Elektr energtika tarmogʼiga navbatdagi kredit olinadi

51
0

Elektr energtika tarmogʼiga navbatdagi kredit olinadi

Parlament deputati Dastan Bekeshev oʼzining Telegramm kanalida parlamentning Byudjet va moliya qoʼmitasi aʼzolari Jahon banki bilan “Elektr energetika tarmogʼini modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish” loyihasi boʼyicha taklif etilgan kelishuvni koʼrib chiqishi haqida maʼlum qildi. Uning soʼzlariga koʼra, Qirgʼiziston 50 million dollar kredit oladi. “Kelishuvda elektr energiyasi tarmogʼidagi tarif siyosatini oʼzgartirishga ishora qilingan. Kredit elektr energetika tarmogʼini modernizatsiya qilishga sarflanadi”, – dedi Dastan Bekeshev.

Bu elektr energetika tarmogʼini qamrab olgan kelishuvlardan yana birdir. Sababi elektr energiyasi boʼyicha shartnomalar juda koʼp. Masalan, soʼnggi 15 yilda mazkur tarmoq uchun 2 milliard dollar miqdorida kreditlar olindi. Bu raqam elektr energetikasi tarmogʼi eng koʼp kreditlar olinadigan tarmoq ekanligini koʼrsatadi. Chunki, Qirgʼizistonning tashqi qarzi 4 milliard dollardan oshadi. Demak, olingan kreditlarning deyarli yarmi shu tarmoqqa sarflangan. Bu tarmoqda kredit olish boʼyicha kelishuv tuzilganidan har safar ushbu tarmoqni “modernizatsiya qilish” bahona sifatida tilga olinadi. Biroq, shuncha katta miqdordagi kreditlarga qaramay mamlakat elektr energetikasi tarmogʼi ogʼir ahvolda qolmoqda. Olingan kreditlar qumga singgan suvdek yoʼq boʼlib ketmoqda. Bu ham energetika tarmogʼi korruptsiya oʼchogʼi ekanligini tasdiqlab turibdi.

Аslida Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar mustamlakachilarning quroli ekanligiga hech qanday shubha yoʼq. Ularning yordami bilan mustamlakachilar mamlakatlarni qarzga botirib, siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini amalga oshiradilar. Jahon banki va boshqa tashkilotlarning taklif va loyihalari asosida yurtimizdagi davlat ixtiyoridagi elektr energetika tarmogʼini xususiy shaxslarga oʼtkazish boshlandi. Buning uchun maxsus dasturlar tuzilib, tegishli qonunlar qabul qilindi. Mustamlakachilar bu tarmoqdan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanishni koʼzlaydi. Mazkur tarmoqni modernizatsiya qilish loyihalarni taklif qilayotganlar ham mana shu mustamlakachilardir. Аslida, modernizatsiya mustamlakachilarning kirib kelishiga yoʼl ochilishini anglatadi. Modernizatsiya qilish ham, elektr energiyasi tariflarini oshirish ham mustamlakachilarning talabidir. Qolaversa, bu tarmoqdagi korruptsiyani juda yaxshi bilishlariga qaramay, kredit berishda davom etmoqdalar. Kredit qaerga sarflanishi nomaʼlum, modernizatsiyaning ijobiy natija yoʼq. Demak, maqsad bu tarmoqni modernizatsiya qilish yoki rivojlantirish emas. Ular uchun eng muhimi – davlatni qarzga botirish va elektr energiyasi tarmogʼini sunʼiy bankrot qilib, “investitsiya” niqobi ostida shu sohaga egalik qilishdir.

Koʼrinib turganidek, ushbu modernizatsiya loyihalari va elektr energiyasi narxini oshirish talabi elektr energetika tarmogʼini tanazzulga olib kelayotgan boʼlsa, boshqa tomondan xalqimizni qiyin ahvolga solib, elektr energiyasidan yetarli darajada foydalanish imkonidan mahrum qilmoqda.

Xorun Аbdulxaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.