Sogʼliqni saqlashning nochorligi butun dunyoni boshqarayotgan kapitalistik hazorotning buzuqligidandir

96
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Sogʼliqni saqlashning nochorligi butun dunyoni boshqarayotgan kapitalistik hazorotning buzuqligidandir

Kapitalistik tuzumning insonning psixologik, jismoniy va ijtimoiy salomatligiga juda katta salbiy taʼsiri bor. Negaki bu tuzumning dinni hayotdan ajratadigan, oʼrtacha yechimga quriladigan aqidasi buzukdir. Shuning uchun u insondagi katta yechimni aqlni qanoatlantiradigan va inson fitratiga mos keladigan darajada toʼgʼri yechib bera olmaydi. U erkinliklarga katta yoʼl ochadi. Bu tuzumda ruhiy, axloqiy va insoniy qiymatlarga oʼrin yoʼq. U faqat moddiy qiymatlarga asoslanadi. Bu esa, oʼz oʼzidan ruhiy boʼshlik va psixologik iztiroblarga olib keladi. Gʼam-gʼussa, odamoxun-yolgʼizlik, behalovatlik kabi ommaviy psixlogik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yalqovlik, majnunlik va hatto oʼz joniga qasd qilishgacha olib keladigan chukur psixologik ofatlarning tarqalishiga sabab boʼladi.
Shuningdek, kapitalizmning tarqalishi iqtisodiy muammolarni xal kilishda sudxoʼrlik va monopoliyaning yoyilishiga, boylarning xaddan oshiq darajada boyib ketishiga va kambagʼallarning esa, oʼta qattik qashshoqlashib ketishiga olib keldi. Xalq boyliklarini taqsimlashdagi adolatsizlik, mollarni aylanmasdan ayrim shaxslarning koʼllarida qotib turib qolishi, vertual mollarning koʼpayishi, botil mol shirkatlar, ishsizlarning koʼpayishi vujudga keldi. Mana bulardan esa, insoniy hayot iztirobi va insonni oʼzining yashashdagi eng oddiy xuquqlaridan ham mahrum etish kelib chiqdi. Koʼzbuyamachilik, aldamchilik, firibgarlik, hamda oziq-ovqat, dori-darmon va suv kabi inson hayotiga bevosita bogʼliq boʼlgan ishlab chiqarish turlaridagi aldovlar koʼpaydi. Buning natijasida ocharchilik tarqaldi, notoʼgʼri oziqlanish va bundan kelib chiqadigan kasalliklar paydo boʼldi. Semirib ketish va uning ofatlari yuzaga keldi. Ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining atrof muhitni bulgʼagan chiqindilari va ularning qoldiqlari koʼpaydi.
Umuman, dunyodagi sogʼliqni saqlash va uning barcha tarmoqlari, davolashning barcha sohalari bashariyatga loyiq boʼlgan darajadan ancha tubanlab ketdi. Hatto sogʼliqni saqlash sohasida texnik va madaniy qulayliklardan ayrim taraqqiyotga erishgan Gʼarbda ham shu ahvolda. Bu yerlarda ham sogʼliqni saqlash tarmogʼi moddiy kasbga cheklangan. Katta katta mablagʼlar sarflanadigan ilmiy bahs va ilmiy izlanishlar ham, sogʼliqni taʼminlash tizimlari, uning shirkatlari, dori-darmon va tibbiy uskunalar ishlab chiqarish shirkatlari ham faqat moddiy ish va moddiy manafaatga asoslanib qolgan. Kapitalizmning buzuqligi soyasida sogʼliqni saqlash muammosi ham neft va qurol-yaroq shirkatlari, ommaviy axborot texnologiyasi kabi foyda topishning eng ulkan manbaʼlariga aylandi. Peru davlatining sogʼliqni saqlash sobiq vazirasi Patrisha Jarsiya(Patricia García Funegra)ning 2019-yili noyabrь oyida mashxur «Lansayt»(Britaniyaning The Lancet) tibbiy majallasida; «Butun jahon sogʼliqni saqlashdagi buzuqlik: fosh boʼlgan sir», sarlavhasi ostida qayd etgan soʼzlari kapitalizm olamidagi sogʼliqni saqlashning buzuqligini yana bir bor koʼrsatib beradi. U maqolada jumladan shunday deydi:
«Fasod-buzuqlik sogʼliqni saqlash tizimidan ajralmas bir qismdir. Omma sogʼligi uchun izlangan va bu yoʼlda xizmat qilgan hamda sogʼliqni saqlash vaziri sifatidagi hayotim davomida bu sohadagi aldov va firibgarliklarga guvoh boʼldim. Men bu suhbatda shu sohadagi buzuqlik muammosining hajmini, uning qanday boshlanganligini va bugun nimalar boʼlayotganini qisqacha aytib bermoqchiman. Bu haqda odamlar gapirishdan qoʼrqishlarini ham aytib qoʼyay. Ushbu buzuqlikni davolash uchun nima qilish kerakligini ham aytaman. Shunda, butun jahon sogʼliqni saqlashdagi buzuqlik ochilgan sirligicha qolmaydi. Fasod-buzuqlik jahon miqyosida sogʼliqni saqlash kelaji uchun eng katta tahdiddir».
2016-yili АKShda tibbiyot milliy akademiyasiga aʼzo boʼlib saylangan sobiq vazira sogʼliqni saqlash tizimidagi buzuqliklarning bir nechasini aytib oʼtgan. Xozir ularning ayrimlariga toʼxtalib oʼtamiz:
– dunyodagi davlatlarning uchdan biridan koʼprogi xalqaro shaffoflik tashkilotiga koʼra endemik (maʼlum bir joyda boʼladigan kasalliklar) shaklda buzuq deb eʼtiborga olinadi.
– buzuqlik faqir va zaif kishilarga koʼproq taʼsir koʼrsatadi. Sogʼliqni saqlash sohasidagi buzuqlik boshqa sohalardagidan xatarliroq. Chunki bu toʼgʼri maʼnoda xalok qiluvchi buzuqlikdir.
– smeta(hisob-kitob)lar shunga ishora qiladiki, sogʼliqni saqlashdagi buzuqlik har yili 140 mindan kam boʼlmagan goʼdaklar hayotiga zomin boʼladi.
– smetalar yana shunga ishora qiladiki, butun olam sogʼliqni saqlash xizmatlariga 7 trillion АKSh dollori ajratadi. Ushbu ajratilgan mablagʼlarning 10-25 % i buzuqlik ortidan bevosita yoʼqolib ketadi. Bu yil sayin yuzlab milliard dollarning yoʼqolib ketishini anglatadi.
– sogʼliqni saqlashdagi buzuqlik konstitutsiyaning bir necha boblarida ham koʼzga tashlanadi: tibbiy va boshqa sogʼliqni saqlash sohalari tomonidan xizmatlarni takdim etishda, dori-darmonlarni sotishda, tibbiy uskunalarga xos boʼlgan zaruriy ashyolarni sotishda, ularni taqsimlash va ishlatishda, ishlab chiqarish va xizmatlardagi oliy sifatni tartiblashda, insoniy imkoniyatlarni ishga solishda va salomatlikka doir inshoatlar qurishda fasod koʼzga tashlanadi.
Oliy taʼlimni Qoʼshma Shtatlarda olgan bu vazira ayol sogʼliqni saqlash tizimidagi buzuqliklar haqida gapirar ekan shunday deydi:
« Sogʼliqni saqlash tarmogʼidagi buzuqlik – qonunga eng oz amal qilgan, javobgarlik mexanizmi ishlamaydigan hamda shaffof boʼlmagan jamiyatlarda hukmronlik qiladi».
Lekin u ayol har tomonga tomir otgan, serqirra bu buzuqlikning haqiqiy sababidan tamoman gʼaflatda qolmoqda. Sogʼliqni saqlashdagi buzuqlikning asosiy sababi kapitalistik tuzumdir. Kapitalistik davlatlarning bu sohadagi davlat masʼuliyatini oʼz yelkalariga olishdan ojizligi hamda sogʼliqni saqlashdek muhim masalani ochkoʼz xususiy muassasalar qoʼliga topshirib qoʼyganligidir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.