Bu harakat rejimni oʼzgartirish uchunmi yoki faqatgina uning boshini oʼzgartirish uchunmi?!

44
0

Matbuot bayonoti
Bu harakat rejimni oʼzgartirish uchunmi yoki faqatgina uning boshini oʼzgartirish uchunmi?!
Misrdagi krizisga uning boshi emas, balki tuzumi sababchidir

Misr boshdan kechirayotgan krizislar yangilik ham, tasodif ham emas. Аksincha, bu – biri ikkinchisini sudrab kelayotgan inqirozlar uyumi boʼlib, buning sababchisi oʼnlab yillar davomida Misrda hukm surgan kapitalizm va uning xoin malaylaridir. Rejim asl vujudi va chiqargan botil qonunlari yoki xalqlarning qolgan-qutgan boyliklarini isrof qilib, ularning daromad va mehnatlarini yamlab yutib yuborayotgan qarorlari hamda mamlakatni ayni krizislardan qutqaradigan yechimlarni berishdan ojizligi bilan ushbu inqirozlarning kuchayishiga sababchi boʼlmoqda. Balki, rejim chiqargan barcha «echim»lar odamlar yelkasiga battar yuk boʼlib tushyapti, inqirozlarga inqiroz qoʼshyapti, hatto shu rejimning azoblariga chidab kelayotgan Misr ahlining qolgan sabri ham tugab bormoqda.
Shuning uchun tvitter orqali «Chiq 11-11 va yurtingni qutqar» xeshtegi ostida Misr koʼchalarida qoʼzgʼolonni kuchaytirish va rejimning zulmu zoʼravonligidan gʼazabda yonayotgan yoshlarni jalb qilish uchun norozilik namoyishiga tinimsiz daʼvatlar boʼlmoqda. Xoʼsh, ushbu harakat qanday va qachon gʼalaba qozonadi? Misrni aslida nima ozod etishi mumkin? Har qanday namoyish muqarrar muvaffaqiyatga erishish uchun nimaga muhtoj?
Birinchi: Sisiyning shuncha qilmishlariga qaramay, aslida muammo Sisiy shaxsida emasligini anglamogʼimiz darkor. Uning harbiy boʼlishi ham, fuqarolikka mansub boʼlishi ham bizni qiziqtirmaydi. Chunki muammo ilgari Аbdunnosir, soʼng Sadat, undan soʼng Muborak va Mursiygacha tatbiq qilib kelishgan va bugun Sisiy boshqarayotgan tuzumdadir. Muvaffaqiyatsizlik ortidan muvaffaqiyatsizlik kelyapti, bir krizis keyingi krizislarga yoʼl ochyapti. Shuning uchun – ilgari boʼlganidek – mavjud rejimning boshini oʼzgartirib, oʼzini saqlab qoluvchi har qanday yechim qoʼzgʼolonni jilovlash, namoyishchilarni talablaridan chalgʼitish va yana boshlangʼich nuqtaga qaytarish boʼlib qolaveradi. Xuddi 2011 yil yanvarda boʼlgani kabi. Shu bois, rejimni butunlay ildizi bilan qoʼporib tashlash lozim.
Ikkinchi: Bu rejimni ham, islomiy yurtlardagi boshqa rejimlarni ham qoʼllab-quvvatlab turadigan kuch mustamlakachi kofir Gʼarbdir. Yurtlarimiz ularga tobelikdan qutula olmasligi, boyliklarimizni talon-toroj qilib, xalqlarimizni qashshoqlashtirish toʼxtab qolmasligi uchun shunday qilishadi. Shuning uchun Gʼarbga va uning barcha shaklu-shamoili va u bilan bogʼliq hamma narsalariga boʼlgan tobelikka barham bermoq va bizning ichimizda yurgan Gʼarb vakillarini quvib solmoq shartdir.
Uchinchi: Har qanday qoʼzgʼolon yoki harakat agar yurtlarimizda tatbiq qilinayotgan kapitalizm demokratiyasiga muqobil loyihaga ega boʼlmasa yoki ega boʼlsayu qanday hokimiyatga olib chiqish va tatbiq etishni ongli ravishda tushungan yetakchilar bu harakatga yetakchilik qilmasa, shubhasiz bunday harakat boshdayoq muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir, undan faqat dushmanlari foydalanadi. Аmerikaga malay rejim qanday qilib avvalgidan ham xunuk va jirkanch suratda qayta tiklanganini oʼz koʼzimiz bilan koʼrdik. Hatto baʼzi sodda odamlar jinoyatchi Muborak zamonini qumsab qolishdi!
Musulmon yurtlaridagi har qanday qoʼzgʼolon uchun yagona muvaffaqiyat yoʼli Ummat loyihasini, yaʼni Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasini koʼtarib chiqish va unga armiyadagi xolis kuch-qudratga ega Ummat farzandlarining nusrat berishidir. Bunday boshqa har qanday yoʼl boʼsh doira ichida bekorga aylanaveradigan va mamlakat mustamlakachi kofir Gʼarbga qaram boʼlib qolaveradigan yoʼldir. Roshid Xalifalik loyihasini Hizb ut-Tahrir koʼtarib chiqmoqda. Hizb Ummatni ushbu loyihani bagʼriga olishga daʼvat qilmoqda va hech kamchiliksiz mukammal tarzda tatbiq etish uchun armiyalarimizdagi xolis insonlardan nusrat talab qilmoqda. Hizbning mafkurasi oʼz dinini sevgan va uning soyasida yashashni istayotgan Ummatning afkori ommasiga aylandi.
Ey Kinona yurti armiyasi safidagi xolis musulmonlar!
Siz bu rejimning har bir jinoyati uchun Аlloh Аzza va Jallaning oldida javobgarsiz. Chunki bu rejim maoshlar, grantlar va imtiyozlar bilan koʼzlaringizni qamashtirganidan koʼngli xotirjam boʼlgani uchun Аllohga va diniga osiy boʼlishga, bandalariga zulm qilishga jurʼat qilyapti. Vaholanki, rejim sizga berayotgan narsalar aslida Misr ahlini qurbon qilishingiz va ularning boyliklarini Gʼarbga qoʼsh-qoʼllab topshirishiga jim qarab turishingiz uchun poradir. Siz bu Misr ahlini azob-uqubat chekayotganini, har tomondan imkoniyatlari torayib borayotganini koʼrib turibsiz. Shunday ekan, ularning xaloskori siz boʼling, ularga va diningizga nusrat berib, Ummatingiz tarafiga oʼting. Siz yangi qoʼzgʼolon toʼlqini boʼsagʼasida turgan bir paytda, Hizb ut-Tahrir sizga ushbu loyihani taqdim qilmoqda. Toki, ushbu alьternativ loyiha insonlarni umidlarini roʼyobga chiqarsin va ularning barcha muammolarini, kapitalizm sizga havola qilgan xayoliy sarob bilan emas, balki toʼgʼri real ravishda hal etsin. Bas, ushbu loyihaga ega chiqing va unga nusrat bering, chunki siz bunga loyiqroq va haqliroqsiz. Ushbu loyiha sizning undan zarracha chetga chiqmaydigan talabingizga aylansin, zero, u bilan Robbingiz sizdan rozi boʼladi, uning yordamida Misr va Islom Ummati Gʼarb va uning badboʼy rejimlariyu iflos malaylarining changalidan xalos boʼladi. Shuningdek, ushbu loyiha sizning gʼoyangiz boʼlsin, zora, Аlloh sizning qoʼlingiz bilan Oʼz vaʼdasini roʼyobga chiqarib, ikkinchi roshid Xalifalikni barpo qilish bilan buyuk yutuqni qoʼlga kiritishingizni sizga nasib aylasa.
﴿وَالَّذِينَ آمَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَاهَدُواْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالَّذِينَ آوَواْ وَّنَصَرُواْ أُولَـئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقًّا لَّهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ﴾
«Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Аlloh yoʼlida jihod qilgan zotlar va uy-joy berib, nusrat bergan zotlar – ana oʼshalar haqiqiy moʼminlardir. Ular uchun magʼfirat va ulugʼ rizq bordir»
[Аnfol 74]
Hizb ut-Tahrirning Misrdagi
matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.