Choʼlponotada MDH mamlakatlari IIV vazirlari kengashi yigʼilishi boʼlib oʼtdi

43
0

Choʼlponotada MDH mamlakatlari IIV vazirlari kengashi yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Xabar: Issiqkoʼl viloyatining Choʼlponota shahrida MDH mamlakatlari Ichki ishlar vazirlari kengashining yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda Qirgʼiziston, Ozarbayjon, Аrmaniston, Belarus, Qozogʼiston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Oʼzbekiston ichki ishlar vazirlari, shuningdek, MDH mamlakatlari uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish Byurosi vakillari ishtirok etdi.
Ular jinoyatchilikka qarshi kurashish boʼyicha qoʼshma chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasidagi keng koʼlamli masalalarni koʼrib chiqadi, oʼta xavfli jinoyatlarga qarshi kurashish boʼyicha davlatlararo dasturlarning amalga oshirilishi toʼgʼrisidagi axborotni tinglaydi.
Shuningdek, vazirlar MDH mamlakatlari ichki ishlar organlarining oʼzaro hamkorligi, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, oʼta xavfli jinoyatchilarni qidirish, yangi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga oid masalalarni ham muhokama qilishadi.

Izoh: Soʼnggi bir yarim oy ichida Choʼlponota shahri bir qator xalqaro yigʼilishlarga mezbonlik qildi. Jumladan, 2022-yil 20-iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yigʼilishi boʼlib oʼtgan boʼlsa, 21-iyul kuni Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuviga mezbonlik qildi. 26-iyulda esa Turkiy davlatlar maxsus xizmatlari konferensiyasining 24-yigʼilishi boʼlib oʼtdi. 25-26-avgust kunlari Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʼilishi ham shu shaharda oʼtkazildi.
Ushbu uchrashuvlarda bugun boʼlib oʼtgan MDH davlatlari IIV vazirlari yigʼilishida koʼrib chiqilgani kabi mintaqadagi xavfsizlik va “ekstremizm va terrorizm tahdidlari” asosiy mavzu boʼldi. Аmmo bu uchrashuvlarda biror marta ham mintaqa aholisini kundan kunga qashshoqlashib borayotgani, bunga sabab hokimiyatni egallab olgan bir hovuch kimsalar xalq mulkini talon-taroj qilayotgani, jamiyatda ahloq borgan sari tubanlashib borayotgani, qotillik, bochqinchilik, oʼgʼrilik, balogʼat yoshiga yetmagan oʼgʼil-qizlarga nisbatan jinsiy tajovuzlar soni oshib borayotgani, maktab yoshidagi qizlar orasida homiladorlik va erta tugʼish holatlari ortib, giyohvandlik va fohishalik koʼpayib borayotgani masalasi muhokama qilinmadi. Chunki, jamiyatni tanazzul sari yetaklaydigan bu kabi jinoyatlardan ularning hokimiyatlariga hech qanday xatar paydo boʼlmaydi. Аksincha, ular odamlarning bir burda non topish va roʼzgʼor tebratishdan boshqa tashvishi boʼlmasa, fikrlamay, manqurt kabi hokimiyat koʼtarib chiqayotgan sohta shiorlar ortidan ergashib, yashashdan maqsadi faqat shu dunyoda ayshu ishrat qilib qolishidan boshqa narsa boʼlmasligidan manfaatdorlar.
Shu sababli ham ular bu kabi haqiqiy jinoyatlarga eʼtibor bermay, nafaqat bu sohta mustaqil davlat rahbarlari, balki ularni hokimiyat tepasiga olib kelgan va bu hokimiyatlarini kuch va aldovlar bilan qonuniylashtirib bergan botil demokratiyaning yer yuzidan supirib tashlashga qodir boʼlgan siyosiy Islomni va sof islomiy daʼvatni koʼtarib chiqayotgan musulmonlarni oʼzlariga dushman qilib tanlashdi hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida Islom va musulmonlarga qarshi kurash boshlashdi. Sababi, mustamlakachilar va ularning malaylari musulmonlar Islom faqat ibodat va marosimlardan iborat emas, balki Islomda siyosat, iqtisod, ijtimo, harbiy, taʼlim… barcha muammolar uchun yechim borligi, insonning yashashdan maqsadi Yaratuvchisining roziligiga erishish ekanligi, amru-maʼruf, nahiy munkar va hokimlarni muhosaba qilish farz ekanligini anglab yetishlari ularning hokimyatlari tagiga suv quyishi aniqligini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ular musulmonlar oʼz Islomlarini sof va toʼliq holatda oʼrganishlariga aslo rozi boʼlishmaydi. Bunda Rossiya, АQSh va boshqa mustamlakachi davlatlar bir xil koʼzqarashdalar. Ular garchi mustamlaka va nufuz talashishda oʼzaro raqobat qilishsa-da, ammo Islom va musulmonlarga qarshi kurashda hamjihatdirlar.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.