MDHga raislik qilish Qirg‘izistonga o‘tdi

101
0

MDHga raislik qilish Qirg‘izistonga o‘tdi

 Xabar: Qirg‘iziston 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab MDHga raislikni o‘z zimmasiga oldi.

 Hamdo‘stlik davlat rahbarlari Kengashining 2022  yil 14 oktabrdagi qaroriga ko‘ra, Qirg‘iziston 2023 yil davomida MDH Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Iqtisodiy kengash, boshqa tuzilmalariga ham raislik qiladi.

 Qozog‘iston (2022 yilda raislik qilgan) va Rossiya (2024 yilda raislik qiladi) hamrais bo‘ladi.

 Prezident Sadir Japarov Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH sammitida Qirg‘izistonning 2023 yildagi raisligining ustuvor vazifalarini taqdim qilgan.

Izoh: 1991-yil 26-dekabrda SSSR Oliy Kengashining yuqori palatasi sessiyasida SSSRning mavjudligini tugatish to‘g‘risidagi №142 sonli deklaratsiya qabul qilindi. Shu tariqa SSSR to‘liq parchalanib ketdi. Rossiya SSSRning xalqaro tashkilotlardagi vorisi etib belgilandi va sovet ittifoqining barcha qarzlari to‘lash va aktivlariga egalik qilish vakolatiga ega bo‘ldi. Rossiya o‘zining sobiq mustamlakalarini nazorati ostida ushlab qolish uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tashkil etdi. Ammo bu tashkilot uzoq yillar mobaynida shunchaki rasmiy uchrashuv va aksariyati ijro etilmagan qarorlar qabul qilishdan nariga o‘tmadi. U na siyosiy va na iqtisodiy jihatdan ta’sirli tashkilotga aylana oldi. Ammo, so‘nggi yillarda Putin bu tashkilotdan ham harbiy maqsadlari yo‘lida foydalanish harakat qilmoqda. Shu maqsadda 2020-yil oktabr oyida Rossiya boshchiligida MDH, KXSHT va SHHTga a’zo davlatlar ilk marta qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Bundan tashqari MDH doirasida a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasida hamkorlik va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, “terrorizm” va “ekstremizm”ga qarshi kurash ostida hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda.

 Biroq, Rossiyaning sa’y-harakatlariga qaramay MDH ham YEOII kabi borgan sari o‘z nufuzini yo‘qotib tanazzulga yuz tutmoqda. Ma’lumki, xalqaro tashkilotlar quvvati va ta’siri yetakchi  davlatning xalqaro nufuzi va ta’sir quvvatiga bog‘liq bo‘lib, davlat qudratli bo‘lsa, tashkilot ham quvvatli bo‘ladi, aksi bo‘lsa bu tashkilot uchrashuv va yig‘ilishlardan boshqa narsaga yaramaydigan, ta’sirsiz ramziy tashkilotga aylanib qoladi. Bugungi kunda Rossiya xalqaro miqiyosda yakkalanib, nufuzini yo‘qotib borgani sari u boshchiligidagi tashkilotlarning mavjud bo‘lishi ham savol ostida qolmoqda.

 MDH davlat rahbarlarining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sammitida Putin MDH makonida muammolar, xavfsizlikka tahdidlar va kelishmovchiliklar kuchayib borayotganini tan oldi.

“MDH davlatlari hamkorligining asosiy yo‘nalishi umumiy Yevroosiyo mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Afsuski, bu sohada, birinchi navbatda, tashqaridan kelayotgan tahdid yildan-yilga ortib bormoqda. Tan olishimiz kerakki, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida ham kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Lekin asosiysi, biz hamkorlik qilishga tayyormiz va buni amalga oshiramiz”, – dedi Putin. Demak, MDH, YEOII kabi Rossiya yetovidagi tashkilotlarning mavjudligi Putin iqtidori kabi payoniga yetib bormoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.