Favqulodda vaziyatlarda ishlarni boshqarish

115
0

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash asoslari

Favqulodda vaziyatlarda ishlarni boshqarish

Suv toshqinlari, zilzilalar, epidemiyalar, urushlar va shu kabi boshqa favqulodda vaziyatlarda Xalifa ishlarni optimal tarzda davom ettirish uchun maxsus chora-tadbirlarni ko‘radi. Jamiyat hayoti to‘xtab qolmasligi uchun va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan joylarda favqulodda choralar ko‘rishi uchun mexanizm va rejalarni belgilab, buni nazorat qilish uchun har bir soxa bo‘yicha mutaxassislar va vakolatli odamlarni tayinlaydi. Favqulodda vaziyatlar uchun sarf-harajatlar ta’minlanishi lozim bo‘ladi. Musulmonlar xazinasida – baytul molida mol bo‘lsa, undan favqulodda vaziyatlarda ehtiyojlarni qoplash uchun mablag‘ sarflanadi. Agar mol bo‘lsama, bunday ehtiyojlar uchun boy odamlarga soliq solinadi. Agar soliqlarni to‘plashni kutib qolishda zarar yetishi xavfi bo‘lsa, davlat qarz oladi va uni sarflaydi. Keyin shu maqsadda yig‘ilgan soliqlar evaziga qarzni to‘laydi. Rasulullolloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
وأيُّما أهْلِ عَرصَةٍ أصبَحَ فيهم امْرُؤٌ جائِعٌ، فقد بَرِئَتْ منهم ذِمَّةُ اللهِ تَعالى.
“Qaysidir qishloq ahli orasida kimdir kechasi bilan och qolib, tong ottirsa, o‘sha qishloq ahlidan Alloh ta’oloning zimmasi pok bo‘ladi.” Ahmad Ibn Umardan chiqargan va Ahmad Shokir uni sahih degan. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Parvardigori tomonidan rivoyat qilgan hadisda marhamat qiladilar:
ما آمن بي من بات شبعانَ و جارُه جائعٌ إلى جنبِه و هو يعلم به
“Kim qo‘shnisi ochligini bila turib, o‘zi to‘q bo‘lib yotsa, u menga iymon keltirmabdi”. Bazzor bu hadisni Anasdan Haysamiy va Munziriy hasan degan isnod bilan chiqargan.
Davlat favqulodda vaziyat sodir bo‘lmay turib uni oldini olishga harakat qiladi va buning uchun lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirarni xozirlab qo‘yadi. Baxtsiz hodisalar – ular xoh alohida hodisalar bo‘lsin, xoh umumiy ofatlar bo‘lsin – suv toshqinlari, zilzilalar, epidemik va epidemiyaga aloqador bo‘lmagan pandemiyani oldindan aniqlash va bu balolardan, sodir bo‘lishidan avval ogohlantirish borasida ilm-fan erishgan eng zamonaviy uslub va vositalarni, texnik uskunalarni ishga soladi. Bu uskunalar, yuz berishi ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun har doim shay ahvolda turadi. Agar bunday vaziyatlarni man’ etishning imkoniyati bo‘lmagan vaziyatda ham, hech bo‘lmaganda, ularni eng yaxshi tarzda bartaraf etishga shay turish lozim bo‘ladi. Buning uchun asbob-uskunalar, tayyorgarlik, uy-joy, boshpana, dala kasalxonalari, oldindan xozirlab qo‘yilgan o‘zgacha munosib maskanlarning mavud bo‘lishi, ularning tayyorligini vaqti-vaqti bilan kuzatib turish hamda ularni eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash lozim bo‘ladi. Agar hokimlar Islomni chiroyli tatbiq etsalar, Ummat ham muhosaba hamda “ularni to‘g‘rilab turish”larini chiroyli qilsalar, ya’ni o‘z vaqtida hokimlarni hisob-kitob qilib, ular toyilgan taqdirda darhol ularni to‘g‘ri yo‘lga solib tursalar, ularning ishilari to‘g‘ri va barqaror bo‘ladi, Allohning izni bilan eng qiyin muammolarni ham yengib o‘tadilar. Alloh ta’olo marhamat qiladi:
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَاتٍ مِّنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ
“Agar qishloq ahli iymon keltirsalar va taqvo qilsalar, albatta, Biz ularga osmon va yerdan barokat eshiklarni ochurmiz”. [7:96].

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish

Shar’iy dalillar davlatga xavfsizlikni ta’minlash, meditsina va xalq ta’limi kabi Ummatning asosiy ehtiyojlarini qondirishni vojib qilgan. Shari’at sog‘liqni saqlash taqazo etadigan mablag‘larni davlat xazinasi – baytul-mol – zimmasiga yuklagan. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi; Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar:
مَنْ تَرَكَ مَالاً فَلِوَرَثَته وَمَنْ تَرَكَ كَلاًّ فَإِلَيْنَا
“Kim molu-mulk qoldiib ketgan bo‘lsa, u merosxo‘rlariga beriladi. Kim yetim-yesir qoldirib ketgan bo‘lsa, bas u bizning zimmamizdadir”. Buxoriy o‘zinig sahihida rivoyat qilgan.
Muslim Jobir tomonidan chiqargan hadisda aytiladi:
بَعَثَ رَسولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عليه وسلَّمَ إلى أُبَيِّ بنِ كَعْبٍ طَبِيبًا، فَقَطَعَ منه عِرْقًا، ثُمَّ كَوَاهُ عليه
“Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Ubay ibn Ka’bga tabib yubordilar. Tabib uning tomirini kesdi va uni kuydirdi.”
Hokim “Al-Mustadrok”da Zayd ibn Aslamdan, u otasidan rivoyat qilgan hadisda aytiladi:
“Men Umar ibn Xattobning zamonida qattiq og‘rib qoldim. Shunda Umar menga bir tabib chaqirdilar. Tabib meni parxezga buyurdi. Parxezning qattiqligidan men faqat urug‘ shimardim”.
Demak, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam davlat boshlig‘i sifatida Ubay ibn Ka’bga tabib yubordilar. Ikkinchi roshid xalifa Umar raziyallohu anhu ham Aslamni davolashi uchun unga tabib yubordilar. Bu ikki misol shunga dalolat qiladiki, sog‘liq va meditsina xalqning asosiy ehtiyoji bo‘lib, ular davlat o‘zining bu sohaga muhtoj bo‘lgan aholisi uchun bepul ta’minlashi vojib bo‘lgan asosiy ehtiyojlar sarasiga kiradi.
Sog‘liqni saqlashga baytul moldan mablag‘ ajratiladi. Agar sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq zaruriy ishlar chiqib qolsa, masalan, mintaqada talabga javob beradigan shifoxona mavjud bo‘lmagan holatda yangi shifona qurishga baytul molda mablag‘ yetishmasa, bu holda davlat sog‘liqni saqlash uchun zaruriy bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun boy kishilarga soliq soladi. Negaki, xalifa musulmonlarning manafaati qayerda bo‘lsa, u yerda ularning manfaatlarini himoya qilishi vojib va ularga yordam berishi lozim. Yordam berilmasa, musulmonlarga zarar yetishi mumkin. Zararni daf etish xalifaga ham, shuningdek, musulmonlarga ham vojib. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
لَا ضَرَرَ وَلَا ضِرَارَ، مَنْ ضَارَّ ضَارَّهُ اللَّهُ، وَمَنْ شَاقَّ شَاقَّ اللَّهُ عَلَيْهِ
“Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q. Kim zarar yetkazsa, Allloh unga zarar yetkazadi. Kim mashaqqatga solsa, Alloh uni mashaqqatga soladi”. Hokim bu hadisni “Al-Mustadrok”da rivoyat qilgan va uni Muslim shartiga ko‘ra sahih degan.
Musulmonlarning manfaati himoya qilinmasligi va ularga ko‘rsatiladigan yordamning mavjud bo‘lmasligi oqibatida ularga yetadigan zararni inobatga olgan holda xalifa ham, musulmonlar ham bunday himoya va yordamlarni ko‘rsatishlari vojib bo‘ladi. Chunki, bunga e’tiborsizlik zararni ketkazadi. Demak, bu musulmonlarga farz bo‘lib sanaladi. Buni xalifaga farz qilgan narsa ishlarni boshqarishdan ko‘rinib turibdi. Buni musulmonlarga va xalifaga farz qilgan narsa esa, dalillarning umumiyligidan kelib chiqadi. Negaki, Rasulullolloh sallollohu alayhi va sallamning; “Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q”, degan so‘zlari umumiydir. Shuningdek, “Kim mashaqqatga solsa,” degan so‘zlari ham umumiy. Shuning uchun bu xalifani ham, musulmonarni ham o‘z ichiga oladi. Sog‘liqni saqlash insonlar undan behojat bo‘la olmaydigan masolih va marofiq – manfaat va qulayliklar – bo‘lgani uchun u zaruriy ehtiyojlardan deb hisoblanadi. Darhaqiqat, Rosululloh sollallohu alayhi va sallam davolanishga buyurganlar. Abu Dovud o‘z Sunanida Usoma ibn Shuraykdan chiqargan hadisda keladi, Usoma aytadilar:
قَالَ أَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم وَأَصْحَابُهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُءُوسِهِمُ الطَّيْرُ فَسَلَّمْتُ ثُمَّ قَعَدْتُ فَجَاءَ الأَعْرَابُ مِنْ هَا هُنَا وَهَا هُنَا فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنَتَدَاوَى فَقَالَ ‏: تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ
“Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallam xuzurlariga keldim. Sahobalar go‘yo boshlarida qush qo‘nib turgandek jim edilar. Men salom berib, o‘tirdim. Shunda har tarafdan badaviy arablar keldilar va dedilar: Davolanamizmi, ya Rasulalloh. Shu payt Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar: “Davolaninglar! Chunki Alloh qanday kasalni paydo qilgan bo‘lsa, albatta uning davosini ham yaratgan. Qarilikdan boshqa xamma kasilikning davosini yaratgan”. Bu hadis Termiziyda Usoma ibn Shuraykdan mana bunday lafzda keladi:
قَالَ قَالَتْ الأَعْرَابُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَلا نَتَدَاوَى قَالَ: “نَعَمْ يَا عِبَادَ اللَّهِ تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللَّهَ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلا وَضَعَ لَهُ شِفَاءً أَوْ قَالَ دَوَاءً إِلا دَاءً وَاحِدًا) قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ وَمَا هُوَ قَالَ: “الْهَرَمُ”
“Badaviylar; davolanamizmi, yo Rasulalloh, deb so‘radilar. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Ha, ey Allohning bandalari davolaninglar! Chunki, Alloh qanday dard yaratgan bo‘lsa, albatta uning shifosini ham yaratgan. Magar, bitta dardga davo yaratmagan, dedilar. Shunda ular ; U qaysi dard, deb so‘radilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ularga : U qarilik dardidir”, deb javob berdilar.” Termiziy bu hadisni sahih, hasan deganlar. Qarilik deganda keksayib, zaiflashib, o‘limi yaqinlashib qolgan keksa yosh nazarda tutilgandir. Ya’ni, bundan o‘limning davosi yo‘q degan ma’no chiqadi. Davolanish bilan foydaga erishiladi, zarar bartaraf qilinadi, bu esa umummanfaatdur. Bunga qo‘shimcha, klinika va shifoxonalar musulmonlar sog‘liqlarini tiklash va davolanishda murojaat qilishadigan umummanfaat, qulaylik maskanlaridir. Bunday umummanfaat, qulaylik maskanlarini davlat qurishi hamda ularni boshqarishi vojib. Chunki, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning mana bu so‘zlariga muvofiq davlat bunday ishlarni boshqarishdan javobgardir:
الإمام راع ومسؤول عن رعيته
“Imom boshliq va u o‘z xalqidan mas’uldir”. Buxoriy Abdulloh ibn Umardan chiqargan.
Davlat davolanish va meditsinani – baytul molga xalq manfaati va qulayligi sifatida evazsiz sarflashi vojib bo‘lgan nafaqa bo‘lgani uchun – bepul ta’minlashi vojib bo‘lsa-da, biroq, tabib yollash va unga haq berish joizdir. Chunki, davolanish joiz. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam mazkur hadisda: “Ey Allohning bandalari, davolaniglar!”, deb marhamat qildilar. Davolanish manfaat bo‘lib, ijaraga olingan kishi foyda ko‘rishi mumkin. Bunga ijara ta’rifi mos keladi. Buning qaytarilgan joyi yo‘q. Qolaversa,
احتجم رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَجَمَه أَبُو طَيْبَةَ وأعطاه بِصَاعين مِنْ طعام وكلم مواليه و خفف عنه
“Rasululloh allollohu alayhi va sallam hijoma qildirdilar. U zotni Abu Toyba hijoma qildi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga ikki so’ taom berdilar.” Buxoriy Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilgan. Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi, aytadilarki:
احتجم النبي صلى الله عليه وسلم وأعطى الحجام أجره ولو علم كراهية لم يعطه
“Nabiy sallollohu alayhi va sallam hijoma qildirdilar. Hijomachiga haqqini berdilar. Agar bunda karohiyat bo‘lganida, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga haq bermagan bo‘lardilar”. Buxoriy rivoyati. Hijoma o‘sha davrda keng qo‘llaniladigan davolanish turlaridan edi. Demak, hijomaga haq olish tabib yollashning joiz ekanligiga dalolat qiladi. Dori-darmonlar savdosi bilan shug‘illanish ham tabib yollashga o‘xshaydi. Chunki, bu savdo ham muboh bo‘lib, unga Allohning:
وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ
“Alloh savdoni halol qildi”[2:275], degan so‘zining umumiyligi dalil bo‘ladi. Bu savdoni haromga chiqaradigan biror nass-hujjat kelmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.