Husiylar rejimining Hizb ut-Tahrir aʼzolarini qamoqqa olishi jinoyat boʼlib, buning uchun Аziz va Jabbor zot huzurida albatta javob beradilar

189
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Husiylar rejimining Hizb ut-Tahrir aʼzolarini qamoqqa olishi jinoyat boʼlib, buning uchun Аziz va Jabbor zot huzurida albatta javob beradilar

2022 yil 13 oktyabr payshanba kuni shom paytida Husiylar rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan biri 57 yoshli ustoz Muhammadmusʼad Varroqiyni Ib viloyatidagi Hikmat masjidida mavʼiza qilayotgan paytida qamoqqa oldi. Mavʼizada Rosululloh ﷺ tomonidan
«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»
«Keyin Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʼladi», deya bashorat berilgan Xalifalikning dastur loyihasini sharhlab berayotgan edi.
Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot boʼlimi bayonot nashr qilib, unda «ey Masirati Qurʼon tadbirini oʼtkazishni iddao qilayotganlar, nahotki, musulmonlarni islomiy hayotni qayta boshlashga hamda Gʼarb va uning malay rejimu hukmdorlariga qullikdan ozod boʼlishga daʼvat qilish jinoyat boʼlib qolgan boʼlsa, nega ularni qamoqqa tashlayapsiz?!», degan savol tashlandi.
Matbuot bayonotida qoʼshimcha qilindi: «Ustoz Muhammadmusʼad Varroqiyni Ib shahri aholisi Hizb ut-Tahrirdagi daʼvati va faoliyati bilan taniydilar. U ayni yoʼlda jonini tikkan va zolimlar zulmiga qaramay, Islom Ummatini birlashtirish va islomiy hayotni qayta boshlash orqali yer yuzida Аlloh boshqaruvini barpo etish uchun kechayu kunduz faoliyat qilayotgan daʼvat ahlidan biridir. Аlloh Taolo bunday deydi:
﴿وَاللَّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ﴾
«Аlloh Oʼz ishida gʼolibdir, lekin insonlarning koʼpchiligi (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]
Unga kirgan har qanday odam xavf-xatardan omon boʼladigan Аllohning uylaridan birida Ustozni qamoqqa olish bilan Husiylar rejimi har qanday qadriyat va axloqdan mahrum boʼldilar. Rejim uning betobligiga, nogironligiga va yoshi ulugʼligiga ham qarab oʼtirmadi. Vaholanki, ustoz shom namozidan keyin odamlarga maʼruza qilib, Xalifalik davlati dasturi loyihasini sharhlab berayotgan edi. Bas, Islomga daʼvat qilayotgan insonlarni qamoqqa olish uyat, gunoh va jinoyatdir. Ey jinoyatchilar, bu qilmishingiz uchun ertaga Аlloh Аzza va Jalla oldida qanday uzr keltirasiz, axir, bu bilan Аllohga, U zotning diniga va daʼvatini koʼtarib chiqayotganlarga urush eʼlon qilmadingizmi?!».
Roya gazetasining 2022 yil 26 oktyabr chorshanba kungi 414-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.