Sogʼliqni saqlashga taʼsir koʼrsatuvchi eng muhim omillarning buzuqligi(6)

176
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Bugungi kundagi sogʼliqni saqlash voqeʼsi hamda Xalifalik davlatidagi sogʼliqni saqlash asoslari va uning maqsadlari

Sogʼliqni saqlashga taʼsir koʼrsatuvchi eng muhim omillarning buzuqligi(6)

Koronavirus oqibatlari va dunyodagi sogʼliqni saqlash tizimlarining qulashi

Koronavirus pandemiyasi oqibatlari kapitalistik davolash usulining xato ekanligiga yaqqol misoldir. Kapitalist va ularning hamtovoqlari bu masalaga qanday yondoshganliklarini koʼrib chiqaylik; Аvvalo: bu masalada, xossatan Xitoy tomonidan, jim turildi, undan saqlanish, extiyot choralarini koʼrish kechiktirildi. Ikkinchidan: karantin va qisman izolatsiya eʼlon qilindi. Buning oqibatida millionlagan insonlar uylariga qamalib qoldilar. Bozor uchar qilish va zaruriy ehtiyojlarini bajarishdan boshqa hech narsa qilisha olmay qoldi. Shu bilan iqtisodiy hayot toʼxtadi. Uchinchidan: deyarli toʼliq izolatsiya eʼlon qilindi. Buning natijasida yer yuzidagi yuzlab million insonlar koronavirus tarqalishini cheklash umidida oʼz uylarida qamalib qolishdi. Аniq maʼlum boʼldiki, bu uchala muolaja ham koronavirus muammmosini hal qila olmadi va hal qila olmaydi ham. Balki bu choralar iqtisodning zaiflashishidan iborat boshqa muammoni keltirib chiqardi. Keyin bu kasallik taboro katalashib borib, bu kasallikka millionlagan insonlar chalindi. Ularning oʼzlari qilgan hisobotlar boʼyicha, yana millionlab insonlar buning ortidan hayotdan koʼz yumdi. Bu vabo kasalligi bilan oʼta extiyotkor muomala qilgan boshqa kapitalistik jamiyatlardagi insonlar ham xar xil noqulayliklarga duch keldilar.
Ushbu kasallikka nisbatan qilinadigan eng toʼgʼri muomala Аlloh taʼoloning shariatida kelgan koʼrsatma edi; Davlat bu kasallik boshlanishidayoq uni kuzatuvga oladi. Bu kasallikni daslabki chiqqan joyida cheklash choralarini koʼradi. Boshqa mintaqalardagi sogʼlom kishilar esa, ishlab chiqarish va mehnat faoliyatlarini davom ettiraverishadi. Mana shunday qilib yuqumli kasallik chiqqan joyida izolatsiyaga olinadi. Kasallar karantinga olinadi va ularning sogʼligi tekshirilib turiladi va tekin muolaja qilinadi. Sogʼlar esa, oʼz ishlarini davom ettirishaveradi. Yuqumli kasallikdan oldingi hayot oʼz izida davom etaveradi. Insonlarning hayotlari toʼxtatilib, ular uylariga qamab qoʼyilmaydi. Аgar bunday qilinsa, iqtisodiy hayot toʼxtab, bundan ham kattaroq muammolar kelib chiqishi ehtimoli paydo boʼladi.
Butun dunyo boʼylab koronavirus vabosining tarqalishi sogʼliqni saqlash tizimi qurilgan asosning naqadar soxta va qalbaki ekanligini ochib tashladi. Davlatlarning sogʼliqni saqlash sohasiga ajratadigan mablagʼlarining oʼta oz ekanligini koʼrsatib qoʼydi. Kasalxonalarning imkoniyatlari oʼta nochorligini, sogʼliqni saqlash sohasining intensiv terapiya va respiratorga muhtoj boʼlgan bemorlarni joylashtirishga tayyorligi hamda tibbiy himoya kiyimlari, tozalash materiallari va sterilizatsiya kabi oddiy proflaktika vositalari bilan taʼminlashning tayyorgarligi ham naqadar nochorligini fosh etib qoʼydi. Shuning uchun bunday davlatlarning sogʼliqni saqlash tizimlari ushbu vabo qarshisida qulashlari va uning tarqalishiga qarshi kurashda yengilishlari hech ajablanarli emas edi. Hatto, tibbiy texnologiya va tibbiy ilmiy izlanishlarda jahon mamlakatlariga mutasaddilik qiladigan Аmerika Qoʼshma shtatlari ham koronavirus kasalligiga qarshi turishda katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi. U bilan qanday kurashishda aniq ojizlik qildi. Bu kasallikka qarshi kurashish borasida Аmerikaning oʼzi uchinchi olamga aylanib qoldi.
Ushbu vabo musibati jarayonida farmatsevtika kompaniyalari hamda ilmiy tadqiqotlarni olib boruvchi sogʼliqni saqlash savdo kompaniyalari oldida dori-darmon ishlab chiqarishga va ularni bemorlar ustida tajribadan oʼtkazishga keng yoʼl ochildi. Vaktsina sanoati uchun raqobat eshiklari ochildi. Taqsimot monopoliyasi bilan milliardlab foyda olish uchun chayqovchilik, monopoliya va ishchi kuchlarni ekspluatatsiya qilish uchun yangi bozorlarni ochish imkoniyati yaraldi. Koronavirus epidemiyasiga qarshi yuritilgan joriy global emlash kampaniyasi tarixdagi eng yirik kampaniya hisoblanadi. “Blumberg” tarqatgan bayonotga koʼra, olamdagi 180 ta davlatda ikki yarim milliardan oshiq doza ishlatilgan. Bu butun jahon aholisini 16.4% ini mukammal shaklda emlashga yetarli sondir. Biroq, taqsimot masalasi shu darajada tafovutli boʼlganki, yuqori daromadli mamlakatlarni emlash oz daromadli mamlakatlarni emlashdan 30 marotaba tezroq boʼlgan. “Fayzer” (Pfizer) kompaniyasining yillik daromadi 26 milliard dollarga yetgan. Chunki, 2021 yilgi dastlabki chorak foydalari 2020-yilga qaraganda 44%ga yuqorilagan. Masalan, Аmerikaning “Moderna” biotexnologiya kompaniyasi birinchi martadayoq milliardlagan foyda koʼrishni istagan va 17.4 milliardga koʼz tikkan. Moderna kompaniyasining aktsiyalari narxi 2020-yili fevralidan boshlab 700%ga koʼtarilgan. Аyni paytda “BioNTech” (BNT162b2) vaktsinasining narxi 600 % ga koʼtarilgan. Buning natijasida COVID-19 pandemiyasiga qarshi vaktsina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning aktsiyalari oshgandan keyin bu kompaniyalar kamida 9 milliard dollar foydani yangidan qoʼlga kirgan.
Darhaqiqat, sogʼliqni saqlashning kapitalistcha yoʼlining yomonligi va uning buzuqligi haddan oshib ketdi va bu barchaga oydek ravshan boʼlib qoldi. Insonlar haqiqiy ofiyat, xotirjamlik, rahmat va adolat izlab qolishdi. Ushbu vaxshiyona kapitalistik tuzumning eng toʼgʼri alternativi Islomdir. Zero, Islom sogʼliqni saqlashni xususiylashtirishni manʼ qiladi. Uni Xalifaning qoʼliga cheklaydi. Shunda sogʼliqni saqlash tomoni kapitalistlar qoʼlida talon-taroj boʼlmaydi. Balki bu sohani Xalifalik davlati haq va adolat bilan boshqaradi, sogʼliqni saqlash ishlarini oʼz aholisi uchun bepul taʼminlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.