Bishkekdagi binolar 49 yilga Rossiya chegara xizmatiga ijaraga beriladi

132
0

Bishkekdagi binolar 49 yilga Rossiya chegara xizmatiga ijaraga beriladi

 Xabar: Jogroku Keneshning budjet, iqtisodiyot va fiskal siyosat bo‘yicha qo‘mitasi Bishkekdagi ikkita binoni ikki tomonlama kelishuv asosida Rossiya federal chegara xizmatiga 49 yilga ijaraga berishga rozi bo‘ldi. Bu haqida davlat mulkini boshqarish fondi rahbari Mirlan Bakirov ma’lum qildi.

 “Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida 2000-yilda imzolangan kelishuvga muvofiq qirg‘iz tomoni chegarachilarni turar-joy va xizmat binolari bilan ta’minlash majburiyatini olgan. Buning uchun Novopokrovkadan binolar taklif qilingan, biroq Rossiya tomoni Bishkekdagi binoni xususiy shaxslardan ijaraga olgan. Rossiya tomoni bu binolarni sotib olish taklifi bilan chiqdi. Binoni, ko‘chmas mulk sotib olishda qonuniy to‘siqlar yo‘q. Qirg‘iziston binoga tutash yer uchastkasini 49 yilga ijaraga beradi”, – dedi Bakirov.

 Rossiya tomonidan sotib olinadigan binoning umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan oshadi. Bishkekning Jibek Jolu va Kurongkeyev ko‘chalarida joylashgan. Agar Rossiya ushbu binoni sotib olsa, u bu davlatning mulkiga aylanadi. Qirg‘izistonda Rossiya federal xizmati tezkor chegara guruhining vafolatxonasi faoliyat olib boradi.

Izoh: Joriy yilning 26-iyuliga o‘tar kechasi O‘sh shahrida Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining uch nafar xodimi avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi. Rossiyaning O‘shdagi konsulxonasi MediaHub jurnalistik surishtiruvlar markaziga halok bo‘lgan uch kishi Rossiya fuqarosi ekanligini va Federal xavfsizlik xizmati qoshidagi chegara xizmati xodimlari bo‘lganini tasdiqlagan edi. Xabarda aytilishicha, Hyundai SantaFe avtomashinasini tunda boshqarib borayotgan Rossiya fuqarosi soatiga 150 kilometr tezlikda ketayotib boshqaruvni eplay olmay qolgan va reklama banneri ustuniga borib urilgan. Oqibatda haydovchi va avtomashinadagi ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan edi. O‘sh shahrida ham Rossiya Federal xafsizlik xizmati chegara xizmatining tezkor guruhi faoliyat ko‘rsatadi. Qizig‘i, Rossiya bilan hech qanday umumiy chegaralarga ega bo‘lmagan Qirg‘izistonning har ikki yirik shahrida Rossiya chegarachilari, aniqrog‘i, FXX faoliyat olib borishi va uning xodimlari diplomatik dahlsizlikka egaligi “mustaqil” davlat rahbarlarining parvoyiga ham kelmaydi. Bundan tashqari, Qirg‘izistonda Rossiyaning to‘rt harbiy obyekti – Qant aviabazasi, Issiqko‘ldagi sinov bazasi, seysmostansiya va RF HDF (harbiy-dengiz floti)ning uzoq aloqa tarmog‘i ham faoliyat olib boradi va qirg‘iz hukumati ularning faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.

 Bugungi kunda elchixona, konsullik, harbiy baza va ilmiy laboratoriyalar josuslar uyasiga aylangan bo‘lib, diplomatik daxlsizlik ularni mamlakatda emin-erkin harakatlanishi, mamlakat qonunlarini oyoq osti qilishi, sodir etgan jinoyatlari uchun javobgar bo‘lmasligini kafolatlab beradi. Shu sababli ham ular ko‘ngillari tusagan ishni qilishlari, mamlakatning oddiy fuqarolari yaqiniga borishga ham jur’at qilmaydigan ishlarni qilishlari mumkin bo‘ladi. Agar ushbu elchixona, konsullik yoki harbiy baza xodimlari biror mustamlakachi davlatga tegishli bo‘lsa, mamlakatda ularning mushugini pisht deydigan odam yoki amaldor topilmaydi.

 2017-yilning fevral oyida rossiyalik diplomat ishtirokidagi avtohalokatda qirg‘izistonlik Yevgeniy Leksin halok bo‘lgan edi. Rossiya dipolmatik raqamiga ega “Toyota Lend Kruzer” svetaforning qizil chirog‘idan o‘tib ketib Leksin boshqaruvidagi mashina bilan to‘qnashib ketgandi. Halokatga sababchi bo‘lgan mashinani Rossiya elchixonasi xodimi Viktor Puxov boshqargan. Rasmiy ma’lumotlarda u Rossiya elchixonasida birinchi kotib bo‘lib ishlashi ko‘rsatilgan bo‘lsada, aslida Puxov Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining polkovnigi bo‘lgan. Avtohalokatdan bir necha kuni o‘tib, Puxov Qirg‘izistondan bemalol, hech qanday to‘siqlarsiz chiqib ketgan.

 2018-yilning 27-avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiy xizmatchi o‘zining “Xyunday Tukson” avtomashinasida Chuy viloyatining Lebedinovka qishlog‘ida piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan 43 yoshli ayol va uch yoshli bolasini urib yubordi. Bola og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, ayol esa shifoxonaga yetmay vafot etdi. Harbiy xizmatchi diplomatik daxlsizlik sababli qo‘lga olinmadi va javobgarlikdan qutulib qoldi.

 2021-yil sentyabr oyida Rossiyaning Qantdagi harbiy bazasi askari Qirg‘iziston fuqarosini mashinasida urib yubordi. Bu ish bilan Rossiya harbiy prokuraturasi shug‘ullanishi xabar qilindi, ammo unga nisbatan qanday jazo qo‘llanilgani mavhumligicha qoldi.

 2006-yil dekabr oyida Amerika harbiy xizmatchisi “Manas” aeroportidagi AQSH aviabazasida yonilg‘i tashuvchi qirg‘izistonlik xaydovchini otib o‘ldirdi. Harbiy ustidan sud Amerikada bo‘lib o‘tdi va hakamlar xay’ati uning aybdor ekanligiga dalil yo‘qligi sababli uni oqladi.

 2007-yili Bishkek-Manas avtoyo‘lida “Gansi” aviabazasidagi amerikalik harbiy piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi.

 2019-yilning iyun oyida AQSHning Qirg‘izistondagi elchixonasi xodimasi Marsh Kristin Enn “Lexus RX350” mashinasida Qirg‘iziston fuqarosini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. U ham diplomatik dahlsizlik bahonasi bilan javobgarlikka tortilmadi.

 2019-yil avgust oyida esa AQSH elchixonasi xavfsizligini ta’minlashi kerak bo‘lgan dengiz piyoda qo‘shinlari harbiylari barda mahalliy yoshlar bilan ommaviy mushtlashuv sodir etishdi. Tabiiyki, ular ham javogarlikdan qutulib qolishdi.

 Shar’iy jihatdan, islomiy yurtlarda xorij maxsus xizmatlarining josuslik va qo‘poruvchilik qilishi, daxlsizlikni buzib, xoinlar sotib olish bilan shug‘ullanadigan inlar qurishiga yo‘l qo‘yishlik joiz emas. Mustamlakachi davlatlar bosib, egallab olgan yerlarini hech qachon o‘z ixtiyorlari bilan tashlab chiqib ketishmaydi. Xuddi shuningdek, garchi qirg‘iz hukumati binoga tutash yerni 49 yilga ijaraga beryapmiz deb iddao qilishlariga qaramay, rus bosqinchilari bu yerni o‘z ixtiyorlari bilan belgilangan vaqtda tashlab chiqib ketishmaydi. Ularni faqat o‘zidan qudratli bo‘lgan boshqa bir kuchgina majburlab chiqarib yubora oladi. Allohning izni bilan tez kunlarda qayta barpo bo‘ladigan Islom davlati amalda urush holatida bo‘lgan mustamlakachi davlatlar uchun elchixonalar ochishga, mamlakatda biror bir davlatning harbiy bazasi bo‘lishiga, mustamlakachi davlat harbiylari mamlakatda emin-erkin izg‘ib yurishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.