“Ekstremizm” – xalq va daʼvat oʼrtasiga qoʼyilgan toʼsiq

47
0

“Ekstremizm” – xalq va daʼvat oʼrtasiga qoʼyilgan toʼsiq

27-oktyabr kuni Ommaviy axborot vositalari MXDQ axborot xizmatiga tayanib, Jalolobod viloyati Suzoq tumanida Hizb ut-Tahrir islomiy-siyosiy partiyasining oʼn bir nafar faol aʼzolari oylik xalqa vaqtida hibsga olingani toʼgʼrisida xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 27-oktyabr kuni “Ekstremistik materillarni tayyorlash, tarqatish” boʼyicha qoʼzgʼatilgan jinoiy ish doirasida tintuv oʼtkazilgan. Tintuv mobaynida koʼplab ekstremistik adabiyotlar, varaqalar, mobil telefonlar, elektron maʼlumot tashuvchilar va tashkilotning moliyaviy faoliyatiga oid maʼlumotlar qoʼlga kiritilgan.
Joyidan olingan maʼlumotlarga koʼra esa, unda hizbiylarning oylik xalqasi emas, balki Qurʼondan dars oʼtilayotgan boʼlgan. Undan keyingi dars Hadis boʼyicha oʼtilishi kerak edi. Shu sababli ham MXDQ tomonidan “ekstremistik adabiyotlar” deb tarqatilgan rasmlarda Qurʼon kitoblari va hadisga oid kitoblar uchraydi. (Yodingizga solib oʼtsak, bunga qadar ham bunday voqealarning barchasida, yaʼni hizbiylarni qoʼlga olish vaqtida ularning uyidan Qurʼon va Hadis kitoblari topiladi va MXDQ bu rasmlarni “ekstremistik”deb hisoblagan adabiyotlar orasiga qoʼshib chiqaradi).
Endi ular “ekstremistik” deb hisoblagan adabiyotlarning baʼzilari aytib oʼtsak, ular: “Islom nizomi”, “Islomda boshqaruv nizomi”, “Islomda iqtisod nizomi”, “Islomda ijtimo nizomi”, “Islomiy moliya”, “Islomda taʼlim”, “Islom davlati” va hokazo. Bularning barchasi asosi Qurʼon va Sunnat boʼlgan sof islomiy adabiyotlar. Biroq, bugungi kunda butun dunyoda Islomga zid, demokratiya niqobini yopingan kapitalizm hukmronlik qilayotgani, shu jumladan, Qirgʼiziston ham kapitalizm bilan boshqarilayotgani sababli ushbu sof islomiy adabiyotlar “ekstremistik” hisoblanadi.
Hozir dunyoda hukmronlik qilayotgan imperialistik kapitalizm chirib qulash arafasiga kelib qoldi. Uning qulatib oʼrniga vujudga keladigan tuzum bu – Islomdir. Mustamlakachilar musulmonlarni sof Islomdan chalgʼitish uchun “anʼanaviy islom, “moʼʼtadil islom” kabi narsalarni oʼylab topib, ishga soldilar. Buning aksi oʼlaroq, sof Islomni “ekstremizm”ga, uni koʼtarib chiquvchilarni “ekstremist”ga aylantirdilar. Mustamlaki kofirlar Islom va uning daʼvatchilari qarshisida fikriy-mafkuraviy kurash maydonida magʼlub boʼlishgach, Islom va musulmonlarga qarshi kuch qoʼllashni boshladilar. Qirgʼizistonning kelib-ketib turgan hukumatlari ham bu borada Qirgʼizistondagi Hizb yigitlariga qarshi taʼqib, qamoqqa olish kabi ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Аmmo, Hizb yigitlari bularga parvo qilmay, din dushmanlari qoʼygan toʼsiqlarni birin-ketin bosib oʼtib, ummatiga tobora yaqinlashib bormoqda. Bundan gʼazablangan din dushmanlari haligacha yangi toʼsiqlar topishmoqda. Masalan, borgan sari xalqqa kirib borayotgan Hizbni yomonotliq qilish maqsadida, umuman Hizb safida boʼlmagan odamlarni ekranga olib chiqib Hizbdan qaytaganliklari haqida gapirtirishdi. Shuningdek, Hizb safidan allaqachon chiqib ketgan baʼzi odamlarni ham olib chiqib, Hizb pozitsiyasiga zid boʼlgan soʼzlarni soʼzlatishdi. Bular ham foyda bermaganidan soʼng quturib, endi hizbiylarni Qurʼondan dars qilayotgan joyini bosishdi. Bu Islomga qarshi kurash boʼlmay nima?!
Аslida, diniy ekstremizm va terrorizm ertaklari kofirlar tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi kurashish uchun oʼylab topilgan bahonalar ekanligi butunlay fosh boʼlib boʼldi. Hatto, hozir ularning xatti-harakatlari oʼzlari bergan tarifga mos keladi, shuning uchun ham ular bir-birini ekstremizm va terrorizmda ayblay boshladilar. Bunga Rossiya-Ukraina urushidagi oʼzaro biri-birini ayblashlari dalil boʼlib turibdi. Shuningdek, Qirgʼizistonning sobiq va amaldagi hukumatlarining barchasi ekstremistik yoʼl bilan hokimiyat tepasiga kelgan yoki ketgan. Qolaversa, mahalliy hukumatlar bu “ertak”ni ichki siyosatlarida oʼz manfaatlaridan kelib chiqib muxolifatga qarshi foydalanishmoqda. Masalan, Qirgʼizistonda Ruslan Beknazarovni Hizbga aloqadorlikda gumon qilib qamoqqa olib, ekstremizda ayblashmoqda. Аslida, Ruslan Beknazarov Hizb safida boʼlgan emas. Bulardan koʼrinib turibdiki, “ekstremizm” har qanday hukumatning oʼz raqiblariga qarshi ishlatadigan “universal podstavasi”ga aylanib qoldi. Bularning barchasi Hizbga nisbatan yopishtirilgan “ekstremizm” tamgʼasi asli-asosidan yolgʼon ekanligini yaqqol koʼrsatib turibdi.
Hizb va hokimiyat oʼrtasidagi bunday vaziyat – Makka mushriklari Paygʼambar sollallohi alayhi va sallamni qamalga olgan holatni – yodga soladi. Oʼshanda mushriklar oʼzaro vaʼdalashib qamal qilish orqali Paygʼambar sollallohu alayhi va sallamning daʼvati va xalq oʼrtasini ajratib tashlaymiz deb oʼylashgandi. Bu vaʼdani qogʼozga yozib Kaba devoriga ilib qoʼyishdi. Biroq, Аllohning izni bilan, uch yildan soʼng xalq ichidagi xolis odamlar bu xatni yiritib tashladi. Shunday qilib, daʼvat va xalq oʼrtasidagi bir toʼsiq olib tashlandi.
Ey Qirgʼiziston musulmonlari! Demokratiya niqobiga oʼrangan kapitalizm tuzumi doirasida qayta-qayta hukumatni almashtirmoqdasizlar! Biroq, yana qayta shu doira ichida tentirab yuribsizlar. Chunki, uning oʼrniga keladigan alьternativ tuzumni koʼra olmayabsizlar. Bu sizlarning Islomingiz. Uni sizlarga toʼgʼri yetkazishni Hizb yigitlari oʼz zimmasiga olib, zolimlarning zulmiga sabr qilib, kunni tunga ulab harakat qilishmoqda. Shunday ekan, kofirlar va ularning malaylarini “ekstremizm” ertagiga aldanib yuravermay Hizb daʼvati bilan sizlarning oʼrtangizga qoʼyilgan toʼsiqlarni olib tashlang. Kim bu ishga harakat qilsa, demak, ikki dunyo azizligiga yuzlanibdi.
فَلْيَتَنَافَسْ الْمُتَنَافِسُونَ
“… Bas, musobaqachilar shu (neʼmatlar) yoʼlida musobaqa qilsinlar!”
[Mutoffifun:83:26]

Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston

03. 11. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.