Taʼziya

18
0

Taʼziya

Qirgʼiziston xalqi Islom dinini toʼliq va toʼgʼri tariqat asosida yetkazilishiga muhtoj boʼlib turgan hozirgi vaqtda xolislik bilan aynan shunday daʼvat olib borgan yana bir birodarimizdan ajradik. Qizilqiyalik birodarimiz Karazakov Sadir Salievich Аllohning yoʼlida malomatchining malomatidan qoʼrqmay faoliyat olib borib, Аllohning xuzuriga rihlat qildi. Аllohim birodarimizni shahidlar sayyididan qilgan boʼlsin.
Birodarimiz Karazakov Sadir 1975-yil 28-oktyabrda tavallud topgandi. 2012-yili Hizbdan dars olishni boshladi va 2014-yili Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi safida daʼvat faoliyatini boshladi. U toʼrt qiz, bir oʼgʼilning otasi edi. Joriy yilning fevral oyida MXDQ va IIV xodimlari uni “ekstremizm”da ayblab qamoqqa olishdi. Oshqozonidan rak boʼlganiga qaramay birodarimizga nisbatan kuch qoʼllab olib ketishgan va tergov hibsxonasida tibbiy yordamsiz tashlab qoʼyilgan. Natijada kasalligi kuchayib, uni kasalxonaga joʼnatishga majbur boʼlishgan. Oʼz vaqtida koʼrsatilmagan tibbiy yordam oqibatida kasallik kuchayib borib birodarimiz bu yorugʼ dunyo bilan vidolashdi. Biz Rohman va Rohim Аllohdan birodarimizning darddan tortgan azoblarini gunohlariga kafforat qilishini, gunohlarini magʼfirat qilib, Oʼzining keng jannatlaridan joy berishini soʼraymiz. Birodarimizga zulm qilgan mustamlakachi kofirlar malaylari va ularning yugurdaklari uchun esa Аllohning azobi yaqin.
Shunday qaygʼuli voqea sababli Qirgʼizistondagi Hizb ut-Tahrir birodarimizning yaqinlariga, Hizbdagi safdoshlariga va butun Qirgʼiziston musulmonlariga chuqur qaygʼu bilan taʼziya izhor qiladi. Birodarimizning farzandlariga, qarindosh-urugʼlariga sabru jamil tilaymiz, Аlloh sizlarga goʼzal sabr bersin va uning ortidan yaxshiliklari bilan siylasin.
Аlbatta, har bir musulmonning, xususan, daʼvat omonatini koʼtarishda yelkadosh boʼlgan birodarimizning vafoti bizlarni chuqur qaygʼuga solib, qalblarimizni mahzun qilsa-da Аllohning rozi qiluvchi soʼzdan boshqasini aytmaymiz:
إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“Аlbatta biz Аllohning bandalarimiz va albatta Oʼziga qaytajakmiz”. [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston

15. 09. 2022

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.