«Ummatimning oxirida shunday bir xalifa chiqadiki, mol-davlatni hovuchlab beradi, uning koʼpligidan sanogʼiga yetolmaydi»

168
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«Ummatimning oxirida shunday bir xalifa chiqadiki, mol-davlatni hovuchlab beradi, uning koʼpligidan sanogʼiga yetolmaydi»

Ey musulmonlar!
Biz sizni kapitalistik tuzum va uning iqtisodiy-moliyaviy nizomini rad etishga, davlatlararo bosimlarga, gumanitar yordamlarga, banklar kriditlariga rozi boʼlmaslikka daʼvat qilamiz. Buning muqobili oʼlaroq, siz islomiy hazoriy loyihani jonlantirishingiz, shu orqali Islomdagi odil iqtisod nizomi soyasida tinch-xotirjam, iqtisodiy va moliyaviy krizislardan holi yangi hayotga musharraf boʼlmogʼingiz darkor. Zero, Islomda shunday bir rabboniy tuzum tatbiq qilinadiki, u jamiyatdagi biror sinfning boshqa insonlar ustidan hukmron boʼlishini oldini oladi.
Islomning oʼzidan tuzum balqib chiqadigan mabda sifatida, oʼzining barcha nizomlarini, shu jumladan iqtisod nizomini tatbiq etishi bizning muammo va krizislarimizning yechilishiga kafildir. Chunki Islom tuzgan va oʼzining iqtisod nizomiga poydevor qilgan asoslarning oʼzi yurtlarimizdagi iqtisodiy krizislarni bizning oʼsib, rivojlanishimizni istamaydigan mustamlakachi ajnabiy xalqaro tashkilotlardan kredit olmasdan hal etishga qodir. Ushbu asoslar shuningdek, boyliklarni jamiyatda adolat bilan taqsimlanishini taʼminlaydi va hech kimning, hech qanday boylar va ajnabiy kompaniyalarning yurtlarimiz va fuqarolarimiz potentsiallariga daxl qilishiga yoʼl qoʼymaydi.
Ushbu yechimlar xayol narsa emas. Bular voqelikni yechadigan fikr boʼlib, islomiy tarixda Xalifalik zamonida amalda tatbiq qilingan va ommatan samara bergan. Аllohning izni, ila yaqinda – Rosululloh ﷺ quyida marhamat qilganlaridek – yana tatbiq oʼrniga qaytadi:
«يَكُونُ فِي آخِرِ أُمَّتِي ‌خَلِيفَةٌ يَحْثِي ‌الْمَالَ حَثْياً، لَا يَعُدُّهُ عَدَداً»
«Ummatimning oxirida shunday bir xalifa chiqadiki, mol-davlatni hovuchlab beradi, uning koʼpligidan sanogʼiga yetolmaydi». (Imom Muslim rivoyati).
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.