Aynan kapitalistik tuzum dunyo baxtsizligining sababchisidir

109
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Aynan kapitalistik tuzum dunyo baxtsizligining sababchisidir

Darhaqiqat, kapitalistik yirik davlatlar dunyoda yakkahokimlik qilishni boshlagandan buyon butun dunyo baxtsizlikda qoldi. Chunki kapitalizm mafkurasini amalga oshirishning yo‘li bo‘lgan mustamlakachilik sababli bu baxtsizlik yanada kuchaydi. Mudom, yirik davlatlar dunyoga gegemonlik qilib, nufuz ustida bir-birlari bilan kurashaverar ekanlar, mustamlakachilik har rangda va turdi bo‘lmasin davom etaverar ekan, olam baxtsizlikda davom etaveradi. Ummat bu badbaxtlikdan faqat va faqat kapitalistik sistemani dunyodan supurib tashlash bilangina xalos bo‘ladi.

Bunga Islomdan boshqasi qodir emas. Hatto yolg‘iz Islomgina mustamlakachilikni yo‘q qilishga qodirdir… Yolg‘iz Islomgina kapitalizm mafkurasini uni qabul qilganlar qalbidan o‘chirib, Islomni koinot, inson va hayot haqidagi umumiy mafkura sifatida yoritib berish orqali bu tuzumni vayron qilishga qodirdir. Toki, barcha xalq va ummatlar shu mafkurani olsinlar, shu mafkura butun davlatlar o‘rtasida bahs-munozara o‘rniga aylansin. Buni amalga oshirishning esa, to xalqaro maydonda kuchli Islomiy Davlat bo‘lsagina imkon bo‘ladi.

Shu sababdan, dunyoga bir necha asrdan buyon tug‘yon qilayotgan yovuz kapitalizmga chek qo‘yish va bunga qodir davlatni barpo etish shartdir. Ogoh bo‘lingki, bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati bo‘lib, u Islom va musulmonlarni yomon ko‘ruvchilarning makrini Alloh Taoloning ushbu kalomiga muvofiq o‘zlariga qaytarib uradi:

وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ اللَّهُ وَاللَّهُ خَيْرُ الْمَاكِرِينَ

«(Ular) makr qilurlar, Alloh ham (ularga) «makr» qilur, Alloh makr qiluvchilarning ustasidir» [Anfol 30]

Roya gazetasining 2022 yil 25 yanvar chorshanba kungi 427-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.