بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Islom Ummati uchun o‘zining eng yaxshi Ummatligini qaytarib olish hamda dushmanning qal’alarini mustahkamlayotgan kimsalarni tuflab tashlash vaqti keldi
Islom Ummati bugun saralanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu davrda Alloh Azza va Jalla haq bilan botil o‘rtasini ajratib, rostgo‘ylik bilan munofiqlik o‘rtasini saralamoqda. Bu bilan munofiqlar fitnasini yo‘q qilib, xolis insonlar faoliyatini O‘zining fazli ila, yaxshilikka vasila qilmoqda. Bugun Ummat uchun o‘zining eng yaxshi Ummatligini qayta tiklash hamda dushman qal’alarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan har bir kimsani danak kabi tuflab tashlash vaqti keldi. Bu davr Ummat qo‘lini o‘z farzandlari orasidagi xolis insonlar qo‘liga beradigan va birgalikda Islom davlatini barpo etishni o‘zlarining taqdiriy masalalariga aylantirib, muammolarini ushbu davlatni barpo etish bilan hal etadigan davrdir. Hozirgi fursat, shuningdek, ushbu davlatni barpo etish yo‘lida molu jonlarini qurbon qilib, eng oliy orzu va g‘oyalarini Robbilari rizosiga aylantirib, ikki dunyoning yutug‘i va sharafiga noil bo‘lish fursatidir. Shoyad, Alloh Taolo ularning holatini xavf-xatardan so‘ng xotirjamlik va g‘oliblik holatiga o‘zgartirsa, yovuzlik va tug‘yon qal’alarini vayron etib, xarobalari uzra buyuk Islom binosini, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik binosini barpo etish bilan butun olamga rahmat ulashsa.
لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلْ الْعَامِلُونَ
«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffat 61]
Roya gazetasining 2022 yil 7 dekabr chorshanba kungi 420-sonidan