Iroqda prezidentlik saylovlarini oʼtkazish va hukumat tuzish bilan yurt ahli azob-uqubatlariga chek qoʼyib boʼlmaydi

0
267

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroqda prezidentlik saylovlarini oʼtkazish va hukumat tuzish bilan yurt ahli azob-uqubatlariga chek qoʼyib boʼlmaydi

2022 yil 14 oktyabr juma kuni Iroq parlamenti sessiyasi nomzod Аbdullatif Roshidni prezident qilib sayladi. Yangi prezident yurtga hukumat tuzish vazifasini «Iroqdagi shialarni muvofiqlashtirish doirasi»dan nomzod Muhammad Sudoniyga topshirdi. Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati matbuot boʼlimi oʼz bayonotida quyidagilarni taʼkidladi:
«Hech qanday yangilik boʼlgani yoʼq. Biz hamon 2003 yildan beri siyosiy maydonga hukmronlik qilib kelgan basharalarning aynan oʼzini, yaʼni, korruptsiyaga botgan, oddiy fuqarolarni oʼldirgan va yurt boyliklarini oʼgʼirlagan kimsalarni koʼrib turibmiz…
Muhammad Sudoniyning bosh vazirlikka oʼtirishiga qarshi chiqqan Sadrchilar rahbari sukut qilishmoqda. Bu esa oldimizda uchta sahna oʼyini boʼlishini mumkinligini koʼrsatyapti: Yo vazirlar mahkamasidagi asosiy oʼrinlar evaziga Sadr rozi qilinadi yoki vaziyat murakkablashadi va Sadrchilar qayta namoyishga chiqishadi. Yoxud Sadr boshqa bloklar bilan birga muxolafatga qoʼshiladi va bu hukumat rolini zaiflashtiradi. Hatto yana bir muddatidan oldin saylovlar oʼtkazilishiga ham sabab boʼlishi mumkin».
Matbuot bayonoti soʼnggida Iroqdagi musulmonlarga xitoban bunday deyildi:
«Mudom yelkangizga anavi buzgʼunchi demokratik tuzum minib olib, bosqinchi tuzib bergan konstitutsiya bilan boshqarayotgan ekan, qaysi partiyadan boʼlishidan qatʼiy nazar, yangi hukumat tuzish bilan sizning azob-uqubat va mashaqqatlaringizga chek qoʼyib boʼlmaydi. Zero, siz haqingizda burchga ham, ahdga ham boqmaydigan bir uyum axlat siyosatchilarni hukmron qilib qoʼygan ana shu bosqinchidir. Bas, shunday ekan, bunday siyosatchilarni hokimiyat talashishlariga qoʼyib bering. Oʼzingiz esa, ahd-paymoningizni mustahkamlab, korruptsiyachi rejimni agʼdaring, ularning xoʼjayinlari va gumashtalarini quvib solib, tubdan oʼzgartirish yasash hamda aqidangizdan balqib chiqqan tuzumni barpo etish bosh maqsadingiz boʼlsin. Zero, kuch-qudrat va shaʼn-sharafingiz Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikdan iborat ushbu tuzumdagina mujassam boʼladi».
Roya gazetasining 2022 yil 26 oktyabr chorshanba kungi 414-sonidan

Izohlar yo'q