“Yangi yil”ga sarflangan mablag‘ – isrof!!!

50
0

“Yangi yil”ga sarflangan mablag‘ – isrof!!!

 Prezidentning “Oilaviy marosimlar va marhumlarning xotirasiga bog‘ishlangan tadbirlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hozir ham o‘z kuchida va ozmi-ko‘pmi amalga oshirilmoqda. Bu farmondan maqsadni prezidentning o‘zi “isrofgarchilikka qarshi” deb aytgan. Aslida shariatga ko‘ra – ayrim holatlar bundan mustasno – yuqoridagi marosimlarga sarflangan mablag‘lar isrof hisoblanmaydi. Chunki, bular shariatda muboh amallardir. Isrofning shari’y ma’nosi – haromga pul sarflashdir. Demak, mablag‘ haromga sarflansa isrof qilingan bo‘ladi.

 Hukumat “isrofgarchilik” bahonasi bilan odamlarning ayrim shaxsiy marosimlarini taqiqlayotgan bo‘lishiga qarmay, davlatning o‘zi haqiqiy isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. Masalan, davlatning o‘zi “mustaqillik” degan sohta bayramga bag‘ishlab Chungkurchakta katta “bazm” uyushtirdi. Hozir esa yangi yilni nishonlash uchun mablag‘ sarflamoqda. Aslida bunday “bayramlar”ni nishonlash harom bo‘lib, ularga sarflangan mablag‘ isrof hisoblanadi.

 Masalan, hukumat quyidagi mablag‘larni isrof qilmoqda:

 Bishkek meriyasining xabar qilishicha, poytaxtni bezatish uchun 5 million som sarflangan.

 O‘shda markaziy maydonni bezatishga 3 million somga yaqin mablag‘ sarflangan.

 Bulardan tashqari, har bir viloyat, har bir tuman, har bir qishloq hukumati va hatto har bir korxona yangi yilni nishonlash uchun mablag‘ sarflab, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. Shuning o‘zi ham davlatning “isrofgarchilikka qarshi kurashi” populistik harakatlardan boshqa narsa emasligini tasdiqlab turibdi.

 Yana bir diqqatga sazovor jihat bor. Bundan 15 yilcha avval Bishkekda hozirgidek avtomobillar ko‘p emas edi. Shuningdek, ko‘mir tutuni ham hozirgidek ko‘p emasdi. Biroq, o‘sha yillarda 30-dekabrdan 5-yanvargacha Bishkekdan quyindi xidi kelib, shaharni tutun qoplab olardi. Bu yangi yilda otilgan “paqqildoq” (salyut, petardalar) tutuni edi. Mana bir necha yildirki Bishkek “smog” bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu muammo global miqyosda ko‘tarilganini va amaldorlar go‘yoki yig‘lagundek bo‘lib, bu muammoni hal qilish yo‘llarini qidirayotganini ko‘rib turibmiz. Agar ular chindan ham “smog” muammosidan xalos bo‘lishga jiddiy kirishganlarida, unda petardalarni taqiqlagan bo‘lar edi. Ammo afsuski, taqiqlash u yoqda tursin, hukumatning o‘zi shaharga “zahar” sochish uchun mablag‘ ajratmoqda. Masalan, Madaniyat, sport, turizm va yoshlar bilan ishlash departamenti tomonidan yangi yil feyverki uchun 900 000 somlik tender e’lon qilindi! Bu ham hukumatdagilarning ikkiyuzlamachiligi va populistik harakatlardan chiqa olmayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

 Yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerak, davlat “Diniy sohada davlat-konfessiyaviy munosabatlarini va mamlakat ichidagi milliy xavfsizlikni ta’minlash orqali Hanafiy va Moturidiy e’tiqodining diniy-huquqiy maktabiga asoslangan sunniy Islomning an’anaviy shakllarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun sharoit yaratadi” degan asosda siyosat olib borayotganini iddao qiladi. Agar davlat bu so‘zida rostgo‘y bo‘lsa, u holda Moturidiy e’tiqodi va Hanafiy fikh maktabi yangi yil kabi bayramlarni rad qilib, ularni tasdiqlash kufr, nishonlash harom deb qarashini e’lon qiladi.

 Masalan, “Al-Fatava as-Sug‘ro” kitobida shunday deyilgan: “Navro‘z kuni ilgari odatlanmagan narsani Navro‘z bayramini ulug‘lab sotib olgan kishi katta gunohni qilib, kofir bo‘ladi. Chunki u kofirlarning bayramlarini ulug‘ladi”.  (Imom Abu Hanifa rahimahullohning “al-Fiqhul-Akbar” kitobiga yozilgan sharh: 186).

 Hanafiy mazhabining mashhur ulamolaridan alloma Mullo Aliy al-Qoriy rahimahulloh aytadi: “Navro‘z bayrami kuni majusiyga bir tuxumni sovg‘a qilgan odam kofir bo‘ladi. Chunki u majusiyning kufri va zalolatiga yordam berdi yoki sovg‘a berishi bilan ularga o‘xshadi. Ba’zilar: “Musulmon Navro‘z bayramida musulmonga sovg‘a bersa kofir bo‘lmaydi” demoqdalar. Bu so‘zga diqqat etish kerak. Chunki bu ishda majusiylarga o‘xshashlik bordir. Tabiiyki, qasdsiz (bilmay) Navro‘z bayramiga kelib qolgan odamning hukmi farqlidir”. (Bu o‘rinda “navro‘z” va “yangi yil”ning farqi yo‘q). Bundan ko‘rinib turibdiki, hukumat mazhabni niqob qilib olib  mazhabparastlikni ilgari surish orqali dinimizga qarshi kurashmoqda. Bunda ular kofir xo‘jayinlariga ergashishmoqda.

 Ey musulmonlar, sizga ma’lumki, yangi yilni bayram qilish harom, unga pul sarflash – isrofdir. Shunday ekan, kofir xo‘jayinlariga ergashgan va populistik harakatlar bilan hokimiyatga yopishib olgan rahbarlaringga ergashib, sizni do‘zahga olib boradigan vaziyatni paydo qilmang. Shu sababli bunday munkarlarga – ular yo‘q bo‘lgunicha – qarshi kurashing!

 Qirg‘izistondagi Hizb ut-Tahrirning matbuot bo‘limi

  1. 12. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.