Yaponiyaning yangi mudofaa strategiyasi

147
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Yaponiyaning yangi mudofaa strategiyasi

Savol:

Yaponiya yangi mudofaa strategiyasini qabul qildi. Bir necha kun oldin e’lon qilingan ushbu yangi strategiya mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirishni o‘z ichiga oladi. Bu Yaponiyaning ikkinchi jahon urushidan oldingi harbiy qudratini qayta tiklashini anglatadimi? Ushbu yangi strategiyadan ko‘zlangan maqsadlar nimalardan iborat? Bu strategiyani qabul qilish Yaponiyaning mustaqil qarorimi yoki tashqi ta’sir ostida, xususan AQSH ta’siri ostida qabul qilingan qarormi?

Javob:

Ha, Yaponiya hukumati yangi mudofaa strategiyasini va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni qabul qildi. 2022 yil 16 dekabr Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida hukumati uchta mudofaa hujjatini; 1) «Yaponiyaning milliy xavfsizlik strategiyasi», 2) «Milliy mudofaa strategiyasi», 3) «Uzoq muddatli mudofaa dasturi»ni tasdiqladi. Aniqroq qilib aytganda, Yaponiya ikkinchi jahon urushidan keyingi sahifani yopib, yangi sahifa ochdi va yetmish yil davomida boshdan kechirgan mag‘lubiyat psixologiyasidan xalos bo‘lib, harbiy salohiyatini qayta tiklash uchun harakatga kirishdi. Haqiqiy maqsadlarni anglab yetish uchun quyidagilarni ko‘rib chiqamiz:

Birinchi: Ushbu strategiyaning bandlari:

1 – Yaponiya ushbu strategiya doirasida Yaponiyani harbiy kuchdan mahrum qiluvchi va o‘z chegaralaridan tashqarida har qanday harbiy harakatlarni taqiqlovchi konstitutsiyadagi qoidalarni bekor qilishini e’lon qildi. Ushbu qoidalar Amerika Yaponiyani ishg‘ol qilgan paytda ishlab chiqilgan bo‘lib, 1947 yildan beri amalda qo‘llanib kelinayotgan edi… Yaponiyaning yangi strategiyasi hujumga uchrash ehtimoli tug‘ilganda oldindan qilinadigan urushni istisno qilib, faqatgina Yaponiyaning shartli «qarshi» hujumi haqida bahs yuritayotgan bo‘lsa-da, biroq Yaponiya birinchi marta xorijiy harbiy harakatlar borasidagi taqiqni gardanidan olib tashladi… Bu strategiya Yaponiyaning harbiy xarajatlarini ikki barobarga oshirishni, ya’ni avvalgi eng yuqori hisoblangan yalpi ichki mahsulotning 1 foizidan 2027 yilga borib 2 foizgacha (NATO mamlakatlari xarajatlariga teng) oshirishni taqozo qiladi. Bu hukumat yillik xarajatlarining 10 foiziga teng. Al-Jazira, 2022 yil 16 dekabr). Bu bilan Yaponiya harbiy xarajatlar bo‘yicha dunyoda Amerika va Xitoydan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.

2 – Ushbu strategiya, shuningdek, ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri sodir bo‘lgan «eng qiyin va murakkab xavfsizlik muhiti» nuqtai nazaridan «eng yomon ssenariy»ga tayyorgarlik ko‘rish va tashqi tahdidlarga qarshi turishni hamda Yaponiyaning uzoq masofalardan hujumga javob bera olishi uchun juda ko‘p (500ta) Amerikada ishlab chiqarilgan qit’alararo «Tomagavk» va «SM-6» raketalarini sotib olishni talab qiladi.

3 – Yaponiya Konstitutsiyasining 9-moddasida shunday deyilgan edi: «Tartib va adolatga asoslangan xalqaro tinchlikni chin dildan istaydigan Yaponiya xalqi xalqning suveren huquqi sifatida urushdan va xalqaro nizolar yuzaga kelganda tahdid va kuch ishlatishdan doimiy ravishda yuz o‘giradi. Shunga ko‘ra, hech bir quruqlik, dengiz va havo kuchlari yoki boshqa harbiy kuchlar muhofaza qilinmaydi. Davlatga jang qilish huquqi berilmaydi». Bu modda konstitutsiyadan chiqarib tashlandi. Chunki Yaponiya yangi urush siyosatiga duch kelmoqda. Ushbu yangi siyosat urush xarajatlaridan tortib, harbiy sanoatlashtirishgacha va Yaponiyaning ikkinchi jahon urushidan oldingi davrdagi ulkan harbiy qudratini eslatuvchi haqiqiy armiyani yaratishgacha bo‘lgan keng qamrovli ichki o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

4 – Yaponiyaning qo‘shnilari va boshqa xalqaro kuchlar bilan tinch-totuv yashash siyosatiga chek qo‘yildi. Yangi tuzatishlar Yapon qo‘shinlarining o‘zlari uchun dushman deb bilgan davlatlarga qarshi «aksil hujum» uyushtirish huquqini o‘z ichiga oladi. Yangi strategiya, garchi bunday nomlanmagan bo‘lsa-da, «yovuzlik uchligi»ga qarshi kurashga o‘xshash narsani o‘z ichiga oladi. Bu yovuz uchlikning birinchisi Xitoydir. Xitoy «Yaponiya duch kelgan eng katta strategik muammo» sifatida ta’riflanadi. Ikkinchi o‘rinda Shimoliy Koreya turadi. Shimoliy Koreya «avvalgidan ham jiddiyroq va yaqinroq tahdid» sifatida ko‘riladi. Uchinchi o‘rinda esa Rossiya turadi. (Rossiya Ukrainadagi kabi o‘zining xavfsizlik maqsadlariga erishish uchun kuch ishlatishga moyilligi sababli qattiq tanqidlarga uchramoqda. Uning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harbiy faoliyatlari va Xitoy bilan strategik hamkorligi «xavfsizlik bo‘yicha asosiy muammo»ni shakllantiradi. France 24, 2022 yil 16 dekabr).

Ikkinchi: Ushbu strategiya bo‘yicha xalqaro pozitsiyalarga nazar tashlasak, quyidagilar ma’lum bo‘ladi:

1 – Xitoy bu strategiyaga keskin qarshi chiqdi va rasman norozilik bildirdi. «Yaponiyaning ushbu yangi strategiyasi rasmiy e’lon qilinishidan oldin ham Pekinda norozilikni keltirib chiqardi. Pekin XX asrning birinchi yarmida Xitoy uning qurbonlaridan biri bo‘lgan shafqatsiz yapon militarizmi haqida qayta-qayta gapirib keladi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin jum’a kungi bayonotida «Yaponiya tomoni faktlarni e’tiborsiz qoldirmoqda. Shuningdek, Xitoy-Yaponiya munosabatlari va ikki davlat o‘rtasidagi mushtarak tushunchalarga sodiqligidan chetga chiqmoqda va Xitoyni asossiz ravishda obro‘sizlantirmoqda. Biz buni qoralaymiz va diplomatik norozilik bildiramiz», dedi. France 24, 2022 yil 16 dekabr).

2 – Shimoliy Koreya ham Yaponiya rejasini keskin qoraladi. (Shimoliy Koreya Tashqi Ishlar Vazirligining so‘zchisi «Yaponiya jiddiy xavfsizlik inqirozini yaratmoqda… U boshqa mamlakatlarga qarshi profilaktik zarbalar berish qobiliyatiga egaligini amalda rasmiylashtiradigan yangi xavfsizlik strategiyasini qabul qilish orqali bunga yo‘l ochmoqda»… «Yaponiyaning yangi agressiya chizig‘ini rasmiylashtirishi Sharqiy Osiyodagi xavfsizlik muhitini tubdan o‘zgartirdi»…, dedi. So‘ng, Yaponiyani o‘ta xavfli va yomon tanlov qilganini tez orada tushunib yetishi haqida ogohlantirdi. Sky News Arabia, 2022 yil 20 dekabr).

3 – Amerikaga kelsak, (Vashington Yaponiyaning bu yangi strategiyasini olqishladi. Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan «Mudofaa budjetining oshishi AQSH-Yaponiya ittifoqini mustahkamlaydi va modernizatsiya qiladi», dedi. France 24, 2022 yil 16 dekabr). AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Yaponiyaning yangilangan strategiya hujjatlarini olqishladi. Ostinning ta’kidlashicha, (yangilangan hujjatlar ikki ittifoqchining xavfsizlik strategiyalaridagi qarashlari va ustuvorliklari o‘rtasidagi muhim muvofiqlikni aks ettiradi. Sharqul Avsat, 2022 yil 17 dekabr). (Prezident Jo Bayden bu muhim daqiqada AQSHning Yaponiya bilan birga ekanini aytdi. «Bizning ittifoqimiz erkin va ochiq Hind-Tinch okeanining tamal toshidir», dedi u. Oq uyning bildirishicha, Yaponiyaning yangi mudofaa rejasi AQSH bilan harbiy ittifoqni mustahkamlashga qaratilgan. Al-Jazira, 2022 yil 16 dekabr).

Uchinchi: Bu Yaponiya mudofaasining yangi strategik rejasidir. Uni ko‘zdan kechirsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:

1 – Yaponiya 2022 yil 16 dekabrda e’lon qilingan yangi mudofaa strategiyasini qabul qilishi ajablanarli emas, garchi bu uning yetmish yildan ortiq davom etgan zaifligiga barham beruvchi muhim voqea bo‘lsa ham. Chunki Yaponiya mudofaa vazirligi 2022 yil 22 iyulda xalqaro chaqiriqlarga javob berish uchun amal qilish kerak bo‘lgan mudofaa siyosatini bayon qiluvchi «Oq kitob»ni chop etgan edi. Yaponiya Xitoyning o‘sib borayotgan harbiy qudrati va uning Tayvanga hujum boshlash xatari, Xitoyning Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilishi xatari hamda Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreyaning Osiyoda urush olovini yoqish xatari kabi tahdidlarga duch kelgan paytda «Oq kitob» vasiqasi bu vaziyatga nuqta qo‘ydi. Yaponiya Mudofaa vazirligining ushbu kitobi tahdidlarga qarshi turish uchun harbiy xarajatlarni ko‘paytirish, harbiy texnologiyalarga sarmoya kiritish va kosmik kuchlarni ham o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali harbiy kuchlarni yaratish muhimligini ta’kidlaydi. Bu esa, Yaponiyaning intilishlari yuqori ekanini, Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyatning changini qoqib, Tinch okeani mintaqasidagi raqobatga, jumladan, Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoy va Yaponiya o‘rtasidagi bahsli orollarga yetib borishi kerakligini isbotlaydi.

2 – Bundan avvalgi Yaponiyaning sobiq bosh vaziri «Sindzo Abe» Xitoyning kuchayib borayotgan ta’siriga qarshi kurashish uchun Hind-Tinch okeaniga yo‘naltirilgan Yaponiya-AQSH qo‘shma strategiyasini ishlab chiqish tashabbusining asosiy me’morlaridan biri edi. AQSH tomonidan qabul qilingan ushbu tashabbus savdo va sarmoyaviy masalalar bo‘yicha AQSH-Yaponiya va boshqa ittifoqchilar bilan hamkorlik qilishni, navigatsiya xavfsizligi uchun Tinch va Hind okeanlarida qo‘shma hamkorlikni rivojlantirishni va ushbu tashabbusda Avstraliya va Hindistonni sherik qilishni o‘z ichiga oladi. (Arabiyya, 2022 yil 8 noyabr).

3 – Shunday ekan, Yaponiyaning bu yangi strategiyasidan va avvalgi strategiyalaridan ma’lum bo‘ladiki, Yaponiya bugundan e’tiboran harbiy kuchga ega bo‘lib, o‘tmish izlarini o‘chirmoqda va Osiyoda urushga tayyorlanyapti. Yaponiya har doim yirik davlat bo‘lib kelgan va Osiyoda alohida ahamiyatga ega. U ikkinchi jahon urushining birinchi yillarida mintaqadagi hukmron davlat edi. Germaniya mag‘lub bo‘lgunga qadar Yevropani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Yaponiya ham mag‘lub bo‘lgunga qadar Xitoy, Koreya, okeandagi orollar va Osiyodagi boshqa mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirgan edi. Yaponiya shu kungacha yadroviy hujumga uchragan yagona davlatdir. 1945 yil avgust oyida Amerika samolyotlari Xirosima va Nagasakiga ikkita atom bombasini tashlab, bir vaqtning o‘zida ikki yuz mingdan ortiq odamni o‘ldirdi. Yaponiya yadroviy hujumga uchraganidan bir hafta o‘tib, 1945 yil 15 avgustda taslim bo‘lganini e’lon qildi va Amerika boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar Yaponiyaga bostirib kirib, o‘z hukmronligini o‘rnatdi.

4 – Yaponiyaning qadimgi imperatorlik tarixi nuqtai nazaridan qaralganda, Yaponiyaning harbiy qudratini qayta tiklashi yaponlarning buyuklik tuyg‘ulariga ta’sir qilmoqda va yapon xalqi tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilinmoqda. Biroq, Yaponiyaning uzoq muddatli demilitarizatsiya qilinishi va ittifoqchi kuchlar 1952 yilda Yaponiyadan chiqib ketganidan keyin bu mamlakatda AQSHning yirik harbiy bazalarining mavjud bo‘lishi Yaponiyaning o‘z harbiy qudratini qayta tiklashga intilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

5 – O‘z armiyasi, harbiy ittifoqlari va mintaqaviy xavf-xatarlarga nisbatan ko‘z-qarashlari borasida yangi siyosatni qabul qilgan Yaponiyaning Amerika tarafidan darhol qo‘llab-quvvatlanishi shubhasiz, Yaponiyani harbiylashtirish Xitoy tahdidlariga qarshi kurashdagi AQSH strategiyasining asosi ekanini isbotlaydi. Amerika o‘z qo‘shinlarini Xitoy atrofida joylashtirmoqda. Tayvan atrofida g‘alayon va provokatsiya yaratib, Xitoy bilan urushga tayyorlanmoqda. Agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, «Amerika kuchlari orolni himoya qiladimi?» degan savolga AQSH prezidenti Bayden «Ha», deb javob bergan.

6 – Xuddi shunday sobiq prezident Tramp ma’muriyati ham Shimoliy Koreyani provokatsiya qilish bilan birga Yaponiyani harbiy qudratini qayta tiklashga undagani kuzatilgan edi. AQSH prezidenti Tramp 2017 yilgi Yaponiyaga tashrifi oldidan yaponlar «jangovar xalq» ekanini ta’kidlagan edi. (… Tramp juma kuni prezident sifatida Osiyoga birinchi uzoq va nozik safarini boshlashdan oldin bayonot berdi. U xususan, Yaponiya va Janubiy Koreyani o‘z ichiga olgan Osiyo safari chog‘ida asosiy e’tiborni Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturiga qaratdi… Tramp, «Fox News» telekanalidagi dasturda, «Yaponiya jangovar davlat. Xitoyga va meni tinglayotgan barchaga shuni aytamanki, agar siz Shimoliy Koreyaga buni davom ettirishga ruxsat bersangiz, Yaponiya bilan katta muammoga duch kelasiz…», dedi. Marsad Nyuz – xalqaro munosabatlar – Jum’a – 2017 yil 3 noyabr). Ya’ni Tramp Yaponiya nomidan gapirayotgandek, Yaponiyaning Shimoliy Koreyaga harbiy aralashuvi mumkinligi bilan Xitoyga tahdid qildi! Sharqiy Osiyodagi yangi shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda Yaponiyaning harbiy qudratini qayta tiklashi Yaponiya uchun zarur bo‘lsa-da, bu o‘zining barcha xususiyatlari bilan to‘laqonli Amerikaning rejasidir. Chunki Yaponiya Amerikaning Xitoyga qarshi ko‘z-qarashidagi markaziy davlatga aylandi.

To‘rtinchi: Endi savolning so‘nggi qismiga ya’ni, bu strategiya Yaponiyaning mustaqil qarorimi yoki xorijiy, xususan, AQSHning ta’siri ostida qabul qilingan qarormi? – degan savolga biroz oydinlik kiritishimiz mumkin. Yuqorida aytilganlarni tadabbur qilib ko‘rsak, quyidagilar ma’lum bo‘ladi:

1 – Yaponiya Xitoy ustidan hukm yuritgan uzoq tarixga ega. Amerika va boshqa mustamlakachi Yevropa davlatlari Yaponiyani to‘sib qo‘yishidan oldin, Xitoy yapon mustamlakachiligining keng ufqini ifodalar edi. Boshqacha aytganda, Yaponiya tarixidagi son-sanoqsiz g‘alabalardan ba’zi birlari bugungi kunda ham hayotiyligini saqlab kelmoqda. Xitoy Yaponiyadan tarix davomida sodir etilgan jinoyatlar uchun uzr so‘rash va tovon to‘lashni talab qilib keladi. Boshqa tarafdan, Amerika va Xitoydan keyin uchinchi o‘rinda turuvchi Yaponiya iqtisodiyotining Xitoy bilan keng qamrovli qarshi kurash siyosatiga mablag‘ sarflashga qodirligi ham muhim ahamiyatga ega. Agar Yaponiya o‘z harbiy qudratini qayta tiklasa, Yaponiyaning sanoat va texnologiyadagi ulkan qobiliyatlari Xitoy bilan yakka o‘zi kurashish imkonini beradi.

2 – Biroq, Amerika Yaponiyadan AQSH boshchiligidagi ittifoq doirasida shunday qilishni xohlamoqda. Bu bilan, Yaponiyaning siyosati keng qamrovli Amerika rejasining bir qismi bo‘lib qolishini, Yaponiyaning kuch tendensiyasi Amerika bilan dushmanlik bosqichini, xususan Amerika yadroviy hujum qilgandagi holatni esiga solmasligini xohlayapti. Chunki Yaponiya Amerika bilan ziddiyatli uzoq tarixga ega… Bularning barchasidan kelib chiqib, Amerika Yaponiyaning yangi strategiyasining barcha tafsilotlarini nazorat qilishni xohlaydi. Toki, bu strategiya Yaponiya harbiy qudratini tiklaganida Xitoyga qarshi kurash bilan cheklanib qolsin va bundan nariga o‘tib, Amerikaning amalga oshirgan yadroviy hujumini esga solmasin! Osiyoda Xitoy bilan kurashning asosi sifatida, Yaponiyaning harbiy qudratini qayta tiklashga bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining ko‘z qarashi Sharqiy Yevropada Rossiyaga qarshi turish uchun Amerika boshchiligidagi Germaniyaning harbiy qudratini qayta tiklash strategiyasiga o‘xshaydi.

3 – Bularning barchasiga qaramay, Yaponiya ham xuddi Germaniya kabi armiyasini tiklashda kechikdi… To‘g‘ri, bu xalqlar jonli va tirik xalqlardir. Ammo ularning ongini tijorat va pul egallab olganligi bois farovon hayot davom etmoqda. Sha’ni va qadr-qimmatiga esa, putur yetdi. Rahbarlari urush va nufuzga intilish orzularini yo‘qotdilar. Shunday qilib, Yaponiya hamda Germaniya Amerika va Yevropa doirasida harakat qiladigan bo‘lib qoldi. Shu sababli, Yaponiya (va Germaniya), toki Amerika ularni undagunga qadar o‘z armiyasini tiriltirishda yetmish yil yoki undan ham ko‘proq vaqtga kechikdi… Lekin bu xalqlar hayotiylikni yetarlicha qadrlaydigan xalqlardir. Bu davlatlar tezda yadroviy kuchga aylana oladigan harbiy kuchni barpo etishlari yaqin kelajakda yana o‘z qudrati va buyukligini his qilishiga sabab bo‘ladi. Bu hatto Amerikaning o‘ziga ham muammo tug‘diradi va ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni keskinlashtiradi. Shuning uchun Amerika Yaponiya va Germaniyaning bu harbiy strategiyasini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda!

Beshinchisi: Bugungi kundagi buyuk davlatlar haqiqatini o‘rgangan kishilar shuni yaxshi biladilarki, bu davlatlar ezgulik va adolatni qadrlamaydi. O‘sha buyuk davlatlarga ko‘ra yaxshilik – boshqalar uchun yomonlik bo‘lsa ham – o‘z nafsini qondirishdir. Shuningdek adolat – boshqalarga nisbatan katta nohaqlik bo‘lsa ham – boshqalarning taqdirini qo‘lga kiritish va ular ustidan hukmronlik qilishdir. Shuning uchun ham qadr-qimmat tarozilari ezgulik va adolatdan juda uzoqdir. Go‘yo tarix takrorlanayotgandek. Forslar va Rumlar zulm va adolatsizlik bilan dunyoga hukmronlik qilgan paytda, Islom ezgulik va adolat haqiqatini olib keldi hamda tuni kunduzdek yorug‘ bo‘lgan yo‘l olamga nur sochdi. Shu tariqa, haq keldi, botil yo‘q bo‘ldi… Bugungi masala ham kechagi masala bilan bir xil bo‘lib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatining qayta barpo bo‘lishi bilan isloh bo‘ladi. Umid qilamizki, bu holat Allohning izni ila zolim hukmronlikdan keyin tez orada sodir bo‘ladi. Darhaqiqat, Rosululloh ﷺ aytganlar:

«… ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ»

«So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin Payg‘ambar ﷺ sukutga cho‘mdilar». (Ahmad va Tayolisiy).

Aziz va Qudratli Alloh rost aytdi:

﴿وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ﴾

«Alloh O‘z ishida g‘olibdir. Lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaydilar»   [Yusuf 21]

30 jumodulavval 1444h

24 dekabr 2022m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.