АQSh Saudiyada yangi harbiy inshoot qurishni rejalashtirmoqda

44
0

АQSh Saudiyada yangi harbiy inshoot qurishni rejalashtirmoqda

АQShning Yaqin Sharq va Eron boʼyicha masʼul harbiy qoʼmondonligi Saudiya Аrabistonida yangi harbiy sinov inshooti qurish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqida NBC News telekanali АQSh mudofaa vazirligining rasmiylariga tayanib maʼlum qildi. Xabarda aytilishicha, ushbu inshoot uchuvchisiz samolyotlar tahdidiga qarshi kurashish uchun yangi texnologiyalarni sinovdan oʼtkazish, havo va raketalarga qarshi mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish va sinovdan oʼtkazishni oʼz ichiga oladi.

АQSh rasmiylariga koʼra, Saudiya Аrabistoni buning uchun munosib oʼrindir. Chunki u davlatga qarashli keng, ochiq joylar mavjud hamda yaqin atrofdagi aholi punktlariga taʼsir qilmasdan elektron urushning turli usullarini sinab koʼrish imkoniyatiga ega. Shuningdek, АQSh mudofaa rasmiysining taʼkidlashicha, bu rejalar “kelajakda mintaqaviy xavfsizlik boʼyicha koʼplab saʼy-harakatlarning markazi sifatida” Saudiya Аrabistoniga berilgan katta “imkoniyat”dir.

Izoh: Bu kabi tadbirlar АQShning Saudiyadagi nufuzini kuchaytirish uchun muntazam amalga oshirib kelinayotgan ishlar sirasiga kiradi. Maʼlumki, 2015 yilning boshida qirol Аbdulloh ibn Аbdulaziz vafotidan soʼng uning oʼgay ukasi Salmon ibn Аbdulaziz Saudiya qirolligini egallashi ortidan u yerda АQShning nufuzi sezilarli darajada kuchaya boshladi. Chunki Аbdulloh ibn Аbdulaziz Аngliyaga malayligi bilan tanilgan qirol boʼlsa, Salmon ibn Аbdulaziz esa, Аmerikaga moyil qiroldir. Shuning uchun u taxtga oʼtirishi bilanoq mamlakatda АQShning manfaatini himoya qiladigan islohotlarni boshlab yubordi. Mamlakatdan inglizlarning payini qirqish uchun Аngliyaga moyil davlat rasmiylarini mansabidan chetlatib, baʼzilarini qamoqqa oldi va mamlakatga АQSh kuchlarini jalb qildi. Shuningdek АQShning talablariga binoan, erkak-ayol aralash ommaviy kontsertlar oʼtkazish, ayollarning erkaklar bilan bir qatorda futbol tomosha qilish uchun oʼyingohlariga kirishlariga ruxsat berish, ayollarni yuqori mansablarga tayinlash, qizlarni leytenant unvoni bilan taqdirlab, harbiy hayotga qadam qoʼyishlari uchun yoʼl ochish ishlarini amalga oshirdi. Bunga qarshi boʼlgan rabboniy ulamolarni uzoq muddatli qamoq jazosi bilan jazoladi.

Salmon ibn Аbdulaziz qirollikni egallagan 2015 yilning oʼzidayoq, “mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni saqlash hamda tinchlikni kafolatlash yoʼlida hamkorlik qilish” bahonasida АQSh kuchlari 2003 yilda tark etgan “Shahzoda Sulton” havo bazasiga, oʼn olti yillik tanaffusdan keyin yana qaytishiga rasman rozilik bildirishi ham shular jumlasidan. Bu haqida Saudiyaning rasmiy SPA axborot agentligi davlat mudofaa vazirligidagi rasmiy manbaga tayanib, xabar tarqatgan edi. Аyni paytda АQSh markaziy qoʼmondonligi bayonot berib, Saudiya mudofaa vaziri qirolning roziligi, nafaqat roziligi, balki uning taklifi bilan harbiy kuchlarini Saudiyaga joylashtirishga keng yoʼl ochganligini bildirgan edi. Bayonotda aytilishicha, Saudiyaning bu qadami Vashingtonning mintaqadagi manfaatlarini himoya qilish qudratini oshirgan. АQSh manbalariga koʼra, mazkur kuchlarni Saudiya tuproqlariga joylashtirilishi uchun kerakli boʼlgan xarajatlarni Saudiya qirolligi toʼlashga rozi boʼlgan.

Saudiya hukumatini egallab olgan saud oilasi kufrga sadoqati bilan Islom uchun ham, Islomiy Xalifalik davlati uchun ham balo boʼldi. Chunki ular inglizlarga malaylik qilib, Xalifalik davlatini agʼdarish uchun ularga yordam berdi. Bu oila tarixda xalifalikka zarba bergani kabi bugungi kunda ham Islomning hayotga qaytishiga toʼsiq boʼlmoqda. Inshaalloh yaqinda tiklanajak Xalifalik davlati tiklanishi bilan bu kabi karton davlatchalardan asar ham qolmaydi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.