolar va janjallar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

2 – NAFTA (Shimoliy Amerika erkin savdo hududi): Bu uch davlat-AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasida erkin savdo olib borish shartnomasidir. 1993 yil tashkil topgan NAFTA aholi soni 450 milliondan ortiq uchta davlat o‘rtasida hech qanday to‘siqsiz erkin savdo olib borish bilan bog‘liqdir. Ammo Yevropa Ittifoqidan farqli o‘laroq, NAFTAda siyosiy jihatlarga o‘rin yo‘q, balki Yevropa Ittifoqining ustunligiga sabab ham shu bo‘lsa kerak.

3 – ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi): Uyushma o‘nta davlatdan, ya’ni Indoneziya, Malayziya, Bruney, Tayland, Singapur, Vetnam, Laos, Kambodja, Filippin va Myanmadan tashkil topgan. U 1976 yilda tashkil topganligi e’tiboridan eng qadimgi iqtisodiy uyushma hamda ushbu davlatlarning sof tijorat va samarali uyushmasi hisoblanadi. U allaqachon o‘zining iqtisodiy darajasini sezilarli sifatli sakrash orqala ko‘tarib, uni rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

4 – MЕRKOSUR: Bu Lotin Amerikasidagi Janubiy davlatlarining iqtisodiy uyushmasi bo‘lib, Braziliya, Argentina, Urugvay, Paragvay, Chili, Peru, Boliviya, Kolumbiya, Venesuela va Ekvadordan iborat o‘nta davlatni o‘z ichiga oladi. 1991 yil tashkil topgan ushbu uyushma dunyoda eng tez rivojlangan uyushma hisoblanadi.

5 – Arikom: Bu uyushma Karib dengizi mintaqasi mamlakatlari uchun umumiy bozor bo‘lib, 12ta davlatni o‘z ichiga oladi. Bu davlatlar Gaiti, Yamayka, Grenada, Surinam doxil rivojlanayotgan davlatlar va boshqa kichik davlatlardir. Uyushma ayni davlatlarga o‘z iqtisodlarini yaxshilashga ular kichik davlatlar bo‘lgani uchun nisbatan yordam berdi. Biroq, ularning ayni uyushma ichida bo‘lishlari, xuddi boshqa kichik davlatlarda bo‘lgani kabi qashshoqlikning ortishi va ishsizlikning keng taqalishidan ma’lum darajada qutulishlariga yordam berdi.

Muvaffaqiyatsiz yoki zaif iqtisodiy uyushmalarga kelsak, ular quyidagilardan iborat:

1 – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi: 2014 yil tashkil topgan. Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston davlatlarini o‘z ichiga olgan bu ittifoqning muvaffaqiyatsizligiga ularning ustidan Rossiyaning gegemonlik qilishi va qolgan davlatlar Rossiyaga deyarli mutlaqo tobe-malay bo‘lganliklari sababdir.

2 – Har tomonlama mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik: Uning tashkil etilishi 2020 yilda e’lon qilingan bo‘lib, a’zolari 15 davlatdan iborat. Ulardan o‘ntasi ASEAN uyushmasidan va qolgan beshtasi Xitoy, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyani tashkil qiladi. Bu uyushmaning muvaffaqiyatsizligiga sabab unda katta davlatlar va rivojlangan davlatlarning borligi hamda ularning manfaatlari va siyosiy loyihalarining bir-biriga zidligidir. Masalan, Xitoy o‘zining kuchli iqtisodiyoti bilan uyushmaga hukmron bo‘lishga urinadi. Biroq bir tomondan Xitoy, ikkinchi tomondan Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi raqobat uyushmaning muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘ldi.

3 – G‘arbiy Afrika davlatlarining ECOWAS uyushmasi: Bu uyushma 1975 yil boshida o‘z mamlakatlari o‘rtasida umumiy bozor bo‘lib xizmat qildi. U avvalda Britaniyaga tobe Nigeriya, Gvineya, Gama, Gambiya va Serra-Leonedan iborat oltita davlat bilan yaxshi ishlar qildi va qisman muvaffaqiyat qozondi. Keyin Fransiya bu uyushmaga Mali, Senegal va boshqa o‘ziga tobe davlatlarni kiritdi va unga a’zo davlatlar o‘n beshtaga yetib, hammasining aholisi soni 350 millionni tashkil qildi. Keyin Fransiya amaldagi britan eko valyutasi yoniga o‘ziga tobe Afrika frankini uyushmaga kiritishga urindi. Oqibatda ikki guruh o‘rtasida nizo chiqdi va siyosiy jihat ustun kelib, uyushma muvaffaqiyatsiz siyosiy uyushmaga aylandi hamda savdo, iqtisod jihatidan zaif ahvolga keldi.

4 – EAC (Sharqiy Afrika uyushmasi): Bu 2010 yilda tashkil topgan zamonaviy umumiy bozor bo‘lib, Sharqiy Afrikaning yetti davlatidan tashkil topgan. Ular Keniya, Tanzaniya, Uganda, Burundi, Ruanda, Kongo va Janubiy Sudandan iborat. Aftidan, bu uyushmaning muvaffaqiyatsizligiga Kongo va Janubiy Sudanda fuqarolik urushi kelib chiqqanligi va iqtisodlarining bir-biriga uyg‘un emasligi sabab bo‘lgan ko‘rinadi.

5 – SADC (Janubiy Afrika taraqqiyoti hamjamiyati): Bu uyushma 1992 yil Angola, Batsvana, Malavi, Mozambik, Tanzaniya, Zambiya, Zimbabve, Lesota va Estvatini doxil to‘qqiz davlatdan tashkil topgan. Bu davlatlarning ba’zilari boshqa bir davlatlar ichida izolyatsiyada qolgan. Uyushma ayni davlatlarning iqtisodiy holatini ko‘tarishga va ularni g‘oyat qashshoqlikdan qutqarishga muvaffaq bo‘lolmadi.

Dunyodagi mavjud mintaqaviy iqtisodiy uyushmalarning asosiylari mana shular. Bu kabi uyushmalarda islomiy yurtlarning aksari, masalan arab davlatlari, Pokiston, Bangladesh, Turkiya va Eron kabilar yo‘q bo‘lib, ular o‘zlariga biror uyushma ta’sis etishga muvaffaq bo‘lolmaganlar va bu narsa ularning kuch-qudratining pasayishiga va boshqa davlatga tobe bo‘lishiga olib kelgan.

Roya gazetasining 2022 yil 18 yanvar chorshanba kungi 426-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.