Iroq ahli uchun oʼz ixtiyorlariga ega boʼlish va korruptsiyachi rejim va uning malay rahbarlaridan voz kechish vaqti keldi

18
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Iroq ahli uchun oʼz ixtiyorlariga ega boʼlish va korruptsiyachi rejim va uning malay rahbarlaridan voz kechish vaqti keldi

Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati matbuot boʼlimining taʼkidlashicha, Muqtado Sadr piketni tarqatish pozitsiyasini ichki bosim va tahdidlar hamda Eron va bosqinchi АQSh tomonidan qilingan bosimlar natijasida egallagan. Bu pozitsiyasi sadrchilar rahnamosi Kozim Hoiriyning oʼz marjaasidan (martaba-rahnamolik) chekinishidan boshlanib, Sadr tili bilan aytilayotgan «nopok qurolli toʼdalar»ning Sadrchilar bilan toʼqnashuvi bilan yakunlandi.
Matbuot bayonotida jumladan bunday deyiladi:
«Har qanday kuzatuvchi Muqtado Sadrning bitta fikrda turmaydigan shaxs ekanini anglab olishi qiyin emas. Chunki uni egallab olgan narsa – boshqalar kabi – shaxsiy manfaat. Masalan, har safar oʼzining chiqib olishini yoki saylovlar va siyosiy amaliyotni boykot qilishini bildiradi. Soʼng hech qancha vaqt oʼtmay, gapidan qaytaveradi. Keyin muvofiqlashuv amalga oshib, kofolatlar berilgandan keyin, shuningdek, korruptsiyaga barham berish hamda korruptsionerlar bilan muloqot qilishdan bosh tortish toʼgʼrisidagi shiorlar havoga uchib ketgandan soʼng bu gapidan qaytaveradi!».
Bayonotda yana bunday deyiladi:
«Iroqda boʼlgan va boʼlayotgan narsa jinoyatchilarning mansab, karьer va oʼgʼirlik ustidagi kurashlaridir. Ular azbaroyi oʼz manfaatlari va yuvindixoʼrliklari muqobilida butun yurtni yoqishga ham tayyorlar. Shu bois, najotni ulardan izlash sarob ortidan chopish, demakdir. Chunki ularning har biri mana shu badboʼy demokratik tuzumni avaylab asrab, undan hukm soʼrab, uni himoya qilishga daʼvat qilishmoqda».
Bayonot soʼnggida bunday deyilgan:
«Bas, endi, gʼaflat uyqusidan uygʼoning, koʼzingizni qoplagan pardani ochib, Robbingizga qayting va bundan boshqa najot qoʼli yoʼqligini tushuning. Siz «Ummatning avvalini nima tuzatgan boʼlsa, oxiri ham oʼshasiz tuzalmaydi», degan haqiqatni allaqachon anglamogʼingiz darkor. Bu esa, Аllohning dini va shariatini mahkam ushlash bilan boʼladi. Chunki Islomsiz siz na kuch-qudratga erishasiz va na ulugʼlikka. Bas, ey musulmonlar, biz sizni bu dunyo va oxirat azizligiga daʼvat qilyapmiz hamda islomiy hayotni qayta boshlab, Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida Robbingiz shariatini hokim qilishga chaqirmoqdamiz».
Roya gazetasining 2022 yil 7 sentyabr chorshanba kungi 407-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.