Erdogan daromad topish uchun Turkiyaning yahudiy vujudi bilan aloqalarini davom ettirish niyatida!

33
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Erdogan daromad topish uchun Turkiyaning yahudiy vujudi bilan aloqalarini davom ettirish niyatida!

Turk-Press Аnadolu agentligi (hijriy 1444 yil 9 sobiussoniy, milodiy 2022 yil 3 noyabr payshanba kuni) tarqatgan xabarda bunday deyiladi:
«Prezident Rajab Toyyib Erdogan oʼz yurtining «Isroil» bilan munosabatlari, saylov natijalarining qanday boʼlishidan qatʼiy nazar, barqaror asosda, sezgirlik va umumiy manfaatlarni oʼzaro hurmat qilish asosida davom etishini istaydi.
Chorshanba kuni televideniega bergan bayonoti chogʼida Erdogan «Isroil» bilan munosabatlarni normallashtirish harakatiga izoh berar ekan, Turkiya bu yoʼlni oʼzaro aloqalar orqali davom ettirib, barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish umidida ekanini taʼkidladi.
U «Qadriyatlar hurmat qilinar ekan, oʼzaro manfaatli diplomatiya, nafaqat Turkiya va (Isroil)ga, balki, butun mintaqaga foyda keltiradi», deya qoʼshimcha qildi.
Eslatib oʼtamiz, Turkiya bilan «Isroil» oʼtgan yilning 17 avgustida oʼzaro munosabatlarni normallashtirish borasidagi saʼy-harakatlari doirasida diplomatik munosabatlarni elchilar darajasiga koʼtarishga qaror qilganlar».
Roya:
Erdoganning bu bayonoti Netanьyaxu rahbarligidagi yahudiy vujudidagi «oʼta oʼng», deyilayotgan partiyaning Knessetdan 65 oʼrinni egallash bilan gʼalaba qozonishi ortidan yangradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, Erdoganning oʼlchovi faqat daromad va ziyondan iboratdir. Sharʼiy ahkomlarni esa eʼtiborga olmaydi. Holbuki, Аlloh Subhanahu va Taolo musulmonlar ishlarini sharʼiy ahkomlar asosida oʼlchashga buyurgan. Shuningdek, Erdoganning bu bayonoti bugun u – biz uchun Islomni barpo qiladi va Falastinimizni ozod etadi, deya undan umid qilayotgan sodda musulmonlarning tuygʼularidan foydalanayotgan bir paytda yangramoqda. Biroq, Erdogan ushbu muborak zaminni bosib olgan va har kuni musulmonlar daxlsizligini poymol etib, ularning farzandlarini oʼldirishda, yerlarini musodara qilishda va Аqso masjidlarini oyoq osti qilishda davom etayotgan bir vujud bilan munosabatlarini saqlab qolish orqali qator xiyonatlarini toʼxtatmay davom ettirmoqda.
Roya gazetasining 2022 yil 9 noyabr chorshanba kungi 416-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.