Varroq oroli oʼz ahlining mulkidir ularni oroldan chiqishlariga yoki uni sotishlariga majburlash nojoiz

15
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Varroq oroli oʼz ahlining mulkidir ularni oroldan chiqishlariga yoki uni sotishlariga majburlash nojoiz

Misr politsiyasi va armiyasi Varroq oroli aholisining uylarini buzish va ekin maydonlarini yoqish reydi oʼtkazdi. Ularning daʼvosicha, aholining u yerda yashashlari davlat mulkiga tajovuz hisoblanar emish. Buning qarshiligida, aholi oʼz yerlaridan quvishlariga norozilik sifatida piket oʼtkazishdi va toʼqnashuv yuz berdi. Toʼqnashuv ortidan orol aholisidan oʼnlabi qamoqqa olindi.
Oʼz navbatida, Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot boʼlimi bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Misr ahli tiriltirgan va obod etgan boshqa yerlar qatori, Varroq oroli ham oʼz ahlining mulki boʼlib, bu Rosululloh ning
«مَنْ أَحْيَا أَرْضاً مَيْتَةً فَهِيَ لَهُ»
«Kimda-kim oʼlik yerni tiriltirsa, yer unikidir», degan hadislari bilan isbotlangan. U yerni aholisidan tortib olishga – na aldash bilan boʼlsin, na rivojlantirish bahonasida majburlash bilan boʼlsin – hech kimning haqqi yoʼq».
Matbuot bayonotida tabiiy savollar oʼrtaga tashlandi:
«Аgar davlat chindan ham u yerni rivojlantirib, xizmatlar yetkazib bermoqchi boʼlsa, buni qilsin. Uni bundan nima toʼsyapti?! Ushbu xizmatlar uchun albatta yerni oligarxlar va elita sotib olishi kerakmi?! Davlatning vazifasi Misr ahliga gʼamxoʼrlik qilish, barcha xizmatlarni yetkazib berish va ularni farovon hayot bilan taʼminlash emasmi?! Yoki bu farovon hayotning pogʼonalari bormiki, Misr ahli ularga yirik pullari, hokimiyatdagi egallagan mansablari va qaror egalariga yaqinliklari bilan ega boʼlsalar?!».
Bayonotda Varroq ahliga xitoban bunday deyildi:
«Bu sizning yeringiz boʼlib, undan voz kechishingiz sharʼan nojoiz va sabot bilan turish farzdir. Misr ahli esa, sizning ushbu haqqingizni qoʼllab-quvvatlamogʼi, rejim va uning zulmidan sizni himoya qilmogʼi, siz ham rejimning zoʼravonligi va ochkoʼzligi qarshisida ular bilan bir musht boʼlib turmogʼingiz lozim».
Matbuot bayonotida Kinona Misri ahliga quyidagicha murojaat qilindi:
«Mentaliteti savdogarlik va dallollikdan iborat boʼlgan bu rejim Varroq oroli bilangina tiyilmaydi. Balki koʼzini olaytirayotgan har bir yerni – hech boʼlmasa sarmoya kiritish imkoniyati boʼlsa ham – albatta kuch va zoʼrlik bilan tortib olaveradi. Hozirda rejimga qarshi chiqib, uning Varroq ahliga boʼlgan adovatiga qarshi turish sizning sharʼiy vazifangizdir. Аgar bugun ularni yordamsiz qoldirsangiz, rejim navbatma-navbat, birma-bir sizga qarshi turadi…
Siz uchun adolat va haq-huquq kafolati Islomning Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq etilmogʼidir. Yolgʼiz ushbu davlatgina siz va butun Ummatning qutqaruv chambaragidir. Biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari sizga zudlik bilan tatbiq etishga tayyor toʼliq Xalifalik davlati loyihasini taqdim etyapmiz. Bas, biz bilan birgalikda harakat qilingki, Islom tatbiq boʼlsin. Zero, faqat Islomgina oʼz ahlining huquqini qayta olib berishga va Varroq ahli bilan butun Misr ahliga adolat ulashishga qodirdir.
Roya gazetasining 2022 yil 7 sentyabr chorshanba kungi 407-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.