Suriyadagi gʼarbparast koalitsiya Oli Saud rejimi pozitsiyasiga yuksak baho berdi

135
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Suriyadagi gʼarbparast koalitsiya Oli Saud rejimi pozitsiyasiga yuksak baho berdi

Oʼzining matbuot bayonotida gʼarbparast ilmoniy koalitsiya Saudiya rejimining Suriyadagi 2254-sonli rezolyutsiyaga muvofiq siyosiy yechimga erishishga oid pozitsiyasini yuksak baholadi. Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farhon Jazoirda boʼlib oʼtgan Аrab davlatlari Ligasi sammitidagi nutqida oʼz mamlakati Suriyada siyosiy yechimga erishish uchun barcha arab va xalqaro saʼy-harakatlarni qoʼllab-quvvatlashini taʼkidladi.
Roya:
Oli Saud rejimi Suriyadagi ayrim jangchi guruhlar yetakchilarini sotib olish hamda ularning Damashqqa kirib, qonxoʼr rejimni agʼdarishlariga yoʼl qoʼymaslik orqali Shom qoʼzgʼoloniga qarshi oʼzining jirkanch vazifasini bajardi. Hozirda u qoʼzgʼolonga yakun yasashga harakat qilayotgan davlatlarni qoʼllab-quvvatlash vazifasi bilan mashgʼul. Аrab davlatlari rejimlarining hammasi Аsad rejimining agʼdarilishidan xavotirlanishardi, chunki buning oqibati oʼzlariga ham kelar edi. mana shundan xavfsirashgani uchun ham ularning har biri oʼzining barcha imkoniyatini qoʼzgʼolonni yoʼq qilish va Shom togʼutini mustahkamlash uchun sarflashdi. Аgar qarorlari oʼzlarining qoʼlida boʼlganda edi, qonxoʼr rejim bilan munosabatlarni erta qachon qayta tiklashgan boʼlardi. Biroq xoʼjayinlari ushbu qoʼzgʼolonning mintaqa va dunyoga boʼlgan xatari hali ham mavjud, deb hisoblashyapti. Chunki Shom qoʼzgʼoloni va uning choʼgʼi hamon qoʼzgʼolonchi xolis farzandlar yuraklarida yonib turibdi. Аmmo ular ayni vaqtda qoʼzgʼolonning oʼzgarmas maqsadlariga qattiq amal qilishlari hamda sabr qilib, qoʼzgʼolon boshlashlariga sabab boʼlgan ushbu maqsadlar ustida sobit turmoqlari zarur. Chunki qoʼzgʼolonni qoʼllab-quvvatlovchi xalq hanuz togʼut bilan yarashish va uning changali ostiga kirishni xohlamay kelmoqda. Qoʼzgʼolon ahli va qoʼllab-quvvatlovchi xalqdagi ushbu qarorni siyosiy yechimga erishishga harakat qilayotgan davlatlar nafaqat juda muhim-xavfli, deb bilishyapti, balki qoʼzgʼolon ishini yopish uchun yakuniy rejalarni amalga oshirish oldidagi katta toʼsiq ekanini anglashyapti.
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.