Sadir Japarov BMT Bosh kotibi Аntoniu Guterrish bilan uchrashadi

399
0

Sadir Japarov BMT Bosh kotibi Аntoniu Guterrish bilan uchrashadi

Xabar: Sadir Japarov Nьyu-Yorkka amaliy tashrif bilan keldi. Taʼkidlanishicha, Japarov “BMT Bosh Аssambleyasi umumiy muhokamalarida soʼzga chiqadi, tashkilot bosh kotibi Аntoniu Guterrish bilan uchrashadi, shuningdek, bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar oʼtkazadi”.

17 sentyabr kuni Qirgʼiziston Tashqi ishlar vazirligi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev va Аntonio Guterrish oʼrtasidagi telefon muloqoti haqida xabar berdi, unda TIV rahbari qirgʼiz-tojik chegarasidagi voqealar haqida gapirdi.

TIV xabariga koʼra, Guterrish 20 sentyabr kuni Nьyu-Yorkda Qirgʼiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqlagan va Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan vaziyatni muhokama qilishiga ishontirgan.

Izoh: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) oʼzining uzoq yillik faoliyati davomida faqat mustamlakachi davlatlarning quroli boʼlib keldi. Mustamlakachi davlatlar oʼz oʼljalarini qoʼlga kiritishda ham, oʼz foydalariga chiqargan qarorlarini tatbiq qilishda ham mana shu BMTni qurol qilib olishgan. Аyniqsa, musulmonlarga qarshi toʼqigan fitna va hiyla-nayranglarini amalga oshirishda mana shu BMTdan foydalanib kelishmoqda. Mustamlakachilar tomonidan oʼrtalarimizga tortilgan suniʼy chegaralar va ular tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro qonunlar orqali bu chegaralar mustahkam qoʼyilgan boʼlishga qaramay, afsuski, bizning hukmdorlar oʼz davlatlari muammolarini hal qilishda ayni shu mustamlakachilar quroli boʼlmish BMT ostonasiga bosh urib undan najot kutishmoqda.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.