Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

0
163

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islomning inson va jamiyatga sog‘liqni saqlash nuqtai nazaridan qarashi

Islom keng qamrovli, mukammal nizomni olib keldi. Bu nizom insonning g‘ariza va uzviy ehtiyojlarini qondirish uchun lozim bo‘lgan barcha amallarni tartibga soladi. Bu qondirish inson fitratigi mos keladi va islomiy jamiyat prinsiplariga hamohang bo‘ladi. Islom ushbu nizomga qarshi chiqishdan ogohlantirdi. Chunki bu qarshilik fasod va buzuqlikka olib keladi. Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

يَا مَعْشَرَ الْمُهَاجِرِينَ! خَمْسٌ إِذَا ابْتُلِيتُمْ بِهِنَّ، وَأَعُوذُ بِاللَّهِ أَنْ تُدْرِكُوهُنَّ:

لَمْ تَظْهَرِ الْفَاحِشَةُ فِي قَوْمٍ قَطُّ، حَتَّى يُعْلِنُوا بِهَا، إِلَّا فَشَا فِيهِمُ الطَّاعُونُ، وَالْأَوْجَاعُ الَّتِي لَمْ تَكُنْ مَضَتْ فِي أَسْلَافِهِمُ الَّذِينَ مَضَوْا.

وَلَمْ يَنْقُصُوا الْمِكْيَالَ وَالْمِيزَانَ، إِلَّا أُخِذُوا بِالسِّنِينَ، وَشِدَّةِ الْمَئونَةِ، وَجَوْرِ السُّلْطَانِ عَلَيْهِمْ.

وَلَمْ يَمْنَعُوا زَكَاةَ أَمْوَالِهِمْ، إِلَّا مُنِعُوا الْقَطْرَ مِنَ السَّمَاءِ، وَلَوْلَا الْبَهَائِمُ لَمْ يُمْطَرُوا.

وَلَمْ يَنْقُضُوا عَهْدَ اللَّهِ، وَعَهْدَ رَسُولِهِ، إِلَّا سَلَّطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ عَدُوًّا مِنْ غَيْرِهِمْ، فَأَخَذُوا بَعْضَ مَا فِي أَيْدِيهِمْ.

وَمَا لَمْ تَحْكُمْ أَئِمَّتُهُمْ بِكِتَابِ اللَّهِ، وَيَتَخَيَّرُوا مِمَّا أَنْزَلَ اللَّهُ، إِلَّا جَعَلَ اللَّهُ بَأْسَهُمْ بَيْنَهُمْ

“Ey muhojirlar jamoasi! Beshta ish bor, agar sizlar ularga mubtalo bo‘lsangiz, (tamom bo‘lasizlar). Bu balolar sizlarning boshingizga kelishidan Allohdan panoh so‘rayman;

Bir qavmda fahsh hech qachon zohir bo‘lmagan. Fahshni ochiq oshkor qilishganda esa, ular orasida o‘tgan ota-bobolarida bo‘lib ko‘rmagan vabo va yuqimli kasalliklar tarqalgan.

Mezon va tarozidan urib qolishmagan. Magar ular qaxatchilik va sultonning jabriga mubtalo bo‘lishgan.

Mollaridan zakot berishni man’ qilgan bo‘lsalarki, samodan tushadigan yomg‘ir qatralaridan mahrum etilganlar. Agar xayvonlar bo‘lmaganida aslo yomg‘ir yog‘masdi.

Allohning ahdini va Rasulining ahdini buzishmagan, magar Alloh ularning ustiga o‘zlaridan boshqalarni – dushmanlarini hukmron qilib qo‘ygan. Natijada ularning qo‘llaridagi ayrim narsalarni olib qo‘yganlar.

Ularning imom(yetakchi)lari Allohning Kitobi bilan hukm yuritmagan, Alloh nozil qilgan narsani tanlamagan, magar Alloh ularni o‘zlari bilan o‘zlarini ovora qilib, boshlariga musibatlar tushirgan.” Ibn Mojja o‘z Sunanida, Hokim o‘z Mustadrokida rivoyat qilgan. Va bu hadisni isnodi sahih degan.

Insonlar ulardan behojat bo‘la olmaydigan manfaat va imkoniyatlar bo‘lgani uchun Islom tartiblagan va sog‘liqni saqlash hamda tibbiyot o‘z e’tiborini qaratgan o‘rinlardan birida Rasululloh sallollohu alayhi va salam mana bunday marhamat qilganlar:

مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِنًا فِي سِرْبِهِ مُعَافًى فِي جَسَدِهِ عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا بِحَذَافِيرِهَا

“Sizlardan kimning ko‘ngli xotirjam bo‘lsa, tani-joni sog‘ bo‘lsa, kundalik yeydigan taomi bo‘lsa, go‘yo u butun dunyoni qo‘lga kiritgandek bo‘libdi”. Termiziy rivoyat qilgan va bu hadisni hasan g‘arib degan.

Islom insonning jonini, aqlini, naslini, insoniy karomatni va xotirjamlikni saqlashni jamiyatni saqlab qolish uchun sobit bo‘lgan eng oliy maqsadlar qatoriga kiritdi, jumladan:

Islom insonning jonini saqlab qolish uchun nohaq odam o‘ldirishni va insonning joniga tajovuz qilishni harom qildi. Buning qarshisida qasosni yo‘lga qo‘ydi. Alloh ta’olo aytadi;

وَلَكُمْ فِي الْقِصَاصِ حَيَاةٌ

“Sizlar uchun qasosda hayot bordir”.[2:179].

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

إن الله يعذب الذين يعذبون الناس في الدنيا

“Albatta Alloh ta’olo bu dunyoda insonlarni azoblaydigan kishilarni O‘zi azoblaydi”. Muslim rivoyati.

Islom insonga jonini saqlab qolish uchun ayrim haromlarni iste’mol qilishga ruxsat berdi. Alloh aytadi:

فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ ۚ

“Kimki zolim va haddan oshmagan holida nochor vaziyatda qolsa gunohkor bo‘lmaydi”. [2:173].

Alloh insonga o‘z jonini saqlab qolish yo‘lida urushish, jang qilish huquqini berdi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

ومنْ قُتلَ دُونَ دمِهِ فهُو شهيدٌ

“Kim o‘z jonini saqlab qolish yo‘lida qatl etilsa, bas u shahiddir”. Termiziy rivoyat qilgan va uni hasan, sahih degan.

Aqlni saqlab qolish uchun Islom uni (aqlni) o‘ziga loyiq bo‘lgan nufuzli maqomga qo‘ydi. Zero uni manotut taklif – taklif o‘rni deya belgiladi. Islom aqlni ishlatishga targ‘ib qildi. Shuning uchun ham Islom inson qanoat xosil qiladigan sahih aqidaga yetish uchun undan tadabbur va tafakkurni, shar’iy hukmga yetish uchun ijtihod qilishni talab qildi. Islom ulamolarning martabasini yuqori ko‘tardi. Alloh ta’olo marhamat qiladi:

ۗ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ

“Ayting (ey Muhammad)! Biladigan ilmli olimlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurlarmi?!”. [39:9].

Aqlni ishlash faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadiganki narsaning barchasini Islom harom qildi. Aroq ichish, narkotiklar iste’mol qilish, jodugarlik kabi illatlardan qaytardi. Aqllarni muhofazasi uchun bunday buzuq ishlar bilan shug‘illanadigan kimsalar ustidan jazo choralarini belgiladi.

Islom inson zotini saqlash uchun naslni ko‘paytirishga undadi. Yoqimli serpusht ayollarga uylanishni targ‘ib qilgani holda lustratsiyani (bichishni) harom qildi. Nasl nasabni saqlab qolish uchun zinoni harom qildi va buning uchun keskin uqubot chorasini belgiladi. Islom farzandlarga g‘amxo‘rlik qilishga va ularni chiroyli tarbiya berishga undadi. Xususan, qizlarga. Chunki ular oila binosidagi asosiy rukn bo‘lib, farzdlar tarbiyasidagi asosiy rolni ham ular o‘ynaydilar. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi va salam marhamat qiladilar:

مَنْ كَانَ لَهُ ثَلاثُ بَنَاتٍ فَصَبَرَ عَلَى لأْوَائِهِنَّ وَضَرَّائِهِنَّ وَسَرَّائِهِنَّ أَدْخَلَهُ اللَّهُ الْجَنَّةَ بِفَضْلِ رَحْمَتِهِ إِيَّاهُنَّ فَقَالَ رَجُلٌ أَوْ ثِنْتَانِ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ أَوْ ثِنْتَانِ فَقَالَ رَجُلٌ أَوْ وَاحِدَةٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ أَوْ وَاحِدَةٌ

“Kimning uch nafar qizi bo‘lsa, bas u odam o‘z qizlarining mashaqqat va qiyinchiliklariga sabr qilsa, Alloh ta’olo bu odamni o‘z qizlariga marhamat ko‘rsatganligi uchun jannatga kirgizadi”.

Shunda bir kishi; Yo Rasulalloh, ikkita qizi bo‘lsachi, – deb so‘radi. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Ikkita bo‘lsa ham”, – dedilar. Yana bir kishi: Bitta bo‘lsachi,- deb so‘radi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam esa, unga : “Bitta bo‘lsa ham”, – deb javob berdilar. Hokim o‘z “Mustadrok” asarida rivoyat qilgan va uni isnodi sahih hadis degan.

Islom insoniy karomat, inson qadr qimmatini muhofaza etdi. Alloh insonni yaratgan kundanoq mukarram qildi. Farishtalardan Odamga sajda qilishlarini talab etdi. Alloh aytadi:

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلًا

“Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda (ot-ulov va kemalarga) chiqarib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizqu ro‘z berdik va ularni O‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik”. [17:70].

Alloh ta’olo insonga juda ko‘p maxluqotlarni bo‘ysundirib berdi. Alloh aytadi:

أَلَمْ تَرَوْاْ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ…

“Qaramaysizlarmi, albatta Alloh sizlarga osmonlar va yerdagi narsalarni bo‘ysindirib berdi”.[31:20].

So‘ngra Islom insonni nohaq urishni harom qilar ekan uning qadr qimmati buyuk ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Zulm o‘tkazib insonni urganni la’nat bilan ogohlantirdi. Insonga ma’naviy ozor berishni ham harom qildi. Shuning uchun uni masxaralash, g‘iybat qilish, unga nisbatan bo‘xton to‘qish, ig‘vo qilish va insonga laqab qo‘yishni harom qildi. Pokiza ayollarni zinokor deb to‘xmat qilganlarga 80 darra urish haddini belgiladi. Insonlar karomatiga dog‘ tushirgan yoki ular ustidan yolg‘on guvohlik bergan kimsalarga nisbatan ta’zir choralarni yo‘lga qo‘ydi. Islom insonning qadr qimmatini uning hayotlik chog‘idagina himoya qilish bilan cheklanmay, balki uning vafotidan keyin ham bu ehtiromni kafolatladi. Buning uchun o‘lgandan keyin uni g‘usl qildirishni, kafanlashni va dafn etishni yo‘lga qo‘ydi. Mayyitning jussasiga ozor yetkazishdan qaytardi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

كسر عظم الميت ككسره حيًّا

“Mayyitning suyagini sindirish uning tirikligida suyagini sindirish bilan barobardir”. Ibn Habbon o‘z sahihida rivoyat qilgan.

Xavfsizlikni saqlash Islomda umumiy asosiy huquqlardandir. Darhaqiqat, Islom xavfsizlikka raxna soluvchilarga, yo‘l to‘sarlik qiladigan, odamlarning mollariga va jonlariga tajovuz qiladigan hamda insonlarni xavf-xatar ostiga qo‘yadiganlarga qarshi nayza haddini ya’ni o‘lim jazosini belgiladi. Alloh ta’olo aytadi:

إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الْأَرْضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم مِّنْ خِلَافٍ أَوْ يُنفَوْا مِنَ الْأَرْضِ..

“Albatta Alloh va payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – o‘ldirilish yo dorga osilish yoki oyoq qo‘llari teskarisiga (ya’ni o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l o‘ng oyoq) kesilishi yohud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir”. [5:33].

Islom fitna tarqatish yoki qo‘rqinchli mish-mishlar tarqatish orqali xavfsizlikka rahna soluvchilarga ham ta’zir beruvchi keskin choralarni ko‘rgan. Xavfsizlik va aholi tinchligini ta’minlash davlatning asosiy burchlaridandir. Xatto Dorul islomda davlat o‘zining xavfsizligini o‘zi qo‘riqlashga qodir bo‘lishi shart qilinadi. Shuning uchun Rasululloh sallollohu alayhi va sallam musulmonlarga hijrat qiladigan yurtlarini xabar bergan paytlarida eng avvalo xavfsizlikni esga olganlar. Ibn Is’hoq o‘z siyratida rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Makkadagi sahobalariga shunday deganlar:

إن الله عز وجل قد جعل لكم إخوانا ودارا تأمنون بها

“Albatta Alloh ta’olo sizlar uchun do‘st-birodarlar bo‘ladigan va sizlar unda amonlikda bo‘ladigan bir yurtni tayyorlab qo‘ydi”.

Ansorlar Rasululloh sallollohu alayhi va sallam va Abu Bakrni qarshilab olishgach, ularga Ahmad sahih isnod bilan Anasdan rivoyat qilganidek:

وقد استقبلهما زهاء خمسمائة من الأنصار حتى انتهوا إليهما فقالت الأنصار : انطلقا آمنين مطاعين

“ U ikkisining yo‘liga taxminan beshyuz ansoriy peshvoz chiqqan va ularga; xush keldingiz, sizlar tinch-omonlikdasiz, amringizga itoat qilurmiz”, deb kutib oldilar.

Islom tatbiq etilishi bilan sog‘liqni, jismoniy va ruhiy salomatlikni yo‘qotish kabi buzuq kapitalistik aqidaning ofatlari va uning iztiroblari zohir bo‘lishiga olib kelgan sharoitlar o‘z o‘zidan yo‘qoladi. Chunki, Islomda dinlanish g‘arizasi siqib qo‘yilmaydi. Balki, Islomda har bir ishda Allohga tavakkul va Unga e’timod qilinadi. Islomda g‘ariza va uzviy ehtiyojlar, hurriyatlar betizgin qo‘yib yuborilmaydi. Balki ular shar’iy ahkomlar bilan qaydlangan tartibli ravishda qondiriladi va bu ahkomlarga qarshi chiqadiganlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi. Islomda insonlar hayotini va ularning shaxs, jamoat va davlat sifatidagi muomalalariga Mudabbir Xoliq tomonidan o‘ta nozik, daqiq tartib beriladi. Buning natijasida hayot maydonidan qashshoqlik, faqirlik, depressiya, o‘z joniga qasd qilish, zino, oila farokandaligi kabi turmush qiyinchiliklari barham topadi. Moddiy qiymatlarga qo‘shimcha Islom olib kelgan ruhiy, axloqiy, insoniy qiymatlar yuksaladi. Jamiyatda xudbinlik, individualizm yo‘qoladi. Inson Allohning rizoligi bilan xotirjam yashaydi. U kuzatuvda ekanligini va qiyomat kunida hisob-kitob qilinishini biladi. Shuning uchun taqvo, Allohdan qo‘rqish uni har hil razilliklardan, fahsh va munkarotlardan to‘xtatadi. Musulmon biladiki, unga yetgan kasallikning davosini ham Alloh yaratib qo‘ygan. Shu bois ham u dardiga munosib davo izlashga va kasalini muolaja qilishga shoshiladi. Davlat ham insonlarning salomatligi saqlashga harakat qiladi. Davlat ilm-fan erishgan eng yuksak natijalarga ko‘tariladi va u bu borada boshqa xalqlarni ortda ham qoldiradi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishimiz kifoyaki, Islom davlati soyasida, shifoxonalardagi tibbiy xizmatlar evaziga bemorlardan hech qanday pul, mablag‘ talab qilmagan. Hech bir shifoxonada dori-darmon va tibbiy uskunalar taqchilligi bo‘lmagan. Bundan tashqari, shifoxonalarning o‘ziga tobe’ bo‘lgan jome’a-institutlari bo‘lgan. Bu institutlar tabiblarning tajribalarini oshirishga, ularni turar joy, kiyim-kechak bilan ta’minlashga, ovqatlanish va yo‘l xarajatlarini qoplashga yordam bergan. G‘arb davlatlari yosh talabalarini Islom davlatidagi mohir tabiblar qo‘l ostida tibbiyot fanidan ta’lim olishlari uchun yuborishar edi. Davlat insonlarning sog‘lig‘ini saqlashdagi muhim vazifalari uchun tabiblarga va tibbiyot o‘qituvchilariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatardi. Bularning barchasiga sabab shu ediki, Islom sog‘liqni saqlash va tibbiyotni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning quyidagi muborak so‘zlari uchun Islom davlati o‘z fuqarolariga ta’minlab berishi vojib bo‘lgan eng asosiy ehtiyojlar sarasiga kiritgan. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:

الإمام راع ومسؤول عن رعيته

“Imom boshliq va u o‘z raiyyatidan mas’uldir”. Buxoriy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilgan.

Izohlar yo'q