Turkiya asri

60
0

Turkiya asri

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʼan Аnqarada uyushtirilgan yigʼilishda Xalifalik davlati qulatilishi ortidan jumhuriyat tashkil etilishining 99 yilligi munosabati bilan Turkiya xalqini tabrikladi. Prezident Erdogʼan oʼz nutqi chogʼida jumhuriyat asoschisi Mustafo Kamolni hurmat bilan tilga olar ekan, demokratiya, erkinlik va teng huquqlilik  kafolatlanadigan soʼngi yuz yil “Turkiya asri” boʼlishiga alohida urgʼu berdi.

2023 yilda Turkiyaning birinchi asrini barcha mashaqqatlari va yutuqlari bilan ortda qoldirib, yangi davrga qadam qoʼyayotganiga eʼtiborni jalb qilgan Erdogʼan “Turkiya asri”ning ishonch va barqarorlik asri, tinchlik va muvaffaqiyatlar asri, ishlab chiqarish va samaradorlik asri, kuch va raqamlar asri, muloqot va ilm-fan asri, taraqqiyot va qadriyatlar asri, huquq va rahm-shafqat asri, mustaqillik va yoshlar asri boʼlishiga vaʼda berdi.

Izoh: Inglizlar malayi boʼlgan laʼnati Mustafo Kamol tarafidan Xalifalik davlati qulatilib, oʼrniga Turkiya jumhuriyati qurilganiga bir asr boʼlgan boʼlsa, oʼsha kundan buyon otaturkchilar va tarafdorlari, shu jumladan prezident Erdogʼan, “qoʼlga kiritdik” deya maqtanayotgan “yutuq”lar razolatdan boshqa narsa emas. Chunki Islom Ummati oʼz qalqonidan ajralib qolganidan soʼng, Gʼarb va uning mahalliy malaylari imkon boricha Ummatni Islomiy hayotdan uzoqlashtirish uchun bor kuchlarini ayashmadi. Shariat qonunlari bekor qilinib uning oʼrniga Gʼarb qonunlari tiqishtirildi, Islom hazorati “eskilik sarqiti”, deya sifatlanib, Gʼarb hazorati taʼlim-tarbiya dasturlariga kirgizildi, bu ishlarga qarshilik qilganlarga nisbatan ayovsiz choralar koʼrildi. Natijada Аlloh Taolo “Eng yaxshi Ummat”, deb sifatlagan va dunyoga ziyo taratgan Ummat jaholat girdobida qoldi. Аzizlik va ulugʼlik bu Ummat uchun roʼyoga aylandi.

 Bugungi kunda faqat birgina Turkiya hududida sodir etilayotgan jinoyat darajasini, Islom hukmlari amalda joriy etilgan Xalifalik davridagi bepoyon davlatda sodir etilgan jinoyatlar darajasi bilan solishtirilsa, Islom Ummati Halifaliksiz qanchalik razolat botqogʼiga botib qolgani yanada oydinlashadi. 1560-1610 yillar oraligʼida sodir etilgan jinoyatlar ustida oʼtkazilgan tadqiqotlarga koʼra, faqatgina Turkiyani emas, balki Shom oʼlkalari, Hijoz va bir qancha regionlarni oʼz ichiga olgan Xalifalik davlatida bir yilda sodir etilgan jinoyatlar oʼrtacha 25 nafarni tashkil qilgan. Hozirgi kunda esa, faqatgina Turkiyaning oʼzida bir kunda 1600 nafar jinoyat sodir etilmoqda. Bu esa, bir yilga hisoblaganda 584 000 (besh yuz sakson toʼrt ming) nafarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, jirkanch LGBTning musulmonlar orasida bemalol buzuqchiligini davom ettirishi, riboning keng tarqalishi, aroq zavodlarining kundan kunga ortishi, qonuniy fohishaxonalar va qimorxonalarning ochilishi, yoshlar orasida ateist va deistlarning yomgʼirdan keyingi qoʼzi qorinday koʼpayib ketishi, millatchilik va irqchilik tushunchalarining ommalashuvi kabi demokratiyada jinoyat sanalmaydigan axloqsizliklar haqida gapirmasak ham boʼlaveradi.

Xalifalik davlatini qulatib, oʼrniga jumhuriyat eʼlon qilish birgina Turkiyani shu ahvolga soldi. Boshqa Islom oʼlkalaridagi ahvol oʼzingizga havola. Shuncha razolat yetmaganday, jumhuriyatning keyingi yuz yili, yaʼni Erdogʼan tili bilan aytganda “Turkiya asri” deya, bu Ummat yana yuz yil razolat botqogʼida qoladimi?! YOʼQ albatta. InshaАlloh Islom Ummatining ushbu razolatlardan qutulish vaqti keldi. Bundan qutulishning yagona yoʼli esa, yana oʼsha, Islom hukmlarini amalda joriy etadigan Xalifalik davlatini tiklab va Islomiy hayotni qayta boshlashdir. Bundan boshqa yoʼli yoʼq, boʼlishi ham mumkin emas. Chunki bu Ummatning avvali nima bilan isloh boʼlgan boʼlsa, oxiri ham oʼsha narsa bilan isloh boʼladi. InshaАlloh bu asr “Turkiya asri” emas, “Xalifalik asri” boʼladi va nafaqat turkiya uchun, balki butun dunyo uchun rahmatga aylanadi.

 Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.