Pokiston suv toshqiniga gʼarq boʼldi…

17
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Pokiston suv toshqiniga gʼarq boʼldi…

Uning siyosiy va harbiy rahbariyati esa arzongarov hokimiyat uchun kurashish bilan band
Pokistonning juda koʼp hududi mavsumiy yomgʼirning kuchli kelishi sababli suv toshqini ostida qoldi. Ofatlarni boshqarish milliy idoraning maʼlum qilishicha, 12 iyundan beri ayni suv toshqinida 903 nafar shaxs halok boʼlgan, 1290 nafari jarohatlangan, 200 mingga yaqin uy butunlay vayron boʼlgan, 20 milliondan ziyod kishi evakuatsiya qilingan.
Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʼlimi bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
«Suv toshqinlari sodir boʼlishi davlat zimmasiga qutqaruv ishlari uchun kechayu kunduz bor kuchini ayamay sarflash vazifasini yuklaydi. Biroq, hukmdorlar xuddi odamlarga real falokat yetmagandek munosabat bildirib, bunday vaziyatni oʼzlarining tezkor bayonotlari uchun bir fursat deb bilishyapti. Chunki siyosiy va harbiy rahbariyatning haqiqiy tashvishi hokimiyat uchun boʼlgan oʼzining arzongarov kurashidir.
Pokistonning hozirga rahbariyati suv toshqini chogʼida odamlar huquqini qoʼpol ravishda buzib, ulardan voz kechdi va yetimlardek tashlab qoʼydi. Nega? Chunki demokratiyada boshqalarga xizmat qilinmaydi, balki yurt boyligi hisobiga elitaga xizmat qilinadi…
Matbuot bayonoti soʼnggida bunday deyildi:
«Faqat Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina suv toshqinlarida va duch kelayotganimiz boshqa muammolarda bizning ish egamiz boʼladi. Xalifa Islomni toʼliq tatbiq qilish bilangina kifoyalanmaydi, balki shu bilan birga, Аlloh Subhanahu va Taoloning oldida hisob berishdan qoʼrqqan holda, odamlar farovonligini ham oʼz javobgarligiga oladi. Shuning uchun Pokiston armiyasidagi xolis zobitlar zudlik bilan Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahirga nusrat-yordam berish orqali oʼzgarish yasamoqlari lozim. Zero, Xalifalik suv toshqini qurbonlariga yordam berishga butun kuch va eʼtiborini ayamay sarflaydi».
Roya gazetasining 2022 yil 7 sentyabr chorshanba kungi 407-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.