BMT Qirgʼiziston qashshoqlikdan chiqishi uchun 90 million dollar ajratadi

30
0

BMT Qirgʼiziston qashshoqlikdan chiqishi uchun 90 million dollar ajratadi

Xabar: BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi 2023-2027 yillarga moʼljallangan strategik rejaga koʼra, Qirgʼizistonda qashshoqlikni bartaraf etish uchun 90 million dollar ajratadi. Bu haqda Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, bu pullar qashshoqlikni bartaraf etish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirishga sarflanadi. Qirgʼiziston ham qashshoqlikka qarshi faol choralarni joriy etish loyihalari uchun yana 15 million dollar oladi.
Vazir Qudaybergen Bazarbaev Qirgʼizistonda 105,5 ming oila ijtimoiy nafaqa olishini maʼlum qildi.
“108 mingdan ortiq qirgʼizistonlik oziq-ovqat evaziga mahalliy infratuzilmani yaxshilash boʼyicha loyihalarda ishtirok etdi. Loyihada yana 20 ming kishi ishtirok etib, “ish (oʼqitish) uchun naqd pul” olishdi. 3 mingga yaqin kishi davlat bilan ijtimoiy shartnoma tuzib, byudjetdan tekin mablagʼ olib, oʼz biznesini yoʼlga qoʼydi”, – dedi Bazarbaev.
Milliy statistika qoʼmitasining maʼlumotlariga koʼra, Qirgʼizistonda qashshoqlik darajasi oshib bormoqda. 2019 yilda uning darajasi 20,1 foizni tashkil etgan boʼlsa, 2022 yilda 25,3 foizga oshgan, 2021 yilda umumiy 33,3 foizni tashkil etgan. Oʼsha yili oʼta qashshoqlik darajasi 6 foizga yetgan. Tahlilchilarning aytishicha, qashshoqlik shaharda ham, qishloqda ham oshib bormoqda.

Izoh: Bugungi kunda nafaqat Qirgʼiziston, balki butun dunyoda hukm surayotgan iqtisodiy inqirozlar, qashshoqlik va ocharchilikning yagona sababchisi ustimizda hukm yuritayotgan kapitalizm tuzumidir. Xalqaro va mintaqaviy qonunchilik bilan mustahkamlangan ushbu tuzum boylarning yanada boyishiga va kambagʼallarning yanada qashshoqlashishiga yoʼl ochadi. Chunki, bu tuzum boshqa erkinliklar qatorida mulk erkinligini ham oʼz ichiga oladi, yaʼni har kim xohlagan yoʼl bilan mulkka egalik qilish huquqiga ega. Kapitalizm tuzumining qashshoqlikni qanday keltirib chiqarishiga kelsak, bu tuzum oʼz gʼoyasini mustamlakachilik bilan tarqatadi. Yaʼni yirik davlatlaring ishi yurtlarni bosib olish, xalqlarga zulm qilish, boylik va resurslarni talon-toroj etib, mamlakat aholisini ulardan mahrum qilishdan iborat.

BMTning hisobotlaridan birida bunday deyiladi: “Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi 4.3 milliard kishini tashkil qiladi. Ulardan uch milliardga yaqini qashshoqlik chegarasida yashamoqda, yaʼni ulardan har birining kunlik xarajati 2 АQSh dollarni, 1.2 milliardining xarajati esa, 1 dollardan ozroqni tashkil qiladi. Buning muqobili oʼlaroq, Gʼarb statistik maʼlumotlariga koʼra, sanoati rivojlangan mamlakatlar butun dunyo imtiyozlarining 97 foiziga, transmilliy davlatlar kompaniyalari texnologiya, ishlab chiqarish va marketing afzalliklarining 90 foiziga ega. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi bevosita xorijiy investitsiyalar foydasining 80 foizdan ortigʼi 20ta boy davlatlarga ketmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda shuning guvohi boʼldikki, aholining 33.3 foizi foydalanish uchun xavfsiz, sterillangan suv yoki toza ichimlik suviga ega emas, 25 foizining yetarli uy-joyi yoʼq, 20 foizi eng oddiy tibbiy xizmatlardan mahrum, bolalarning 20 foizi maktabning beshinchi sinfigacha oʼqiydi, maktab oʼquvchilarining 20 foizi toʼyib ovqatlanolmaydi. Dunyodagi uchta eng boy odamning boyligi dunyodagi 48 nafar eng qashshoq mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga teng. Dunyodagi 200 nafar eng boy odamning boyligi dunyo aholisining 42 foizining daromadidan koʼp”.

Mustamlakachi davlatlar manfaatlarini himoya qilish uchun tashkil etilgan BMT “uchinchi dunyo” davlatlarini ular tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro qonun va meʼyorlarga itoat qilishga majburlab keladi. Ushbu qonunlar sababli bu davlatlar iqtisodiy rivojlanishning asosi boʼlgan ogʼir sanoat, stanoksozlik va qurolsozlik sanoatini yoʼlga qoʼyishlari taqiqlangan. Bu davlatlar yetakchi davlatlar uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi va faqat qishloq xoʼjaligi sohasiga bogʼlab qoʼyilgan. Qishloq xoʼjaligi uchun zarur boʼlgan texnikalar esa yana oʼsha mustamlakachilarga bogʼliq. BMT esa rivojlanayotgan va qashshoq davlatlarda falon million odam toʼyib ovqatlanmaydi, falon foiz qashshoqlar bor, dunyo xalqiga ocharchilik xavf solyapti deb “timsoh koʼz yoshi” toʼkishdan charchamaydi…

Аllohning izni bilan barpo boʼlajak Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati qashshoqlik va uning sabablarini yoʼq qiladi, insonlarni ochkoʼz kapitalistik tuzumdan himoya qilib, barcha shaxslarning asosiy ehtiyojlarini taʼminlaydi hamda boyliklarga ega boʼlishlarini, yaʼni qishloq xoʼjaligi, sanoat, chorvachilik, ovchilik kabi molga ega boʼlish ahkomlari orqali boylikning bevosita manbalariga ega boʼlish imkoniyatini yaratib beradi. Kimda-kim biror uzr sababli bunga erisha olmasa, uning molga ega boʼlishini Xalifalik davlati sharʼiy ahkomlar orqali Baytulmoldan taʼminlaydi.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.