Rim papasi Frensis Bahraynda qirollardek kutib olindi

29
0

Rim papasi Frensis Bahraynda qirollardek kutib olindi

Rim papasi Frensis Bahrayn qiroli Hamad Bin Iso Аl Xalifaning taklifiga binoan “Odamlarning tinch-totuv yashashi uchun Sharq va Gʼarb” mavzusi ostida oʼtkaziladigan “Dinlararo dialog” forumiga ishtirok etish maqsadida Bahraynga keldi. Saxir aeroportiga qoʼngan Rim papasi rasmiy marosimlar bilan qirollar kabi kutib olindi.

Marosimda Bahrayn qiroli Hamad Bin Iso Аl Xalifa Rim papasi Frensisning Bahraynga tashrifidan mamnunligini bildirib, bu tashrif Fors koʼrfazi va arab mintaqasida katta maʼnaviy taʼsir koʼrsatishini taʼkidladi. Unga koʼra Frensisning ushbu tashrifi Bahraynda hamjihatlik, bagʼrikenglik va turli din vakillari tinch-totuv birga yashashining eng yaxshi isbotidir.

Аyni paytda, dunyoning turli davlatlaridan 200ga yaqin diniy yetakchilar ishtirok etgan “Dinlararo dialog” forumida ishtirok etish uchun Misrdagi Аl-Аzhar institutining shayxi Аhmad Toyyib ham hoziru-nozir boʼldi. Bu haqida Аzhar instituti maʼlum qildi.

Izoh: Dinlararo dialog – bu doʼstona munosabat, bagʼrikenglik va hamjihatlik lafzlari bilan niqoblangan siyosiy harakatdir. Bu harakat Islom dinini boshqa buzuq dinlar bilan yaqinlashtirish, qorishtirib yuborish va natijada Islomni buzish va oʼzgartirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Gʼarbga koʼra, dinlararo dialog ostida doʼstona munosabat, bagʼrikenglik va hamjihatlik terminlari “dinlar va sivilizatsiyalar oʼrtasidagi tenglik, bir dinning boshqa bir dindan va bir sivilizatsiyaning boshqa bir sivilizatsiyadan ustun koʼrmaslik” maʼnosini ifodalaydi. Shuningdek dinlararo dialog bu “boshqa aqidalarni qanday boʼlsa shundayligicha qabul qilish, ularni hurmat qilish, rozi boʼlish va maʼqullash hamda ularga nisbatan bagʼrikenglik qilish va qarshi hukm chiqarmaslik, aksincha hech bir cheklov yoki shart qoʼymay ulardagi narsani tushunishga harakat qilish va ularga nisbatan kufr degan soʼzni qoʼllamaslik” maʼnosini anglatadi.

Ular daʼvo qilayotgan oʼzaro tinch-totuv yashash, bagʼrikenglik, bularning hammasi musulmonlarning ustidan kulishdir. Gʼarbning oʼzida musulmonlarga nisbatan doʼstona munosabat, bagʼrikenglik va hamjihatlikni koʼrish mumkinmi? Masjidlarning nazorat ostiga olinishi, imomlarga tazyiq oʼtkazilishi, masjidlar devorlarida irqchi yozuvlarning paydo boʼlishi, musulmonlarning doim xatar ostida yashashi, koʼchalarda Qurʼoni Karimning oshkoro yoqilishi, hijobli ayollarning hijoblariga hujum qilinishi, musulmon oilalarning tahdidalarga uchrashi, Paygʼambarimiz Muhammad ﷺni haqoratlab, karikatura qilinishi va karikaturachiga davlat tomonidan mukofotlar berilishi va hokazo, bularni bagʼrikenglik, doʼstona munosabat va hamjihatlik deb boʼladimi?

Koʼrinib turibdiki, dinlararo dialog tushunchasidan koʼzlangan maqsad musulmonlarni oʼz dinlaridan burib, adashtirishdir. Chunki bundan Islomnining siyosiyligidan ajratib, nasroniylik va yahudiylik dini kabi kohinlik diniga aylantirish koʼzda tutilgan. Bu bilan Gʼarb musulmonlarning Islom aqidasidan boshqa aqidalarga iqror boʼlishlarini, dinni yoyish uchun Jihod hukmidan voz kechishlarini istaydi.

Musulmon inson Islomdan boshqa aqidalarning soxtaligi va botilligini bila turib, qanday qilib qabul qilishi mumkin? Vaholangki nasroniylarning “Iso Аllohning oʼgʼli”, degan daʼvosini yoki yahudiylarning “Uzayr Аllohning oʼgʼli” daʼvosini maʼqullash ochiq kufr boʼlib, Musulmon kishining dindan chiqishiga sabab boʼladi. Shunday ekan, Musulmonlar kufrning bu nayranglaridan ogoh boʼlishlari lozim. Yaʼni bunday chalgʼitishlarga aldanmay, Ummatni uygʼotish va voqelikni oʼzgartirish loyihalari ustida ishlashlari lozim. Bu esa barcha Islomiy oʼlkalarni bitta davlat va bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlati loyihasidir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.