Qirg‘izistondagi yoshlarning 89 foizi xorijga ketishni xohlaydi

153
0

Qirg‘izistondagi yoshlarning 89 foizi xorijga ketishni xohlaydi

Qirg‘iziston yoshlarining 89 foizi ishlash yoki ta’lim olish uchun xorijga ketishni xohlashadi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada ma’lum bo‘ldi. 5 yanvar kuni “Qirg‘izistondagi yoshlarning 2022 yildagi farovonlik va rivojlanish indeksi” nomli so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, unda ishtirok etgan yoshlarning 13,3 foizi muhojirlikdan keyin Qirg‘izistonga qaytishni rejalashtirmaganligini bildirgan. Yoshlardan 30 foizi o‘zlari yoki ularning oila a’zolari allaqachon mehnat migratsiyasida bo‘lganliklarini aytishgan. So‘rovda Qirg‘izistonning barcha viloyatlaridan 14-28 yoshdagi yigit va qizlar ishtirok etdi.

Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, kelajak avlod vakillari mamlakat kelajagidan umidini uzgan. So‘rovda ta’lim va immigratsiya mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Yoshlarning xorijda ta’lim olishga intilishining asosiy sababi, boshlang‘ich maktab yoshidanoq ularga G‘arb saqofatining o‘rgatilishidir. Aniqrog‘i, kapitalistik mabdaga oid mafkura tarix, qonun, adabiyot va til o‘rgatiladi. Natijada ular Ibn Kasir, Ibn Is’hoq, Ibn Hishomning tarix kitoblari emas, balki demokratlar va sotsialistlarning tarixidan ta’sirlanadigan bo‘lishdi. Ular qiyomat kunigacha har bir muammoga yechim beradigan keng qamrovli Islom fiqhidan bexabar qolib, erkinlik niqobi ostidagi demokratiya bayrog‘ini ko‘taradigan bo‘lishdi. Payg‘ambarlar, Sahobalar va musulmonlar jasoratini aks ettiruvchi adabiyotlarni emas, balki fasod tarqatuvchi G‘arb adabiyotlarini o‘qitishga majbur bo‘lishdi. Shuningdek, Qur’on tili bo‘lmish arab tilidan uzoqlashib, G‘arbni saqofatini yoyish quroli bo‘lgan ingliz tiliga yopishadigan bo‘ldilar. Qolaversa, ko‘pchilik bolalar ta’lim oladigan davlat maktablarida ta’lim sifatiga rioya qilinmaydi, o‘qituvchilarning maoshi juda past, maktablarning texnik infratuzilmasi nochor ahvolda. Bir hovuch kapitalistlarning farzandlari sifatli xususiy maktablarda o‘qib, G‘arb saqofatidan chuqur bilim olishadi va xorijiy universitetlarda o‘qishni davom ettirishadi. So‘ng ular mamlakatimizga ilmiy kashfiyotlar yoki ixtirolarni emas, balki demokratik Sakofatni olib kirishadi. Sakofat esa, har qanday jamiyatni mustamlaka qilishda muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham bugungi yoshlar G‘arbga ta’lim olish uchun borishni, u yerda yashashni yutuq deb biladigan bo‘lib qoldi.

Chet elga safar qilish masalasiga kelsak, mamlakatdagi bir hovuch kapitalistlar hokimiyat va daromad keltiradigan tamoqlarni egallab olishgan. Ular o‘zlarini aholini munosib ish bilan ta’minlashdan mas’ul deb bilmaydilar. Xalqning ahvolini faqat saylov paytida eslashadi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholini munosib ish bilan ta’minlash xizmatidagi 1 ta bo‘sh ish o‘rniga 28 nafar kishi hujjat topshirgan. Shu bilan birga, So‘rovda ishtirok etganlarning 72,8 foizi ishsizlikni hozirgi kundagi eng dolzarb muammo deb hisoblagan. Statistikalar davlatdagi haqiqiy ishsizlik vaziyatini aks ettirmaydi. Chunki ular faqat oxirgi uch oy ichida ish izlayotgan odamlarni o‘z ichiga oladi. Biroq uyda o‘tirganlar, mavsumiy ishlayotganlar va oxirgi uch oy ichida ish izlamaganlar bu statistikadan chetda qolmoqda. Bunga javoban, hukumat – qashshoqlik va ishsizlik muammolariga yechim sifatida – o‘z xalqlarini ko‘plab xorijiy davlatlarga mehnat muhojiri sifatida yuborishni aytib keladi.

Aslida ishsizlikning yagona sababi butun dunyoda, jumladan Qirg‘izistonda ham kapitalistik tuzum hukmronligidir. Kapitalizmning iqtisodiy tizimiga ko‘ra foydali qazilmalar, yerlar, yaylovlar “xususiylashtirish” bahonasida amaldor-kapitalistlar qo‘liga o‘tib ketgan. Shuningdek, ular tashqi savdo va ichki ishlab chiqarishni ham monopoliya qilib olishgan. Shuning uchun ular avtomatik ravishda ish beruvchiga aylanishdi. Kapitalistik “foyda” nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, bu ish beruvchilar – o‘zlari katta foyda olishlari uchun – o‘zlarining korxonalariga imkon qadar kamroq va arzon narxlarda ishlaydigan ishchilarni yollashadi. Natijada ishsizlar armiyasi yuzaga kelmoqda.

Kapitalizmning beshigi bo‘lmish G‘arb davlatlari kapitalizmni yoyish tariqati bo‘lgan imperializm orqali uchinchi dunyo davlatlarini mustamlaka qildi. Garchi sarmoyadorlar niqobi ostida kelayotgan kompaniyalar ish o‘rinlari yaratish, davlatga foyda keltirish haqida gapirsa-da, maqsadlari boshqa. Ular xalqimizni arzon ishchi sifatida ekspluatatsiya qilish va boyligimizni tekinga talon-taroj qilish uchun keladi. Shuning uchun, kapitalizm dunyo ustidan hukmronlik qilar ekan, bizning o‘lkalarimiz hech qachon ishsizlik va qashshoqlik botqog‘idan chiqa olmaydi.

Qolaversa, mustamlakachi davlatlar Qirg‘iziston kabi “uchinchi dunyo” davlatlariga faqat dehqonchilik, chorvachilik va yengil sanoat bilan shug‘ullanishga ruxsat beradi. Hatto xalqaro tashkilotlar ham qarz va kreditlardan faqat shu yo‘nalishda foydalanishga ruxsat beradi. Mustamlakachi davlatlar hech qachon uchinchi dunyo davlatlariga og‘ir sanoat, harbiy sanoat yoki mashinasozlikni rivojlantirishga yo‘l qo‘ymaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu davlatlar manfaatlariga xizmat qilish uchun tuzilgan. U xalqaro huquq orqali bu davlatlarni nazorat qiladi. Uchinchi dunyo mamlakatlari yetakchi davlatlar uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi. Bular qishloq xo‘jaligi bilan chegaralangan. Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan texnikalar esa, o‘sha mustamlakachilarning qo‘lida.

Bunga muqobil ravishda, Islomdagi iqtisodiy tizim barcha fuqarolarning asosiy ehtiyojlarini qondirish va ularning kamoliy ehtiyojlari uchun sharoit yaratib berishni ko‘zda tutadi. Asosiy ehtiyojlari qondirilgan odamlar kambag‘al bo‘lmaydi va ishsizlikdan qo‘rqmaydi. Biroq ular Allohdan qo‘rqib, o‘zlariga yuklangan nafaqani amalga oshirish uchun harakat qilishlari farz. Aks holda davlat ularni mehnat qilishiga majbur qiladi. Birinchi navbatda Islom mehnat qilish vojib bo‘lgan barcha xalqlarni ish bilan ta’minlashni davlat zimmasiga yuklaydi. Kapitalizmda hukumatlar bunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Agar xususiy kompaniyalar ish bersa, insonlar ish bilan ta’minlanadi, ular haydab yuborsa, ishsiz qolishadi. Islomda esa, odamlar ishsiz qolsa, davlat ularni ish bilan ta’minlashga majburdir.

Islomda mulkning umumiy mulk degan turi mavjud. Foydali qazilmalar shular jumlasidan. Kapitalizmdagi kabi, unga davlat yoki shaxslar egalik qilishmaydi. Davlatdagi har bir shaxs undan foydalanishi kerak. Odamlar undan foydalanishi uchun davlat uni boshqarishi shart. Binobarin, konlarning foydasi yetib borar ekan, odamlar qashshoqlik ko‘rmay yashaydi, davlat konlarni rivojlantirish uchun zavod-fabrikalar qurish orqali fuqarolar uchun katta ish o‘rinlari yaratadi.

Davlat aholini yerga ishlov berishga rag‘batlantirib, dehqonlarga tekin moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatadi. Agar moddiy kuchi yetmasa, unga foizsiz kreditlar beradi. U yerni ijaraga berishni taqiqlaydi. Ketma-ket uch yil ishlov berilmagan yerni olib, dehqonlarga beradi. Bularning barchasi o‘z navbatida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi. Yaylovlar jamoat mulki, shuning uchun ularga bir hovuch odamlar egallab olishi mumkin emas.

Kapitalistik jamiyatda ko‘pchilik odamlarni foydalanishdan to‘sadigan va bir necha kishiga boylik to‘plashga imkon berdigan yana bir qancha rag‘batlar mavjud. Masalan, sudxo‘rlik, monopoliya, boylik yig‘ish va hokazo. Islom bularning barchasini taqiqlaydi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, davlat avvalo mehnatga layoqatlilarni ish bilan ta’minlaydi. Agar shundan keyin ham biror kishining oyligi nafaqasiga yetmasa, uning nafaqasi unga merosxo‘r bo‘ladigan boy qarindoshlariga yuklanadi. Agar merosxo‘r boy qarindoshlari bo‘lmasa, unga Baytulmolning zakot bo‘limidan beriladi. Zakot yetmasa, mas’uliyatni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bunday g‘amxo‘rlik odamlarni qashshoqlikdan saqlaydi.

Bundan tashqari, kapitalizmda davlat xalqdan olinadigan soliq evaziga yashaydi, soliqlarning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ularning og‘ir yuki xalqning yelkasiga tushadi. Islomda kerak bo‘lganda, faqat badavlat fuqarolardan soliq olinadi. Kambag‘allar ixtiyoriy ravishda bersalar ham qabul qilinmaydi.

Bu hukmlarni qo‘llash tabiiy ravishda qashshoqlikni bartaraf qiladi, qashshoqlikdan xavfsiramagan odamlar ishsizlikdan ham qo‘rqmaydi. Shuning uchun xususiy tadbirkorlar – kapitalistlar kabi – odamlarni ishsizlik bilan tahdid qila olmaydi.

Bu hukmlarning barchasi Islomning iqtisodiy tuzumini tatbiq qilish bilan oshiriladi. Biroq bu iqtisodiy tuzumni Islomdan boshqa kufr sistemalari homiyligida amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu iqtisod faqat Islomdan to‘liq foydalanadigan islom davlati soyasida amalga oshishi mumkin.

Mumtoz Maveranahriy, Qirg‘izistondagi Hizb-ut-Tahrirning axborot bo‘limi a’zosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.