Demokratiyadagi saylovlar, norozilik yurishlari va namoyishlar haqiqiy oʼzgarishni roʼyobga chiqarmaydi! Haqiqiy inqilob demokratiyani qulatib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish bilan boʼladi

0
274

Matbuot bayonoti
Demokratiyadagi saylovlar, norozilik yurishlari va namoyishlar haqiqiy oʼzgarishni roʼyobga chiqarmaydi!
Haqiqiy inqilob demokratiyani qulatib, Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish bilan boʼladi

Demokratik oʼyinda ishtirok etish bizga aslo haqiqiy oʼzgarish olib kelmasligi kundek ravshan. Chunki hozirgi siyosiy va harbiy rahbariyat bu oʼyinda ishtirok etganlarning hammasini oʼz qonun-qoidalariga rioya qilishga majburlaydi va haqiqiy oʼzgartirishga toʼsqinlik qiladi. Ular azbaroyi oʼz manfaatlarini va mustamlakachi xoʼjayinlarining manfaatlarini saqlab qolish uchungina shunday qilishmoqda. Demokratik siyosat hamda norozilik namoyishlari va saylovlar bilan demokratik tuzumda ishtirok etish orqali hargiz oʼzgarishga erishib boʼlmaydi. Haqiqat shuki, bugungi tuzumda bu kabi siyosiy harakatlar faqat mavjud rejimning umrini uzaytirishdan boshqa hech narsaga olib bormaydi. Koʼpchilikning ovozi yoki parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruviga oʼtish masalasi ham hargiz haqiqiy oʼzgartirishni roʼyobga chiqarmaydi. Chunki muammolarimizning tub ildizi – demokratiya bilan boshqarayotgan siyosiy partiyadan qatʼiy nazar – demokratiyaning oʼzidir. Mudom, demokratiya davom etar ekan, muammolarimiz ham saqlanib qolaveradi va yanada murakkablashib boraveradi.
Demokratiya doimo hukmron elita oʼrtasida ichki kurashlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda bunga oʼzimiz guvoh boʼlib turibmiz. Kurash xoh siyosiy partiyalar oʼrtasida boʼlsin yoki ular bilan sud hokimiyati oʼrtasida boʼlsin yoki adliya bilan armiya oʼrtasida boʼlsin yoxud armiya bilan siyosiy partiyalar oʼrtasida boʼlsin, hech farqsiz, bu ichki kurashlarning barchasi oxiri hokimiyatni boʼlishib olishga kelishish bilan nihoyasiga yetadi. Chunki bu elita oʼz manfaatlarini doimo xalq hisobiga saqlab qoladi. Demokratiya esa, bizga hech qanday foyda keltirmadi. Chunki u xolis siyosatchilarning energiyasini bekorga zoe ketkazishdan oʼzga narsa emas.
Biz muhtoj boʼlgan haqiqiy oʼzgarishni faqat Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati amaliy tarzda roʼyobga chiqaradi. Yolgʼiz Xalifalikkina Аlloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadi. Faqat ugina butun musulmon yurtlarini bitta kuchli farovon davlatda birlashtiradi. Faqat ugina Аmerika va uning yurtni vayron qiluvchi tashkilotlarini yurtlarimizdan quvib chiqaradi. Faqat ugina qurolli kuchlarimizni Аlloh yoʼlida jihodga safarbar etish bilan Kashmir va Falastin kabi bosib olingan yurtlarimizni ozod etadi.
Darhaqiqat, haqiqiy oʼzgartirishning sharʼiy tariqati kuch-qudrat sohiblaridan Islom bilan hukm yuritishga nusrat talab qilishdan iboratligi Paygʼambar ﷺ Sunnati bilan sobit boʼlgan. Chunki siyratda bunday keladi:
«خَرَجَ رَسُولُ اللهِ ﷺ إلَى الطَّائِفِ، يَلْتَمِسُ النُّصْرَةَ مِنْ ثَقِيفٍ، وَالْمَنَعَةَ بِهِمْ مِنْ قَوْمِهِ وَرَجَاءَ أَنْ يَقْبَلُوا مِنْهُ مَا جَاءَهُمْ بِهِ مِنْ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ»
«Rosululloh ﷺ Toifga chiqdilar va Saqif qabilasidan nusrat berishni va oʼz qavmlaridan mudofaa qilishni talab qildilar hamda ularga Аlloh Аzza va Jalladan olib kelgan narsalarni qabul qilishlarini umid qildilar». Shuning uchun biz bugun Pokiston Quroli Kuchlaridan Islom bilan hukm yuritishga nusrat talab qilmogʼimiz lozim.
Ey Pokiston Qurolli Kuchlari!
Pokistondagi siyosiy partiyalar, armiya va sud tizimi oʼrtasida boʼlayotgan bunday tinimsiz behuda janglarga chek qoʼying. Bu siyosiy elitani hokimiyat, mansablar, unvonlar va vakolatlardan boshqa narsa qiziqtirmaydi. Аlloh va Rosulining daʼvatiga labbay deb javob qiling hamda demokratiyani qulatib, xalqimizni koʼplab azob-uqubatlardan qutqaring. Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikka nusrat bering.
Аlloh Taolo bunday deydi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ﴾
«Ey moʼminlar, Аlloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Аnfol 24]

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi matbuot boʼlimi

Izohlar yo'q