Ey musulmonlar, ey qoʼshinlar! Аllohga sodiq boʼling, U ham sizlarga bergan vaʼdasini roʼyobga chiqaradi, Unga yordam bering, U ham sizga nusrat-yordam beradi

24
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey musulmonlar, ey qoʼshinlar! Аllohga sodiq boʼling, U ham sizlarga bergan vaʼdasini roʼyobga chiqaradi, Unga yordam bering, U ham sizga nusrat-yordam beradi

Baytul Maqdis tarix davomida Islomiy Ummat masalasi boʼlib keldi. Ummat Baytul Maqdis uchun barcha kuchlarini safarbar qilib, oʼzidagi qoʼrquvni yengib oʼtar va dushmanini quvib solar edi. Zero, Quddus tuprogʼida salibchilarni yengib, moʼgʼullarni quvib chiqargan… Bugun ham Ummat yahudiy vujudini ildizi bilan qoʼporib tashlashga, uning ortidagilarni tiyib qoʼyishga, hatto Ummatga qarshi dushmanlik qilishni niyat qilganlarni ham tiyib qoʼyishga qodir. Bugungi kunda Ummatda paydo boʼlgan qoʼrquvga kelsak, bunga uni zaif qilib koʼrsatayotgan, bu qoʼrquvni Ummat farzandlari koʼngliga joylashga astoydil harakat qilayotgan hukmdorlar sababchi. Аslida anavi magʼzubi alayhimlar juda zaifdir. Аskarlari ham toʼgʼridan-toʼgʼri qarshilik koʼrsatishga jurʼatlari yetmaydigan darajada zaif. Аgar ular Pokiston va Turkiya samolyotlari guvillashini eshitsa yoki Misr tanklari ovozini yoxud Iordaniya zambaraklari tayyorgarligini koʼrishsa, shuning oʼzi kifoya qiladi… Siz ularni dahshatdan bir zumda inlariga kirib ketganiga guvoh boʼlasiz. Bas, shunday boʼlgach, oʼzingizni koʼrsating, sizga nusrat nozil boʼlishiga loyiq qoʼshin boʼling!
Siz musulmon qoʼshinlari, bu yahudiy vujudini kulini koʼkka sovurishga va uning ortidagi mustamlakachi kuchlarni ham quvib solishga – Аllohga qasamki – qodirsiz. Chunki bu dushmaningiz eng joni shirin odamlardan, siz esa, Paygʼambaringizning Isro maskanini ozod etib, shahid boʼlishga muhtojlardansiz. Shu bois, hukmdorlaringiz vahimasiga aldanmang. Sizni yordamsiz qoʼyib, yahudiy vujudi bilan xorlarcha harbiy hamkorlik qilishayotgani hamda xalqaro vaziyat sizni adashtirib qoʼymasin. Chunki biz musulmonlar sanoq yoki son bilan nusrat quchmaymiz, balki kuchli imonimiz, qatʼiy qarorimiz hamda nusrat qoʼlida boʼlgan qudrati ulugʼ egamizga tavakkal etishimiz bilan nusratga yetishamiz. Bas, diningizga chuqur ishonchda boʼlib, Аllohga sodiq boʼling, U ham sizlarga bergan vaʼdasini roʼyobga chiqaradi. Unga yordam bering, U ham sizga nusrat-yordam beradi.
Roya gazetasining 2022 yil 14 sentyabr chorshanba kungi 408-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.