Jozep Borrelь bayonoti Yevropa Ittifoqining moʼrtligini fosh etmoqda

52
0

Matbuot bayonoti

Jozep Borrelь bayonoti Yevropa Ittifoqining moʼrtligini fosh etmoqda

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʼyicha oliy vakili Jozep Borrelning 2022 yil 13 oktyabr payshanba kuni qilgan nutqi irqchilik mazmunida boʼldi. Unga koʼra, Yevropa «bogʼ», dunyoning qolgan qismi esa «chakalakzor» emish. U soʼzini davom ettirib, hatto Yevropa davlatlariga nima qilishni ham belgilab oʼtdi: «Bu chakalakzor bogʼga hujum qilishi mumkin. Bogʼbonlar bunga eʼtiborli boʼlishlari kerak. Biroq, bogʼbonlar uni devorlar oʼrash bilan himoya qila olmaydi. Chunki kichik chiroyli bir bogʼni chakalakzordan himoya qilish uchun baland devorlar bilan oʼrab olish toʼgʼri yechim emas. Balki bogʼbonlar chakalakzorlarga borishlari, yaʼni yevropaliklar dunyoning qolgan qismi bilan yanada koʼproq muloqot qilmoqlari lozim. Аks holda, dunyoning qolgan qismi Yevropaga yurish qilishlari turgan gap». Аmmo u Аmirliklar doxil bir necha davlatlardan tanqidlar eshitgach, bu bayonoti uchun uzr soʼradi va bayonoti notoʼgʼri tushunilganini, ommaviy axborot vositalari bu bayonotni oʼz oqimidan burib yuborganini iddao qildi.
Mazkur bayonot Yevropaning asl basharasini, yaʼni Yevropa gullab-yashnashi va dunyoning qolgan qismi mustamlaka boʼlishi kerak, deb bilishini fosh qildi. Yevropaliklarning tinchlik va barqarorlikka oid shiorlaridan maqsadi birinchi va ikkinchi jahon urushlarida Yevropa mamlakatlari oʼrtasida sodir boʼlgan urushlarni toʼxtatish edi. Dunyoning qolgan qismi vayronalar ostida qoladimi, korruptsiya va talon-torojga duchor boʼladimi, ular uchun buning ahamiyati yoʼq!
Yevropa Ittifoqi tashkil topgandan buyon oʼzaro nizo va xalqlar oʼrtasida boʼlinish kabi krizislardan boshi chiqmay keladi. Bu krizislarning birinchisi shuki, Yevropa Ittifoqi yagona vujud emas, balki bir ittifoqdir. Bu esa uni xalqlarning oʼziga xos oʼjarliklari bilan doimiy ravishda murosa qilishga majbur qiladi. Shuning uchun ham hech bir davlat ittifoq tuzilgandan beri unga yetakchilik qila olmagan. Har safar ulardan biri yetakchilikni egallashga uringanda, uning moʼrtligini fosh etadigan mojaro yuzaga keladi. Britaniyaning 2020 yilda ittifoqdan ajralib chiqishi ham uning moʼrtligining bir koʼrinishi, xolos. Аyni damda Yevropa xalqlari ustidan dahshat va qoʼrquv muhiti hukm surmoqda. Chunki ular ham boshqalar qatori «Shimoliy oqim-1» va « Shimoliy oqim-2» quvurlari yopilganidan keyin va Rossiyadan suyultirilgan gaz oqimi toʼxtatilganidan keyin neftь va gaz narxining aql bovar qilmaydigan darajada koʼtarilishiga duch kelmoqda. Oʼz navbatida, bu ularni qishda talab qilinadigan yuqori isitish xarajatlariga tayyorgarlik koʼrish uchun non mahsulotlari ishlab chiqarish sexlarini yopishga hamda individual darajada iqtisodiy tejamkorlik chora-tadbirlarini koʼrishga majbur qilyapti.
Ha, chindan ham bu muhit ajdodlari ikki jahon urushini boshdan kechirgan xalqlar uchun oʼta dahshatli. Hozirgi avlodlar urushdan, hatto u haqda oʼylashdan ancha yiroq. Urushning oʼrnini hayotdan zavqlanish, rohat-farogʼat egallagan. Shuningdek, qashshoqlik yoppasiga eshik qoqayotganini his qilayotgan xalqlar uchun ham bu muhit juda dahshatlidir.
Shuningdek, 2020 yil koronavirus epidemiyasi chogʼida oʼzini «bogʼ», deyayotgan Yevropaning tomlari yiqilib, huvullab qoldi. Qarabsizki, «bogʼ» otxonaga aylandi. Har bir «otxona» ittifoq tarkibidagi milliy davlat tomonidan alohida boshqarilardi. Ular «sogʼliqni saqlash choralari», bahonasida qoʼshnilari bilan chegaralarini yopib qoʼydi. Bu esa, tibbiy yordamlarning erkin harakatlanishiga toʼsiq boʼldi. Natijada «Evropa xalqlari birligi», degan shiorning yolgʼonligi namoyon boʼldi.
Soʼnggi kunlarda Yevropa pozitsiyalarida paydo boʼlgan Gʼarb ikkiyuzlamachiligi misli koʼrilmagan darajaga yetdi. Bu ham ushbu mamlakatlar qabul qilgan va manfaatlar oʼzgarishi bilan munosabatlar ham oʼzgarib qoladigan kapitalistik mafkuraning asl basharasini fosh etmoqda. Chunki bu mafkura moddiy qadriyatdan boshqa qadriyatlarni tan olmaydi. Uning uchun insoniy, axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarning hech qanday eʼtibori yoʼq. Koronavirus pandemiyasidan oldin Eron bilan boʼlgan iqtisodiy aloqalari bunga dalildir. Pul, resurslar va xomashyolarga erishish qulayligi yoki likvidligi kapitalistik mamlakatlarning tili va dinidir. Bu ularning Yevropa samolyotlarini Eronga sotish shartnomalarida yaqqol koʼrinib turibdi.
Bundan tashqari, soʼnggi yillarda Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qabul qilgan mafkuradan kelib chiqqan saqofatga doir muammolar ham namoyon boʼldi. Bu muammolar ushbu davlatlarni integratsiya siyosatini qoʼllashga undadi. Mazkur siyosat boʼyicha asosan musulmonlar Gʼarbning oʼziga xos aqida va turmush tarziga aralashmagan holda ular bilan hamjihatlikda yashash oʼrniga, Gʼarb qadriyatlariga boʼysunishga majbur qilinmoqda. Bu bilan endi, «bogʼ»ning xilma-xillikni himoya qilish va har kimga moslashish kabi himoya qiladigan va maqtanadigan oliy qadriyati qolmadi. Bu qadriyatlar baʼzan paydo boʼlsa, ehtiyojga qarab, kutilmaganda toʼsatdan yoʼq boʼlib qoladi!
Ey musulmonlar!
Jozep Borrelь oddiy bir yevropalik rasmiy emas. Balki u Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʼyicha oliy vakilidir. Uning bayonotlari barcha yevropalik rasmiylarning koʼz qarashlarini ifodalaydi. Toʼgʼrirogʼi, Gʼarbning dunyoga, xususan, musulmonlar yurtlariga nisbatan koʼz qarashini namoyon etadi. Bu esa, oʼz manfaatlarini roʼyobga chiqaradigan boʼlsa, butun chakalakzorni ham yoqib yuborishga tayyor mustamlakachining koʼz qarashidir. Shunday boʼlgach, siz Xalifalikni qayta barpo etishga shoshilmogʼingiz lozim. Chunki yolgʼiz Xalifalik armiyasigina Yevropaning ochkoʼzliklariga va uning ketma-ket salibchilik hamlalariga qarshi himoya qalqoni boʼla oladi. Аlloh Taolo bunday deydi:
﴿قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الآيَاتِ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ﴾
«Ularning sizlarni yomon koʼrishlari ogʼizlaridan oshkor boʼldi, dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Аgar aql yuritsangiz, sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib qoʼyganmiz»
[Oli Imron 118]
Jozep Borrelь va uning ortida turgan yevropalik rahbarlarga kelsak, ularga Аlloh Taoloning ushbu kalomi bilan murojaat qilamiz:
﴿فَعَسَى رَبِّي أَن يُؤْتِيَنِ خَيْراً مِنْ جَنَّتِكَ وَيُرْسِلَ عَلَيْهَا حُسْبَاناً مِنَ السَّمَاءِ فَتُصْبِحَ صَعِيداً زَلَقاً  أَوْ يُصْبِحَ مَاؤُهَا غَوْراً فَلَن تَسْتَطِيعَ لَهُ طَلَباً  وَأُحِيطَ بِثَمَرِهِ فَأَصْبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيْهِ عَلَى مَا أَنفَقَ فِيهَا وَهِيَ خَاوِيَةٌ عَلَى عُرُوشِهَا وَيَقُولُ يَا لَيْتَنِي لَمْ أُشْرِكْ بِرَبِّي أَحَداً  وَلَمْ تَكُنْ لَهُ فِئَةٌ يَنصُرُونَهُ مِن دُونِ اللَّهِ وَمَا كَانَ مُنتَصِراً﴾
«Shoyadki, Parvardigorim menga sening bogʼingdan yaxshiroq (bir bogʼ) ato etar (sening bogʼingga esa) osmondan chaqmoqlar yuborur, bas, u sip-silliq yerga aylanib qolur. Yoki uning suvi (erga singib ketib, sen u)ni istab ham topa olmay qolursan». (Darhaqiqat), uning meva-bogʼi halok qilindi. Oʼzi esa huvullab qolgan ishkomlarini (koʼrib) va ularga sarflagan narsalarini (oʼylab), chapak chalganicha (afsus-nadomat chekkanicha): «Qani edi, men ham Parvardigorimga hech kimni sherik qilmaganimda!» deb qolaverdi» [Kahf 40-42]

Hizb ut-Tahrirning
markaziy matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.