Qirgʼizistonga YeXHT elchilari tashrif buyuradi

41
0

Qirgʼizistonga YeXHT elchilari tashrif buyuradi

Xabar: Buyuk Britaniya, Germaniya, АQSh va Frantsiyaning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)dagi doimiy vakillari Markaziy Osiyo boʼylab turnesi doirasida Qirgʼizistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Britaniyaning Bishkekdagi elchixonasi xabar qildi.
Xabar qilinishicha, guruh tarkibida elchilar Nil Bush (Britaniya), Geza Broytigam (Germaniya), Maykl Karpenter (АQSh) va Kristin Faj (Frantsiya) bor.
Hozirgacha ular turne doirasida Tojikiston, Qozogʼiston va Oʼzbekistonda boʼlishdi. Qirgʼizistonga tashrifi chogʼida ular Tashqi ishlar vazirligi rahbarlari bilan uchrashib, Bishkekdagi YeXHT dasturiy ofisi va akademiyasiga borishadi. Elchilar, shuningdek, Qirgʼizistondagi fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashi rajalashtirilgan.
“Markaziy Osiyo biz uchun muhim mintaqa. Shuning uchun biz “toʼrtlik” formatida safar qilyapmiz. Hukumat va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashib, loyihalar bilan joyida tanishamiz. Hamkorlik muhimligini yana bir bor taʼkidlamiz, YeXHT faoliyati va tashkilotning barcha sohalarida xavfsizlikni muhokama qilamiz”, – deyiladi elchixona xabarida.

Izoh: Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti mintaqa davlatlarini bir-biridan ajratib turgan sunʼiy chegaralarni mustahkamlash, “terrorizmga qarshi kurash”, narkotik moddalarning aylanishi va fuqarolik jamiyatlari hamda demokratik institutlarni rivojlantirishga homiylik qilib keladi. Rossiya Ukraina botqogʼiga botib borgani sari Аmerikaning taʼsiri ostida boʼlgan xalqaro tashkilotlar va Yevropa davlatlari rasmiylari Markaziy Osiyoga serqatnov boʼlib qoldi. YeXHT elchilarining mintaqa davlatlari boʼylab uyushtirayotgan turnelari ham shular jumlasidandir. Gʼarb davlatlari inson huquqlari, demokratik institutlarni rivojlantirish, sarmoya kiritish (investitsiya), savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalarida faol hamkorlik qilish bahonasi bilan mintaqa davlatlarini bogʼlab olishga urinishni kuchaytirib boryapti. Mintaqa davlatlari bilan aloqalarni chuqurlashtirish ortidan, oʼz dunyoqarashi va saqofatini ham singdirishga urinmoqda. Shuningdek, bugungi kunda АQSh oldiga qoʼygan asosiy maqsadlaridan biri – mintaqada harbiy baza ochishga erishishdir. Аgar АQSh buni uddasidan chiqsa, mintaqadagi asosiy va muhim manfaatlarda Rossiyani siqib chiqarishda, Xitoyning iqtisodiy ekspantsiyasiga toʼsiq qoʼyish imkoniga ega boʼladi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.