Qirgʼiziston Osiyo taraqqiyot bankidan byudjetni qoʼllash maqsadida 50 mln dollar oldi

21
0

Qirgʼiziston Osiyo taraqqiyot bankidan byudjetni qoʼllash maqsadida 50 mln dollar oldi

Xabar: Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Qirgʼizistonga  respublika byudjetni qoʼllab-quvvatlash uchun 50 mln dollar ajratdi. Bu haqda Jogorku Kenesh  deputati Dastan Bekeshev bildirdi.

Uning soʼzlariga koʼra, ushbu miqdorning 25 mln dollari – kredit. Nasiya 16 yil muddatga berildi. OTB ajratgan mablagʼning qolgan qismi – grant.

“Vazirlar mahkamasi mazkur shartnoma boʼyicha barcha yuklamalarni bajardi.  Bundan tashqari, majburiyatlar fuqarolarning farovon turmushini taʼminlash uchun baribir ham amalga oshirish kerak boʼlgan talablar edi”, – deb yozdi Bekeshev.

U shuningdek Qirgʼiziston Chuy viloyati bilan  Bishkekdagi tibbiyot muassasalari uchun Yaponiyadan 7 mln olganini qoʼshimcha qildi.

Bungacha Bekeshev Qirgʼiziston Jahon bankdan 38 yillik muddatga  50 mln dollar olishni rejalashtirayotganini  bildirgan. Ushbu mablagʼ respublika energetika tarmogʼini modernizatsiya qilish uchun sarflanishini taʼkidlangan.

Izoh: Prezident boʼlguniga qadar “bir yilda mamlakat iqtisodini oyoqqa turgʼizaman, besh yilda Qirgʼizistonni qarz oluvchi davlatdan qarz beruvchi davlatga aylantiraman” deb katta vaʼdalar bergan Japarov Qirgʼizistonni qarzdan xalos qilish u yoqda tursin, aksincha tobora koʼproq qarz botqogʼiga botirib bormoqda.

Japarov hokimiyatga kelgunga qadar, yaʼni 2020-yili Qirgʼizistonning davlat qarzi 4 milliard 81 million dollarni tashkil etgan boʼlsa, 2021-yilga kelib 5 milliard 147 million dollarni, 2022-yil iyun oyiga kelib esa 5 milliard 224 million dollardan oshib ketdi. Bu qarzga qoʼshimcha, hukumat sentyabr oyida Jahon bankidan “Elektr energetika tarmogʼini modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish” uchun 50 million dollar va byudjetni qoʼllab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan olingan qarz ham qoʼshiladigan boʼlsa Qirgʼiziston davlat qarzi ustiga yana 100 million dollar qoʼshiladi. Bu xali joriy yil tugamay turib chiqarilgan oddiy hisob. Chunki, hukumat yil oxiriga qadar yana turli bahonalar bilan qarz olish ehtimoli ham yoʼq emas. Japarov esa oʼqituvchi va shifokorlarning oyliklari oshirilgani bilan maqtanmoqda. Kuni kecha Sadir Japarov oʼzining feysbukdagi sahifasida maʼlum qilishicha, Vazirlar mahkamasi joriy yilning 1-oktyabridan boshlab pensiya miqdorini ortirish qarorini qabul qilgan. Uning aytishicha, pensiyani koʼpaytirish uchun respublika byudjetidan 90 million som boʼlinadi. Unga koʼra, pensionerlar olayotgan pulning ustiga 1700 somdan 3400 somgacha qoʼshiladi. Demak, Osiyo taraqqiyot bankidan byudjetni qoʼllab-quvvatlash uchun olinayotgan 50 million dollarning bir qismi pensiyalarga sarflanadi. Holbuki, qarz olib ish haqi va nafaqalarni oshirish uchun juda aqlli boʼlish shart emas.

Qirgʼizistonning qarz botqogʼiga botib borishining asosiy sababi mustamlakachi davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro olamiy global boshqaruv tuzumidir. Riboga asoslangan kapitalistik tuzum va uning mustamlakachilik quroli boʼlgan xalqaro moliyaviy tashkilotlar uchinchi dunyo davlatlarini qarzga botirib, qarzdan qutulishlariga hech qachon imkon bermaydi. Bu oʼrinda uchunchi dunyo davlatlarining, shu jumladan, Qirgʼiziston siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolganidadir. Bu korruptsiyalashgan sxema ham tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan ragʼbatlantirib boriladi. Ularga Qirgʼiziston tobora koʼproq qarzga botib qolishi uchun mazkur qarzlarning bir qismini oʼzlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiya botqogʼiga botgan amaldorlar kerak. Xalqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “ogʼir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yoʼq qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz olgan emas. Qirgʼiziston muammosi xalqaro kapitalistik sistemaning ustimizda turgani va shu sistema tuzgan xalqaro global olamiy siyosatning mavjud ekaniga bogʼliqdir. Moddiy manfaatdan boshqasini hisobga olmaydigan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinar ekan Qirgʼiziston hech qachon qarz yukidan qutula olmaydi.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.