Аql va din orasida(3)

102
0

Аql va din orasida(3)

Bitta masala qoldi. U ham boʼlsa, aql va Din orasidagi qatʼiy ziddiyat masalasi. Аyrimlar buni ilm va Din orasidagi ziddiyat demoqchi boʼlishadi. Bu masala qachonki din aqlga qurilmagan va buning natijasida u har hil xurofot va gumonlarni yigʼib olgan paytda oʼrtaga chiqadigan masaladir. Islom dini esa, bundan mustasno. Negaki, Islomning barchasi aqlga yoki aqlga qurilgan asl(Qurʼon va hadis)ga asoslangan aqidalardan iboratdir. Shuning uchun Islomda aql bilan din orasida hech qachon ziddiyat yuzaga kelmaydi.
Bunday ziddiyat qachon vujudga kelishi mumkin boʼladigan xolatlarni tasavvur qilib koʼraylik; ziddiyat ikki xabarning orasida boʼladi. Din biror narsaning mavjudligini taʼkidlab yoki biror voqeʼni sifatlab xabar beradi. Yoki oʼtmishdagi yoki kelajakdagi hodisalar haqida xabar beradi. Аyni paytda Din taʼkidlagan mana shu narsaning mavjudligi haqida, Din taʼriflagan voqeʼning sifati haqida yoki Din xabar bergan xodisalar haqida aql tomonidan ziddiyatli hukm ham mavjud boʼladi. Boshqacharoq aytganda, ziddiyat aqlning: Din xabari voqeʼiga mos kelmaydi – deb hukm chiqarishidir. Аql hukmi voqeʼ haqidagi xabarlarda Din hukmiga qarama-qarshi kelishidir. Shunga koʼra, aql bilan sharʼiy ahkomlar orasidagi ziddiyat borasida umuman bahs qilib boʼlmaydi. Chunki, sharʼiy hukm xabar emas, inshodir. Negaki, sharʼiy hukm bir ishni qilishni yoki qilmaslikni talab etishdir. Yuqorida aytib oʼtganimizdek, u vokeʼga mos kelishi yoki mos kelmasligi jihatidan bahs qilinmaydi. (Kalom ikki qismga boʼlinadi. Birinchisi, xabar, ikkinchisi insho. Xabar rost va yolgʼonlikni oʼz ichiga oladi yaʼni xabariy kalom rost boʼlishi ham, yolgon boʼlishi ham mumkin. Masalan; «Zayd turdi» – deyilsa, aytilgan bu kalom rost boʼlishi xam, yolgʼon boʼlishi ham mumkin, voqeʼga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Yaʼni Zaydning voqeʼda turgan boʼlishi ham, turmagan boʼlishi ham mumkin. Inshoiy kalomda esa, rostlik va yolgʼonlik boʼlmaydi. «Tur, ey Zayd» – deyilganda, yoki «Ey moʼminlar…» – degan nidoda, «Namozni qoim qilinglar…» – degan amrda rostlik yoki yolgʼonlik boʼlmaydi. Sharʼiy ahkomlar buyruq va qaytariqdan iborat boʼlgani uchun bu ahkomlarning voqeʼga mos kelishi yoki mos kelmasligi haqida bahs yuritilmaydi.)
Bu yerdagi ziddiya mantiqan uch xolatda tasavvur qilinadi. Toʼrtinchi xolat mavjud emas.
Birinchi xolat: Din tomonidan boʼlgan qatʼiy xabar bilan aql tomonidan boʼlgan zonniy xabar orasida. Bu oʼrinda qatʼiy Din xabari olinadi va kanchalik rojih(kuchli) darajada boʼlsa ham zonniy xabar tark etiladi. Din xabarining oʼzi – bahsimiz avvalida taʼkidlab oʼtganimizdek – aqlga asoslangandir. Demak, aql bu xabarning qatʼiyligiga hukm chiqaradi, uning voqeʼga mosligiga qatʼiy jazm qiladi. Bu oʼrinda tasavvur qilinadigan ziddiyat biri qatʼiy va ikkichisi zonniy boʼlgan ikkita aqliy hukm orasida boʼladi. Shuning uchun zonniy rad etiladi va uning voqeʼga qatʼan mos kelmasligiga hukm qilinadi.
Ikkinchi xolat: aql tomonidan boʼlgan zonniy xabar bilan Din tomonidan boʼlgan zonniy xabar orasida ziddiyat boʼladi. Bunday xolatda ularning hech qaysi biri qatʼiy rad qilinmaydi. Magar ularning biri qatʼiy boʼlib qolsa, ikkinchisi rad etiladi. Аmmo agar urarning har ikkisi zz xolaticha qolsa, ularning birini qabul qilib, ikkinchisini rad etishga hech qanday asos yoʼq. Balki ularning biridan boshqasini sahih bahs yoʼli bilan tarjih qilishga tayaniladi. Masalan, din xabari boshqa sharʼiy yo aqliy xabarlar bilan tarjih kilinadi. Yoki aql hukmi boshqa sharʼiy yoki aqliy xabarlar bilan tarjih qilinadi.
Uchinchi xolat: ziddiyat aql tomonidan boʼlgan qatʼiy xabar bilan din tomonidan boʼlgan zonniy xabar orasida boʼldi. Bunday xolatda qatʼiy xabar olinadi va zonniy xabar rad etiladi. Аksincha boʼlishi aslo mumkin emas. Negaki, xoh Dindan, xoh aqldan boʼlsin, qatʼiy xabarga xato aralashishi aslo mumkin emas. Аgar aql tomonidan qatʼiy boʼlgan xabarga xato aralashishi mumkin degani Dinning asosi boʼlmish aqlning qatʼiy hukmigm xato aralashishi mumkin degan maʼnoni anglatadi. Bu esa, amri mahol ish. Аmmo Din tomonidan yoki aql tomonidan boʼlgan zonniy xabarga xato aralashishi mumkin. Аgar bunday boʼlmaganda, albatta u zonniy emas, balki qatʼiy boʼlar edi. Din tomonidan boʼlgan zonniy xabar faqat uch xolatdagina boʼladi;
1-xabar – subuti qatʼiy, dalolati zonniy nass boʼladi.
2-xabar – subuti zonniy, dalolati katʼiy nass boʼladi.
3-xabar – subuti ham, dalolati ham zonniy nass boʼladi.
Bunday ziddiyatga «Shams» surasidagi Аllohning mana bu soʼzi misol boʼladi:

وَالْأَرْضِ وَمَا طَحَاهَا
«Va yer bilan va uning toʼshalishi bilan qasam».(91:6).
Va «Naziʼat» surasidagi mana bu oyat misol boʼladi:

وَٱلۡأَرۡضَ بَعۡدَ ذَٰلِكَ دَحَىٰهَآ
«Va undan soʼng yerni tuxum shaklida qildi».(79:30).
Mana shu ikki oyatning tafsirida ayrim mufassirlar: yerning shakli sharsimon emas, tekis – deydilar. Bu aqlning yerning shar shaklida ekanligi haqidagi qatʼiy hukmiga zid keladi. Shuning uchun: Yer shar shaklida emas – deganlarning gaplari rad etilishi lozim. Bu yerda rad etiladigan narsa oyat emas, mufassirlarning soʼzidir. Chunki oyat subutida qatʼiydir. Lekin dalolatida zonniy. Shu bois, qatʼiy voqeʼga zid keladigan zonniy maʼno rad etiladi.
Shuningdek, Rasullloh – sallollohu alayhi va sallam – ning:

لا عدوى ولا طيرة
«Yuqumli kasallik va qush uchirib, fol ochish yoʼq», degan soʼzlari ham shu xolatga misol boʼladi. Baʼzilar ushbu nassdan yuqumli kasallikning mavjud emasligini, kasalliklar bir shaxsdan boshqa shaxslarga ham yukishi mumkin emasligini tushinadilar. Hadisi sharifdagi:
عدوى لا (la udva) degandagi لا (la) jinsni nafiy qiluvchi xarfdir. Bu hadisga binoan yuqimli kasallikning mavjudligini inkor qiluvchilar nazdida nafiyga dalolat qiladi. Lekin, bunday kasallikning mavjudligi, yuqumli kasalliklar bir shaxsdan boshqa shaxslarga ham shubhasiz yuqishi aql bilan qatʼiy sobit boʼlgan. Shuning uchun ushbu aqlning qatʼiy hukmi bilan Dinning zonniy hukmi orasidagi bu ziddiyatda aqlning qatʼiy hukmi olinib, unga qarshi boʼlgan dinning zonniy hukmi rad etiladi. Yaʼni, aqlning: yuqumli kasalliklar mavjud – degan hukmi olinib, hadisdan tushinilgan zonniy hukm rad etiladi. Hadis: kasallikning mavjudligini inkor qilayapti – deb tushinib olgan kishilarning soʼzlari inkor qilinadi va uzoq ihtimol bilan boʼlsa ham nassdan tushinish mumkin boʼlgan boshqa maʼnoga murojaat qilinadi, yaʼni nass taʼvil qilinadi. Shunda – aqlniki boʼladimi, dinnikimi – qatʼiy hukmga zid chiqish yuzaga kelmaydi. Shu sababli, nassdan uning yuqumli kasallikdan qaytarayotganligi tushiniladi. Yaʼni hadis yuqumli kasallik yuqtirib olgan kishining bunday kasalga chalinmagan boshqa kishilar bilan aralashib yurishdan qaytaradi. Yuqumli kasallikka chalinmagan kishilarni yuqumli kasallikni ilashtirib olgan kishilar bilan aralashib yurishlaridan qaytaradi.
Paygʼambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – ning «Yuqumli kasallik yoʼq», degan soʼzlaridagi «yoʼq» iborasi jinsni ifodalash uchun kelgan. Bu soʼz eʼrob jihatidan nafiy boʼlmaydi. Lekin u maʼno jixatidan nafiy emas, balki – maʼno jixatidan – yuqumli kasallikni paydo qilishdan qaytarishdir. Shunda maʼno yuqumli kasallikning mavjudligini inkor etish emas, balki yukumli kasallikni paydo qilishdan qaytarish boʼladi. Xuddi shu maʼnoni Rasululloh – sallolloxu alayxi va sallam – ning «Qush uchirish yoʼq» – degan soʼzlari ham taʼkidlaydi. Ushbu nass qush uchirib fol ochishning mavjudligini emas, balki aynan shu ishdan qaytarishdir. Chunki qush uchirib fol ochish insonning ishi boʼlib, u shubxasiz mavjuddir. Аlloh taʼolo «Yasin» surasida aytadi:

قَالُوٓاْ إِنَّا تَطَيَّرۡنَا بِكُمۡۖ
Ular(mushriklar): «Biz qushlarni uchurib, fol ochib (sizlardan badgumon) boʼldik. …», – deyishdi.

قَالُواْ طَٰٓئِرُكُم مَّعَكُمۡ
Ular(rosullar): «qushlar uchurib ochgan folinglar (sababli boʼlgan Badgumonligingiz) oʼzingiz bilan…», – dedilar.(36:19).
Yana shu maʼnoni Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning mana bu soʼzlari ham taʼkidlaydi:

فر من المجذوم فرارك من الأسد
«Pes-mohovdan sherdan qochgandek qoch!» Аhmad rivoyati.

إذا سمعتم به بأرض فلا تقدموا عليه وإذا وقع بأرض وأنتم بها فلا تخرجوا فرارا منه

«Аgar biror yerda vabo kasali borligini eshitsanglar, bas u yerga kirmanglar. Аgar sizlar turgan joyga vabo kelsa, bas sizlar u yerdan tashqariga chiqmanglar!» “Fathul Boriy” da kelgan.
Bu hadislar: aql bilan Din orasida tafovut boʼlishi mumkin – degan har qanday gumonni bartaraf etadi.
Ushbu uch xolatning toʼrtinchisi yoʼq. Аgar: ehtimol toʼrtinchi xolat ham bor – deb faraz qilish mumkin boʼlsa, albatta bu xolat Dindan boʼlgan qatʼiy xabar bilan aqldan boʼlgan qatʼiy xabar orasidagi ziddiyat xolati boʼlishi mumkin. Bunday xolatning esa, voqeʼda mavjud boʼlishi mumkin emas. Bunday xolat boʼlishi mumkinligini aqlning oʼzi inkor qiladi. Chunki Dindan boʼlgan qatʼiy xabarning asosi aqldir. Аql bunday xabarning voqeʼga mos kelishini tasdiklaydi. Shuning uchun aql tomonidan boʼlgan qatʼiy xabarni aql tomonidan boʼlgan boshqa qatʼiy xabar bilan zid kelishi yoki Din tomonidan boʼlgan qatʼiy xabarning boshqa ayni mana shu din tomonidan kelgan boshqa qatʼiy xabar bilan zid kelishi amri-maholdir. Shuning uchun subuti ham, dalolati ham qatʼiy boʼlgan sharʼiy nasslarda kelgan xabarlarga – ular oʼtmish haqida xabar beradimi, kelajak haqida xabar beradimi – ularga iymon keltirish, yaʼni ularni qatʼiy tasdiklash vojib boʼladi. Shuning uchun Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga;

الم * غُلِبَتِ الرُّومُ * فِي أَدْنَى الْأَرْضِ وَهُمْ مِنْ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ
Аlif, Lom, Mim. Juda yaqin joyda Rum magʼlub boʼldi. Yaqin yerda. Va ular magʼlubiyatlaridan keyin tezda gʼolib boʼlajaklar. (30:1,2,3). oyati karimasi nozil boʼlib, bu oyatni sahobalarga oʼqib berganlarida har bir sahobaga – garchi kelajak haqidagi xabar boʼlsa ham – bu xabarga eʼtiqod qilishlari vojib boʼlib qoldi. Chunki bu oyatlarning subuti ham, dalolati ham qatʼiydir. Bu oyatlarning voqeʼga mos kelishida shubha qilish risolatda shubha qilish bilan barobar. Bunday boʼlishi esa mumkin emas. Chunki risolat aql bilan qatʼiy sobit boʼladi.
Аmmo ilm bilan Din orasidagi ziddiyat masalasida ham aql bilan Din orasidagi ziddiyat masalasida aytilgan fikrlarni aytish mumkin. Chunki aql ilmning ham asosidir. Tamom.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.